Sillik mushak to‘qimasi Filogenetik jixatdan ko‘ndalang targ‘il mushak, yurak mushagi va somatik to‘qimalarga nisbatan eng eshi xisoblanadi.
Gistogenetik jixatdan fibroblast bilan umumiy kelib chikishga ega:
o‘zak hujayra→ premioblast → mioblast → silliq miotsit.
Tuzilishi: Silliq miotsit – elpigichsimon hujayra
Uzunligi -20dan (tomirda) 500mkmgacha (bachadonda)
Kengligi-5-8mkm
Yadro -1 ta, yirik, tortilgan, elpigichsimon shaklda . DNK diploid tuzilishda
Xarakterli tomoni plazmolemmaning pufakchalarining bo‘lishi. U ko‘ndalang targ‘il mushakdagi T sistema kabi vazifani bajarib hujayraga Ca+2 tashilishini ta’minlaydi.
Sillik miotsitning qisqaruvchi apparati Yupqa aktin filamenti tropomiozin bilan bog‘lanib (troponin mustasno) uch ulchamli to‘r xosil qiladi, cho‘zilib sitolemmaga va biriktiruvchi plastinkaga birikadi .
Biriktiruvchi plastinka aktindan tashkil topgan bo‘lib, hujayraning 30-50 % ni tashkil qiladi. U ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasidagi Z-chiziqqa o‘xshaydi. Shular tufayli aktin filamenti hujayraning en va qutblar tomon epishadi. Miozin filamentining monomeri aktin filamentining enida joylashadi lekin u qisqarish paytigacha depolimerlangan bo‘ladi.
Qisqarish paytigacha aktin filamenti hujayra perimetri bo‘yicha
tortilgan panjarasimon tuzilmani xosil qiladi . Ularning oldida depolimerlangan miozin oqsillari joylashgan bo‘ladi. Qo‘zg‘alishni o‘tkazish paytida potensialga bog‘liq kanallar ochiladi va hujayra tashqarisidan sitoplazmaga Sa+2ionlari keladi. Bir vaqtning o‘zida sitoplazmadagi fosfolipazaning aktivlashuvi depodan Sa+2 ionlarini chiqishini ta’minlaydi. Sa+2 ionlarining konsentratsiyasi ko‘payishi natijasida miozin filamentlarining polimerlanishi sodir bo‘ladi. Natijada aktin filamenti bilan miozin o‘rtasida kesishuvchi aloqa paydo bo‘ladi.
Sitoplazmatik pufakcha orqali hujayradan va sitoplazmatik depodan Sa+2 ionlarini chiqib ketishi miozinning depolimerlanishi xamda akto miozin kompleksini yuqolishiga olib keladi. Silliq miotsit bo‘shashadi.