Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Tog‘ay to‘qimasi rivojlanishi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə40/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Tog‘ay to‘qimasi rivojlanishi. U mezenximadagi sklerotom kurtaklardan rivojlanadi. Tog‘ay to‘qimasi hosil bo‘ladigan joylardagi mezenxima hujayralarining proliferatsiyasi kuchayadi, ular yumaloqlashadi va yig‘ilib – xondrogen orolchalarni hosil qiladi. YUmaloqlashgan hujayralar xondroblastlarga aylanadi va tog‘ay to‘qimasi hujayralararo moddasini hosil qiladi. Tog‘ay to‘qimasini o‘rab turgan mezenximadan tog‘ay usti pardasi shakllanadi.


Suyak to‘qimasi.
Vazifasi: tayanch, mexanik, ximoya, mineral almashinuvida ishtirok etadi (kalsiy, fosfor).
2 xil suyak to‘qimasi. tafovut etiladi.:
1. Retikulofibroz (dag‘al tolali).
2. Plastinkasimon (kompakt, g‘ovak).
Suyak to‘qimasi hujayralardan va hujayralararo moddadan iborat. Hujayralari: osteoblastlar, osteotsitlar, osteoklastlar. Hujayralararo moda – mineral tuzlardan (asosan kalsiy fosfat), kollagen (ossein) tolalardan tuzilgan. Suyak to‘qimasining 70% mineral tuzlar, 30% organik moddadan tashkil topgan.
Retikulofibroz suyak to‘qimasi qalin, tartibsiz joylashgan kollagen tolalar tutamlaridan iborat. Minerallashgan hujayralararo moddada osteotsitlar joylashgan.
Plastinkasimon suyak to‘qimasi kollagen tolalari parallel joylashgan suyak plastinkalaridan tuzilgan. Bu plastinkalar yon plastinkalar kollagen tolalari bilan 900 burchak ostida etadi. Plastinkalar orasidagi bo‘shliklarda osteotsitlar uchraydi. Ularning o‘simtalari kanallar bo‘ylab plastinkalarning xar tomoniga tarqalgan.
Suyak to‘qimasining xujayralari: 1) osteoblastlar, 2) osteotsitlar, 3) osteoklastlar.
Osteoblastlar rivojlanayotgan suyak to‘qimasida, suyak usti pardasining ichki qavatida uchraydi. SHakli: kubsimon, prizmatik, ko‘pburchakli. Hujayra sitoplazmasida yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik to‘r, Golji kompleksi, ko‘plab mitoxondriyalarni ko‘rish mumkin. Bu hujayralar hujayralararo moddani – kollagen tolalarni, organik moddalarni (glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar) sintezlaydi.
Suyak to‘qimasi organik asoslariga kalsiy tuzlari cho‘kib, suyak plastinkalarining minerallashishini ta’minlaydi. Plastinkalar hosil bo‘lishi natijasida osteoblastlar funksional faolligi pasayadi va u osteotsitga aylanadi, ularning organellari ma’lum miqdorda kamayadi. Osteoblastlar suyak usti pardasining ichki qatlamida funksional faolligi ancha past bo‘ladi. Suyakning o‘sishida, singan suyakning regeneratsiyasi soxalarida ular faollashadi va hujayralararo moddani hosil qiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin