Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Sinapslar-neyronlar orasidagi i



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə57/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Sinapslar-neyronlar orasidagi iqtisoslashgan kontaktlar
Klassifikatsiya


Impulsni tarkalishiga ko‘ra: - kimyoviy
- elektrik


Joylashishiga qarab: - aksodendritik
- aksoaksonal
- aksosomatik
- somatosomatik
- dendrodendritik


Mediator tarkibiga ko‘ra: - adrenergik
- xolinergik
- peptidergik
- purinergik
- dofaminergik


Vazifasiga ko‘ra: - qo‘zg‘atuvchi
- tormozlovchi


Tuzilishi: cinapsda 3 ta qism farqlanadi: presinaptik, postsinaptik va sinaps bo‘shlig‘i (yorig‘i). Presinaptik qism impuls o‘tkazuvchi akson hujayralarninig oxirlaridan tuzilgan. Bu erda mediatorli sinaps pufakchalari xar hil organellalar va ko‘plab mitoxondriyalardan tashkil topgan. Postsinaptik qismi mediatorlarga tasirlanuvchi retseptorlarga ega bo‘lgan postsinaptik membrana va impuls qabul qiluvchi hujayralar sitoplazmasidan iborat. Sinaptik yoriq – presinaptik va postsinaptik membrana orasidagi bo‘shliqdir.


10-Mavzu.
Yurak qon tomirlar sistemasi. Yurak- tomirlar sistemasining umumiy tavsifi, tomirlar turlari, taraqqiyoti, tuzilishining umumiy prinsiplari. Arteriyalar: turlari, devorining tuzilishining gemodinamik omillarga bog‘liqligi.

Qon tomirlar har hil kattalikdagi naychalar sistemasidan iborat, taraqqiyot manbai bo‘lib mezenxima hisoblanadi. Asosiy vazifalari:


- a’zolarga qon etkazib beradi va qonni olib ketadi;
- qon bilan to‘qimalar orasida moddalar va gaz almashinuvini ta’minlaydi;
- tuzilishi va faoliyati jixatidan qon tomirlar arteriyalarga, venalarga va mikrotsirkulyasiya tarmog‘i tomirlariga (arteriolalar, venulalar, kapillyarlar va arteriolo-venulyar anastomozlar) bo‘linadi.


Arteriya tomirlari
Arteriyalar qonni yurakdan a’zolarga etkazadi. Ularda qon bosimi va tezligi boshqa tomirlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Arteriya devori uch qavatdan (ichki - t.intima, o‘rta - t.media, tashqi - t.adventitsiya yoki eksterna) iborat bo‘lib, devorining tuzilishi gemodinamik sharoitlarga, ya’ni qon bosimi va tezligiga bog‘liqdir. Devorining tuzilishiga ko‘ra arteriyalarning uch turi (elastik, mu­shak-elastik va mushak arteriyalar) ajratiladi. Elastik tipdagi arteriyalar eng yirik arteriyalar (aorta, o‘pka arterilari) bo‘lib, ularda qon bosimi va tezligi yuqori bo‘ladi. Ichki parda endoteliydan, endoteliy osti qavatidan va elastik to­lalar chigalidan iborat. Endoteliy osti qavati ancha qalin bo‘lib (devorning 15-20%) o‘zida kam differensiallashgan yulduzsimon hujayralar tutadi, o‘rta parda 40-50 ta darchali elastik membranalardan iborat, ularning orasida qiyshiq yo‘nalgan silliq mushak hujayralari joyla­shadi. Darchali elastik membranalar boshqa pardalarning elastik tolalari bilan tutashib yagona karkas hosil qiladi va tomirning elastikli­gini ta’minlaydi. Tashqi parda siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan va o‘zida nervlar va tomirchalar tutadi. Mushak-elastik (aralash) tipdagi arteriyalarga bevosita aortadan boshlanuvchi yirik tomirlar kiradi. Ichki va o‘rta pardalar orasida ichki elastik membrana joylashgan. o‘rta pardada silliq mushak hujayralari bilan elastik tolalar va darchali elastik membranalar nisbati deyarli teng bo‘ladi, bu arteriyalar devori kuchli qisqarish va elastiklik qobiliyatiga ega. Mushak tipidagi arteriyalarga o‘rta va kichik kalibrdagi arteriyalar kiradi. Ichki parda bilan o‘rta parda orasida ancha yaxshi rivojlangan ichki elastik membrana joylashadi. o‘rta parda spiral shaklda yo‘nalgan silliq mushak hujayralar tutam­lariga boy bo‘lib, oz miqdorda elastik va kollagen tolalar tutadi. o‘rta parda bilan tashqi parda orasida uncha yaxshi rivojlanmagan tashqi elastik membrana bo‘ladi. Mushakli arteriyalar diametri kichiklashgan sari devorlarining par­dalari yupqalashib boradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin