Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə63/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

4. Qizil suyak ko‘migi. Katta odamlarda - naysimon suyaklarning epifi-zida, yassi suyaklarning g‘ovak moddasida, miya kutisi suyaklarida.
Stromasi – suyak to‘sinlari, ular orasida retikulyar to‘qima. Retikulyar to‘qimasi endoliysi teshikchali sinusoid kapillyarlar tutadi. Sinusoid kapillyarlar atrofida bir – biridan alohida gemopoetik hujayralar orolchalari joylashgan. Eritroblastlar temir manbasi bo‘lgan makrofaglar atrofida to‘planadi. Granulotsitlar tutgan orolchalarni proteoglikanlar o‘raydi. Megakarioblastlar va megakariotsitlar sinusoid kapillyarlarning atrofida to‘planadi. Megakariotsitlarning sitoplazmatik o‘siqchalari kapillyarlar devoridan o‘tadi, ulardan trombotsitlar ajraladi. Limfopoez va monotsitopoez hujayralari ham sinusoid kapillyarlar atrofida joylashadi. Etuk qon hujayralari sinusoid kapillyarlar devoridan o‘tib, qonga tushadilar.
Sariq suyak ko‘migi – naysimon suyaklarning diafizida. Retikulyar va yog to‘qimalaridan tashkil topgan. Qon yo‘qotganda qizil ilikka aylanishi mumkin (o‘zak va yarim o‘zak hujayralar kelib joylashadi).
5. Ayrisimon bez (timus).

  1. Funksiyalari: T- limfotsitlarning antingenga bog‘liq differensirovkasi, endokrin - timozin, timopoetin, insulinga o‘xshash omil, kalsitoninga o‘xshash omil, o‘sish omili kabi gormonlar ajratadi.

  2. Tuzilishi - bo‘lakchali. Tashqaridan biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan, ulardan bo‘lakchalararo to‘siqlar ajraladi, bo‘lakchalar to‘liq emas. Bo‘lakchalar stromasini retikulo – epitelial hujayralar (o‘siqchali epite-liotsitlar) to‘ri tashkil etadi. Har bir bo‘lakchalar tashqi po‘stloq va markaziy mag‘iz moddalardan iborat. Po‘stloq moddasi – subkapsulyar zonasida T- limfoblastlar joylashadi, ular differensiallashib mag‘iz moddaga qarab siljiydi, po‘stlok va mag‘iz moddalar chegarasida postkapillyar venulalar devoridan o‘tib, qonga ajraladilar. Xususiy antigenlarni taniydigan limfotsitlar makrofaglar tomonidan yo‘q qilinadi.

Gemato-timus to‘sigi (barer) – po‘stloq moddada qon kapillyarlari bo‘ylab bo‘ladi. Quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: endoteliy, uning bazal membranasi, makrofaglar va hujayralararo moddadan iborat perikapillyar bo‘shlik, retikulo – epitelial hujayralar va ularning bazal membranasi. Barer etuk limfotsitlarni antigen bilan to‘qnashishini oldini oladi.
Mag‘iz moddasi – kam miqdorda limfotsitlar tutadi. T- limfotsitlarning bir qismi timus va periferik qon o‘rtasida sirkulyasiyalanadi (retsirkulyasiyala-nuvchi pul). Retikulo – epitelial hujayralari po‘stloq moddadagidan farq qilib, shodasimon vakuolalar va hujayra ichi kanalchalar tutadi. Mag‘iz modda-sining xususiy tuzilmasi bo‘lib, Gassal tanachalari xisoblanadi (keratin tutuvchi, degeneratsiyaga uchragan epiteliy hujayralarning ustma-ust konsent-rik halqalar ko‘rinishida joylashishi).

  1. Aksidental involyusiya – stress holatida T- limfotsitlarning ko‘plab nobud bo‘lishi, epiteliy hujayralarining proliferatsiyasi, ularda glikoproteidlarning to‘planishi. Buyrak usti bezi glyukokortikoidlari ushbu jarayonni tezlashtiradi. YOshga ko‘ra involyusiya – 20 yoshlardan so‘ng limfotsitlar sonining kamayishi, yog to‘qimasining rivojlanishi kuzatiladi.

  2. Timusning qon bilan ta’minlanishining o‘ziga xosligi – bo‘lakchalar ichi arteriya po‘stloq va mag‘iz yoy arteriyalarga tarmoqlanadi. Po‘stlok va mag‘iz moddalarida alohida kapillyar to‘r mavjud bo‘lib, po‘stloq kapillyarlari-ning bir qismi kapsula osti venulalariga, bir qismi mag‘iz modda chegarasida postkapillyar venulalarga o‘tadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin