Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


-Mavzu. Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolarining umumiy tavsifi. Markaziy qon yaratuvchi a’zolar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə62/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

12-Mavzu.
Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolarining umumiy tavsifi. Markaziy qon yaratuvchi a’zolar.


1. Qon yaratuvchi va immun himoya sistemasiga umumiy tavsifi.
Markaziy a’zolari: qizil suyak ko‘migi, timus.
Periferik a’zolari: limfa tugunlari, taloq, hazm sistemasi va nafas yo‘llaridagi limfoid follikullar.
Tuzilishidagi umumiyliklar: stromasi retikulyar to‘qimadan tuzilgan, timusda esa epitelial to‘qima.
Markaziy a’zolarda – limfotsitlar antigenga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘payadi va ixtisoslashadi, periferik a’zolarda esa T- va V-limfotsitlar antigenga bog‘liq ravishda ixtisoslashadi.
Qon yaratuvchi a’zolarning asosiy vazifalari: qon hujayralarining ko‘payishi va rivojlanishi, qonning vaqtinchalik deposi, qonning yoki limfaning tozalanishi, immunologik.
2. Markaziy qon yaratuvchi a’zolarning taraqqiyot manbai.
Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 2 – oylarida mezenximadan, umrov suyagida; 12-14 xaftasida qon tomirlari va gemopoetik hujayralarning hosil bo‘lishi.
Timus – rivojlanishning 1 – oylari oxirida, 3-4 juft jabra cho‘ntaklaridan - epiteliysi, biriktiruvchi to‘qima va qon tomirlari – mezenximadan, 11-12 – xaftalarda T – limfotsitlarning differensirovkasi.
3. Embrional davrdagi qon yaratilishi.

  1. Sariqlik qopchasi – rivojlanishning 2-3 xaftasida dastlabki qon o‘zak hujayralari va qon tomirlari hosil buladi va 3-oylar oxirigacha davom etadi. Eritrotsitlar hosil bo‘lishi – intravaskulyar, donador leykotsitlar –ekstravaskulyar.

  2. Jigar – rivojlanishning 5 – xaftasidan tug‘ulgungacha, ektravaskulyar – mielopoez (eritrotsitlar, monotsitlar, granulotsitlar, trombotsitlar).

  3. Taloq – rivojlanishning 7-8 xaftasidan boshlanadi, ekstravaskulyar – mielo va limfopoez, 5 – oydan so‘ng mielopoez to‘xtaydi, limfotsitopoez davom etadi.

  4. Timus – rivojlanishning 11-12 xaftasidan tug‘ilgandan so‘ng 25-30 yil davom etadi, asosan T- limfotsitopoez.

  5. Limfa tugunlari – rivojlanishning 9-10 xaftalarida qon o‘zak hujayralari hosil bo‘ladi – eritropoez, granulotsitopoez, trombotsitopoez tez tugaydi va 16-xaftasidan – limfotsitopoez davom etadi.

  6. Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 12-13 xaftasidan – qon yaratilishi boshlanadi, 6 – oylardan boshlab asosiy qon yaratuvchi a’zo (mielopoez, limfotsitopoez)


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin