Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Qisqaruvchi kardiomiotsitlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə46/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Qisqaruvchi kardiomiotsitlar:
YUqori ixtisoslashgan hujayralarning uzunligi 100-150 mkm, diametri 10-20 mkm.. SHakli silindrsimon. Sarkolemma plazmolemma va bazal membranadan iborat bo‘lib qalinligi10-40 nm. Bazal membrana o‘z tarkibida asosiy modda bilan bir qatorda Sa ionlarini bog‘lovchi elastik va kollagen tolalarni tutadi.
Qiskaruvchi kardiomiotsitlarning markazida 1 ta bazida 2 ta (10-13%)oval yadro joylashadi. YAdro qutbi tomonda mitoxondriya, Golji kompleksi, donador endoplazmatik to‘r joylashgan.
Sitoplazmaning ko‘p qismini miofibrilla egallaydi. Ular ko‘ndalang targ‘il mushak tuzilishiga ega.Miofibrillalar orasida kristalari yaxshi rivojlangan ko‘p mikdorda mitoxondriyalar joylashgan Qiskaruvchi kardiomiotsit sitoplazmasining 35-38%ini mitoxondriyalar egallaydi.
Z-chizik oldida T sistema joylashgan bo‘lib, sillik endoplazmatik to‘r bilan aloqada diad va triadlar xosil qiladi.
Atipik, impuls o‘tkazuvchi kardiomiotsitlar:
YUrakning o‘tkazuvchi sistemasini tashkil qilib, uning ritmik qisqarishini, qisqarish va bo‘shashish sinxronligini taminlab beradi Ularning uch xili farklanadi:

  1. Peysmeker(impulsni generatsiya qiluvchi)kardiomiotsitlar.

  2. Oraliq

  3. Purkine miotsitlari.



1.Peysmeker (R-hujayralar) bu hujayra guruxi kam hujayralararo kontaktdagi yurakning chap qulog‘i epikard ostidagi hujayralar bulib, ular 1 min.da 70-80 chastotada impulslarni generatsiya kiladi.
SHakli: yumalok eki ko‘p burchakli, diametri 10 mkm. Sarkolemma keng va chuqur invaginatsiyalar xosil qiladi diametri 1-2 mkm. T sistema yuk.
Miofibrillalar kam sonli bo‘lib tartibsiz joylashgan. Z-chizik yaxshi ko‘rinmaydi.Mitoxondriyalar kam sonli bo‘lib, mayda va kam uchrovchi kristalari bor. Sillik endoplazmatik to‘r, Goldji kompleks kam lekin Sa+2 miqdori ko‘p.
2. O‘tkazuvchi kardiomiotsitlar
Shakli-elpigichsimon.
Ulchami R hujayraga nisbatan kattarok. (12 mkm atrofida)
T-sistema bazi hujayralarda kalta naycha ko‘rinishda.
Miofibrillalar ko‘p, perpendikulyar ravishda bir biri bilan burchak xosil qilib joylashadi. Mitoxondriyalar, Golji kompleksi, silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan. Hujayralararo kontakt ko‘p mikdorda.
3. O‘tkazuvchi Purkine hujayralari- O‘tkazuv sistemasining terminal hujayralari xisoblanadi. Yirik bo‘lib diametri 15 mkmdan katta.
Endokard va miokard o‘rtasida 1-2 qatlam bo‘lib joylashib miokard qalinligida zanjir xosil qiladi.
Yadro –markazda aylana eki oval ko‘rinishida bo‘ladi.
Miofibrillalar qisqaruvchi kardiomiotsitlarnikiga qaraganda kamroq bo‘lib turli xil yunalishli bo‘ladi . Hujayraning markaziy qismi glikogen granulalari bilan to‘lgan.
Mitoxondriyalar etarli miqdorda bo‘lib kristalari ko‘p bo‘ladi yadro qutbida sarkomer yaqinida namoen bo‘ladi . Donador endoplazmatik to‘r sust rivojlangan T-sistema yuk. Oralik disk qisqaruvchi kardiomiotsitlarga qaraganda nisbatan kamroq buralib joylashadi.


Xulosa:
Ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasi skelet mushagidan farqli ravishda:

  1. hujayraviy tuzilishga ega.

  2. Xar xil turdagi hujayraga ega.

  3. Hujayralararo aloqa (kontakt) murakkab bo‘lib ularning yagona to‘qima sistemasi sifatida shakllanishini ta’minlaydi.

  4. Regeneratsiya saqlanib qolgan kardiomiotsitlar gipertrofiyasi orqali amalga oshiriladi.

  5. Qisqaruvchi kardiomiotsitlar gipoksiyaga sezuvchanligi yuqori , atipik kardiomiotsitlarniki esa past bo‘ladi


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin