Xarakatlantiruvchi-somatik va vegetativ nerv sistemasining xarakatlantiruvchi aksonlarining oxirlaridan va takomillashgan mushak tolalaridan iborat. Mielinli nerv tolasi mushak tolasiga yaqinlashib,shu soxada mielin pardasini yo‘kotadi va mushak tolasiga uning plazmolemmasi bilan birgalikda kiradi va nerv-mushak sinapsini xosil kiladi.Aksoning plazmolemmasi va mushak tolasining orasida kengligi 50 nm teng bo‘lgan sinaptik yoriq bo‘ladi. Uning yonida neyrogliya hujayralari-olegodendrotsitlar bo‘ladi. Presinaptik qism o‘zida atsetilxolin va mitoxondriyalarni tutuvchi presinaptik pufakchalar mavjud. Mediator presinaptik yoriqqa kiradi, u postsinaptik membranasini depolyarizatsiyalaydi. Postsinaptik kism bu o‘zida mitoxondriya, ribosoma, atsetilxolinni buzuvchi atsetilxolinesteraza fermentini tutuvchi mushak tolasi soxasiga aytiladi.
Sekretor nerv oxirlari-simpatik pufakchaga ega, o‘zida atsetilxolin tutuvchi, bezlarga borib tugaydigan tolalar oxiridir.
Sezuvchi nerv oxirlari-retseptorlar. Sezuvchi neyronning terminal dendritlari xisoblanadi. Ular ikkiga bo‘linadi:
1) erkin
2) erkin bo‘lmagan:
a) kapsulali
b) kapsulasiz
Erkin nerv oxirlari -asosan mielinsiz nerv tolalari epidermisning yaltiroq qavatgacha etib boradi. SHuningdek erkin nerv oxirlari so‘rg‘ichsimon qavatda, soch follikulalarining atrofida, mushak tolarida xam mavjud. Asosiy nerv oxirlaridan biri Merkel nerv oxirlari. Epidermisning chuqur qavatlarida joylashadi. Erkin nerv oxirlari Merkel hujayralariga mustaxkamlanadi. Mielenli nerv tolalari epidermisga kirib borib shvann pardasini yo‘kotib Merkel hujayralari bilan bog‘langan xolda duksimon shaklga aylanadi. Bu nerv oxirlari mexanoretseptorlar xisoblanadi.
Kapsulali(inkapsulyar) nerv oxirlari.Ularga biriktiruvchi to‘qimadagi retseptor nerv oxirlari kiradi. Ularning hosil bo‘lishi quyidagicha: nerv oxirlari oligodendrotsitlar bilan o‘ralishdan tashqari biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula o‘raydi. SHuning uchun uni kapsulali nerv oxirlari deyiladi. Lekin ular tuzilishi va funksiyasiga qarab turli xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani –Fater Pachini tanasi.Ular terining chuqur qavatlarida, biriktiruvchi to‘qima qavatlarida va ichki organlarda joylashgan. Bu tuzilma oval shaklida bo‘lib, diametri 1-4mm va 0.5-1mm bo‘ladi. Uning bir qutbida mielin nerv tolasi o‘tadi, o‘z mielin pardvsini Ranve bo‘g‘iqlarida yo‘qotadi va bir qancha o‘simtalar beradi.SHvann hujayralari bu nerv tolaning atrofida kolbalarni xosil kiladi. Ichki kolba hujayralari zich qavatlanadi. Nerv tolasini o‘rab olgan tashqi kolba hujayralari 60 ta konsentrik qavatlarni xosil kiladi. Barcha hujayralar desmosomalar orqali bog‘lanadi.Qavatlar orasida kollagen tolalar, to‘qima suyuqligi va bazal membrananing elementlari bo‘ladi. Tashqaridan fibroblast va fibranitlardan iborat 30 konsentrik qavatdan iborat biriktiruvchi to‘qimali kapsula endonevral pardagacha boradi. Bu tana (Fater–Pachini)bosim va vibratsiani hosil qiladi.