Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Limfa tuguni limfoid follikulasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə65/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Limfa tuguni limfoid follikulasi
Mag‘iz modda. Follikullardan va po‘stloq oldi zonadan tugunning mag‘iz moddasiga qarab mag‘iz tasmalar yo‘naladi. Bu tasmalar retikulyar to‘qima to‘rlari orasida yotgan V-limfotsitlar, plazmatik hujayralar va makrofaglardan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning orasida V- limfotsitlar uchun mikromuhit yaratuvchi dendritli hujayralar ham uchraydi. Mag‘iz tasmalarda asosan V-limfotsitlar va ulardan hosil bo‘lgan plazmotsitlar bo‘lishi tufayli tasmalar suyak ko‘migiga tobe yoki V- zona deb hisoblanadi. Tasmalar orasida magiz sinuslari joylashgan.
LIMFA TUGUNI (mag‘iz moddasi).
Tugundagi limfa harakati. Tugunga limfa olib keluvchi tomirlar dastlab chekka yoki kapsula osti sinuslariga quyiladi. Bu sinuslar tugun kapsulasi va follikullar orasida joylashgan. Ularning tashqi devorini hosil qiluvchi endoteliy hujayralari bazal membranada yotib, tuzilishi jihatdan limfa tomirlarining endoteliy hujayralaridan deyarli farqlanmaydi. Sinuslarning follikullarni qoplab turuvchi ichki devorida esa endoteliyga o‘xshash yassilashgan retikulyar hujayralar bo‘lib, ularning orasida yoriqlar ko‘rinadi, lekin bazal membrana bu erda bo‘lmaydi. Endoteliy hujayralari orasidagi yoriqlar orqali tugunda hosil bo‘lgan yangi limfotsitlar limfaga tushishi yoki aksincha, limfa suyuqligidan tugunga o‘tishi mumkin. Limfa chekka sinuslardan oraliq sinuslarga yoki follikullar va trabekulalar orasida joylashgan sinuslarga o‘tadi. Ulardan limfa suyuqligi mag‘iz moddaga o‘tib, bu erdagi mag‘iz tasmalar va trabekulalar orasidagi mag‘iz sinuslarga quyiladi. Mag‘iz sinuslaridan limfa suyuqligi darvoza sohasida joylashgan markaziy sinusga yig‘iladi va tugunning darvozasidan olib ketuvchi limfa tomiri orqali chiqib ketadi.
Tugundan o‘tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi limfotsitlar va antitelolar bilan boyitiladi. Limfa tugunlarining o‘zida yot zarrachalar va o‘sma hujayralarini tutib qolish xususiyati ularni turli kasalliklarda o‘zgarishga olib keladi.
TALOQ
Taloq immun-himoya sistemasining periferik a’zosi bo‘lib, organizmda bir qancha muhim vazifalarni o‘taydi:

  1. Taloqda T- va V-limfotsitlarning ko‘payishi hamda ularning mikromuhit hujayralari bilan hamkorlikdagi faoliyati kuzatiladi.

  2. Taloqda yot zarrachalar ushlanib qolib, makrofaglar tomonidan emiriladi.

  3. Embrion taraqqiyoti davomida taloqda granulotsitlar, eritrotsitlar va qon plastinkalari ham hosil bo‘ladi.

  4. Taloqda yashash muddatini o‘tagan eritrotsitlar va qon plastinkalari emiriladi.

  5. Taloqda bir qancha biologik aktiv moddalar ishlanib, ular qizil suyak ko‘migida kechadigan eritropoez va trombotsitopoez jarayonlarini boshqarib turadi.

  6. Taloq - qon deposi.

Taraqqiyoti. Taloq kurtagi dastavval embrion taraqqiyotining 5—6- haftasida paydo bo‘ladi. U rivojlanayotgan katta charvi ichidagi mezenxima hujayralarining zich to‘plamidan hosil bo‘la boshlaydi. 7—8- haftalarga borib taloqda makrofaglar, 11 —12-haftalarda esa V-limfotsitlar paydo bo‘ladi. Embrion taraqqiyotining 5-oyigacha taloqda granulotsitopoez, eritropoez va trombotsitopoez jarayonlari faol kechadi. So‘ngra bu jarayonlar asta-sekin susayadi, limfotsitopoez esa, aksincha, kuchayadi.
Tuzilishi. Taloq toq organ, shakli cho‘ziq, qonga to‘lib turishi tufayli to‘q qizil rangli bo‘ladi. U sirtdan seroz parda va zich fibroz kapsula bilan o‘ralgan. Kapsuladan organ ichiga yo‘g‘on to‘siqlar trabekulalar o‘sib kiradi. Sekin-asta ingichkalashib boruvchi bu trabekulalar taloqni unchalik yaxshi ifodalanmagan bo‘lakchalarga bo‘ladi. Kapsulada ayrim silliq mushak hujayralari bo‘ladi. Taloqda qon tomirlar kiradigan joyda kapsula qalinlashib a’zoning darvozasini hosil qiladi.
Taloq trabekulalari orasida parenxima joylashib, unda oq va qizil pulpa farq qilinadi. Taloqning oq va qizil pulpalari asosini retikulyar hujayralar va retikulin tolalardan iborat retikulyar to‘qima tashkil qiladi. Organning beshdan bir qismini tashkil etuvchi oq pulpa limfatik follikulalardan iborat. Organ kesib ko‘rilganda oq pulpa tarqoq joylashgan, och kulrang, yumaloq tanachalar shaklida ko‘rinadi. Ularning morfologik tuzilishi limfa tugunlarining po‘stloq moddasida-gi follikullarga o‘xshydi. Bu erda yirik limfotsitlar va limfoblastlar joylashib, ularning ko‘pchiligi mitoz bo‘linishning turli bosqichida bo‘ladi. Limfatik follikulning chekka qismida arteriya joylashadi. Oq pulpaning shu ekssentrik joylashgan, lekin markaziy arteriya deb ataluvchi tomirining atrofi (periarterial zona) taloq limfatik follikulining timusga tobe qismi hisoblanadi va bu erda T-limfotsitlar, makrofaglar va IDX joylashadi.
Taloqning ok pulpasida kuyidagi zonalar ajratiladi:

  1. kupayish markazi;

  2. periarterial zona;

  3. yopqich (mantiy) zona;

  4. qirg‘oq zona.

Ko‘payish markazi va yopqich (mantiy) zona asosan V-limfotsitlardan, V-limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu zonalar V-zonalar bo‘lib, bu erda V-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi FDX joylashadi. Qirgoq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo‘lib, unda T- va V- limfotsitlar va yakka makrofaglar uchraydi. Qirgoq zonani qirg‘oq sinusoidal tomirlari o‘rab turadi.
Qizil pulpa taloqning asosiy qismini tashkil etib, retikulyar to‘qima va unda joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon tomirlarga juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi pulpar yoki taloq tasmalari deb ataladi. Bu tasmalarda V-limfotsitlar va ulardan hosil bo‘lgan plazmotsitlar uchraydi.
Qizil pulpaning retikulyar stromasida monotsitlardan hosil bo‘lgan fagoaitoz qiluvchi hujayralar — makrofaglar (splenotsitlar) va eritrotsitlar juda ko‘p bo‘ladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin