Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə35/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Hujayralararo modda – tolalardan va asosiy amorf moddadan tuzilgan.
10 mkm gacha bo‘lgan keng tolalar kollagen oqsili tutadi va kollagen tolalar deyiladi. Ular parallel joylashgan kollagen fibrillalardan hosil bo‘ladi. Mikroskop ostida har 64 nm oraliqda ko‘ndalang targ‘illik ko‘rinadi. Kollagen tolalarning kimyoviy komponentlari – fibrillyar kollagen oqsil, glikozaminoglikan va proteoglikanlardir. Kollagen tolalar struktur hosil bo‘lishining 4 ta bosqichi farqlanadi:
1) molekulyar – polipeptid bog‘li kollagen molekulasi;
2) molekula usti – kollagen molekulasi protofibrillalardan hosil bo‘ladi;
3) protofibrillalar 11-12 nm qalinlikdagi mikrofibrillalardan hosil bo‘ladi;
4) fibrillyar yoki tolali – tolalarning mikrofibrillalaridan glikozaminoglikanlar va proteoglikanlar yordamida shakllanishi.
12 tip kollagen farqlanadi, ular bir-biridan miqdori va aminokislotalari joylashishining ketma-ketligi bilan farqlanadi.
Ularning asosan 4 tipi o‘rganilgan:
I – xususiy biriktiruvchi to‘qimada, suyak to‘qimasida, jigar kapsulasida, oqsil pardada, tishda (dentin, pulpa va periodont), muguz pardada, yoy pardada uchraydi;
II – gialin tog‘ayda, umurtqalararo diskning fibroz xalqasida, ko‘z shishasimon tanasida;
III – homila terisida, retikulyar tolalar, qon tomirlar ichidagi ingichka tolalar, oqsil pardadagi, dentindagi, pulpadagi ingichka tolalar;
IV – bazal membranada, gavhar kapsulasida uchraydi.
Elastik tolalar – nisbatan ingichka 1 mkm gacha diametrda, yaxshi cho‘ziluvchan va avvalgi holiga engil qaytuvchi, xuddi rezina lentaga o‘xshash bo‘ladi. Kollagen tolalar juda pishiq, to‘lqinsimon, shuning uchun to‘qimalarning ozgina ozgina cho‘zilishini ta’minlaydi, lekin to‘qimalar faqat to‘g‘rilangunicha, shuning uchun ular siyrak biriktiruvchi to‘qimaning cho‘zilishi bilangina chegaralanadi. Elastik tolalar esa to‘g‘ri va harakatda cho‘ziluvchan, ular cho‘zilgan siyrak biriktiruvchi to‘qimaning avvalgi holatiga qaytishini ta’minlay oladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin