Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə38/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Fibroz membranalar – zich shakllangan biriktiruvchi to‘qimaning bir turi hisoblanadi. Ularga fassiyalar, aponevrozlar, ba’zi a’zolarning kapsulasi (urug‘don, tuxumdonning oqsil pardasi), ko‘zning oqsil pardasi, miyaning qattiq pardasi, tog‘ay usti pardasi, suyak usti pardasi, bo‘g‘imlar kapsulalari kiradi. Ularni paylardan farqi shuki, ularda kollagen tolalar tutamlari qat-qat bo‘lib joylashadi va tolalari yo‘nalishi bir-biriga mos kelmaydi. Bu tolalar bir qavatdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Fibroz membranalarda elastik tolalar ham uchrashi mumkin.


Maxsus xususiyatga ega bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimalar.
Ularga retikulyar, yog‘, shilliq va pigment to‘qimalar kiradi.
Retikulyar to‘qima – retikulyar hujayralar va retikulyar tolalardan iborat. Hujayralar bir-biri bilan o‘simtalari, tolalari orqali bog‘langan va to‘r hosil qiladi. Retikulyar to‘qima qon yaratuvchi a’zolarning (timusdan boshqa) stromasini tashkil qiladi, qon yaratuvchi hujayralarning tayanch va trofik vazifalarni bajaradi, makrofaglar kabi immun reaksiyalarda ishtirok etadi, antigenlarni fagotsitoz qiladi va ular haqida immunnokompetent hujayralarga xabar beradi.
Yog‘ to‘qimasi – siyrak biriktiruvchi to‘qimadagi yog‘ hujayralarining (adipotsitlar) to‘plamlaridan iborat, yog‘ hujayralari guruhlari yupqa qatlamlar orqali ajralib turadi, bu erda nerv va qon tomirlar uchraydi. Oq yog‘ to‘qimasi teri ostida ko‘p miqdorda bo‘lib, ichki a’zolarda turlicha bo‘lishi mumkin. YOg‘ to‘qimasi energiya zaxirasini vitaminlar bilan ta’minlaydi, ichki a’zolarni mexanik ta’sirlardan himoya qiladi.
Qo‘ng‘ir yog‘ to‘qimasi bolalar tanasining ayrim joylarida uchraydi. Tarkibida mayda liposomalar, mitoxondriyalar saqlovchi yog‘ hujayralardan iborat. Asosiy vazifasi issiqlik hosil qilish.
Shilliq biriktiruvchi to‘qima – embrional davrda uchraydi, asosan kindik tizimchasi tarkibida bo‘ladi. SHilliq (mutsin) ishlovchi fibroblastsimon hujayralardan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Amorf moddasi ko‘p suv saqlaydi.
Pigment to‘qima – melanotsit to‘plamlari saqlovchi to‘qima, masalan, so‘rg‘ichlar sohasi, moyaklarda, ko‘z olmasining tomirli pardasida tug‘ma dog‘larda.

7-Mavzu.
Skelet to’qimasi (tog‘ay va suyak to‘qimalari). Tog‘ay to‘qimasi. Tog‘ay to‘qimasi turlari, tuzilishi va xususiyatlari. Tog‘ay taraqqiyoti, regenaratsiyasi, yoshga ko‘ra o‘zgarishlari. Suyak to‘qimasining turlari, tuzilishi va xususiyatlari. Suyak gistogenezi, regenaratsiyasi va yoshga qarab o‘zgarishlari.


Tuzilishi: 1) xondrotsitlar
2) xondroblastlar
3) tolalar va amorf komponentdan hosil bo‘lgan zich
hujayralararo moddadan iborat.
Xondroblastlar tog‘ay to‘qimasining chekka sohalarida joylashgan bo‘lib, cho‘zinchoq shakldagi sitoplazmasi bazofil bo‘yaladigan hujayralardir. Xondroblastlar sitoplazmasida yaqin rivojlangan donador endoplazmatik to‘r va Goldji kompleksini ko‘rish mumkin. Bu hujayralar hujayralararo moddalarni sintezlab, hujayralararo muhitga ajratadi.
Ba’zi xondroblastlar mitotik bo‘linishi mumkin va ular kam funksional faoldir. Tog‘ay o‘sishi, tiklanishi davomida ular faollashib boradi, hujayralararo moddalarni sintezlaydi va asta-sekin xondrotsit hujayralariga aylanib boradi. Xondrotsitlarning 3-ta turi farqlanadi.
Xondrotsitlar tog‘ay to‘qimasining chuqur qatlamlarida, maxsus bo‘shliqlar – lakunalarda joylashadi. Ular xondroblastlarga nisbatan o‘zida donador endoplazmatik retikulum membranalarni kam tutadi, lekin shunga qaramay hujayralararo moddaning sintezlanishida ishtirok etadi. 2 ta va undan ko‘p xondrotsitlar to‘plami izogen guruxlar hosil qilib joylashadi. Izogen guruxlar togay to‘qimasining struktur-funksional birligi hisoblanadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin