Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Skelet ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə44/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Skelet ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasi
Rivojlanishi:
Mezenximada mioblastlar ikkita mustaqil liniya bo‘lib rivojlanadi:
A) mushak naychalari – miosimlastlar
B) miosatelitlar
Mioblastalar rivojlanish davomida miosimplastlarga uyg‘unlashib mushak naychalarini xosil qiladi.Ularda dastlab yadro markazda joylashadi,
donador endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan bo‘lib,miofibrillalar esa plazmolemma tagida periferiya tomonida bo‘ladi. Keyinchalik yadro plazmolemma ostiga o‘tadi , miofibrilla esa hujayraning katta qismini egallaydi . Donador endoplazmatik to‘r sezilarli darajada reduksiyaga uchraydi.
Mushak hujayrasining bu definitiv tuzilmasi miosimplast deb ataladi. Miosatellitlar miosimplastlarning yuzasida joylashadi .
Tuzilishi :
Skelet mushaklarining struktur asosini mushak tolalari 1)miosimplast va 2) miosatellitotsitlar tashkil kilib,ular bitta umumiy bazal membrana bilan qoplangan bo‘ladi.
Miosimplastning plazmolemmasi va yupka (20-40 nm) biriktiruvchi to‘qimali qobik (bazal membrana ) –sarkolemma deb nomlanadi .
Sarkolemma ostida bir necha o‘n minglab uzunchok oval shaklidagi yadrolar joylashadi. Ularning qutblarida umumiy organellalar – Golji kompleksi, donador endoplazmatik to‘rning qismlari joylashadi.
Miofibrillalar – sitoplazmaning qolgan qismida parallel xolda joylashib uni to‘ldirib turadi.
Sarkomer – miofibrillaning struktur birligi.
Xar bir miofibrilla ketma-ket bir xil masofada keluvchi och va to‘k qismlarga ega bulib,xar bir miofibrilla silliq endoplazmatik to‘rning anastomozlanuvchi choklari va mitoxondriyalar bilan o‘ralgan .
Xar bir sarkomer oldidagisidan Z –chiziq erdamida ajralgan buladi. Z-chiziq bu aktin filamentlarining oxirgi uchi bilan bog‘langan fibrillyar oqsil molekulasi (asosan α aktin)dan iborat to‘r .
Aktin filamenti Z- chiziq bilan aktin molekulasi orqali (bir uchi) va miozin filamentining molekulasi bilan (ikkinchi uchi) bog‘lanadi,bu bog‘lanishda nebulin oqsili xam ishtirok etadi. Miofibrillaning o‘rta qismi ya’ni ikkita Z-chiziq orasi qoramtir bo‘lib (A-disk) faqat miozin filamentidan tashkil topadi. A –diskning o‘rtasida ko‘ndalang joylashgan M – chiziq bo‘lib miomezin molekulasidan tashkil topadi. M-chiziqqa miozin filamentining oxirgi uchlari birikadi. Aktin va miozin filamentining nisbati 6:1 (geksoganal joylashuvda). Aktin filamenti bir uchi bilan Z-chiziqqa, miozin filamenti esa bir uchi bilan M-chiziqqa birikkan buladi.
Ikkita filamentning kolgan ikki uchi bir biri bilan birikib filamentlar orasidagi tirkishga kiradi,lekin miozin filamenti Z-chizikka, aktin filamenti esa mushak tolasi bushashgan paytda M-chizikka etib bormaydi.
Aktin va miozin filamentlari tropomiozin va troponin oqsili ishtirokida o‘zaro tasirlashadi.
Mushak tolasining plazmollemasi och (І) va qoramtir (A) disklar chegarasida naysimon(T-naycha) uzun botiqlik xosil qiladi.Ular Ca+2ning tolaga va undan orqaga transportida qatnashadi. Mushak tolasining qisqarishi to‘grisida signal kelganda xarakat potensiali plazmollemaga o‘tadi va T-naycha membranasiga tarqaladi. Buning natijasida T-naychaga Sa+2 kelib tushadi. Ular silliq endoplazmatik to‘r membranasidan chiqariladi. Sa ionining konsentratsiyasini ko‘payishi aktin va miozin filamentlarining o‘zaro ta’sirlashuvchi maydonini aktivlaydi. Natijada aktin filamentlari miozinga chuqur kirib M-chiziqqacha boradi. Aralash ikki Z-chiziq orasi ikki marta kamayadi va och I-disk yuqoladi . Xarakat potensiali yuqolishi bilan silliq endoplazmatik to‘r va T naycha orqali Sa+2 sitoplazmadan chiqib ketadi . Aktin filamenti miozin filamenti orasidagi tirqishdan sirgalib o‘tadi . Yana kaytadan och I va qoramtir A disklari ko‘rina boshlaydi. Mushak hujayrasi bo‘shashadi .qisqarish va bo‘shashishni ta’minlaydigan metabolik jaraenlar mioglabinda akkumulirlangan kislorodni va ATFni ADFga o‘tishida xalos bo‘lgan energiyani talab qiladi . Energiya glikogenni karbonat angidrid va suvga aylanishidan xosil bo‘ladi .
Miosatellitotsitlar.
Skelet mushagining fiziologik va reparativ regeneratsiyasida qatnashadi. Ular chuzinchok oval shaklida bulib mushak hujayrasining plazmolemmasiga epishib etadi . Yadro xam xuddi shunday chuzinchoq oval ko‘rinishida bo‘lib yirik bo‘ladi. Sitoplazma esa yadro atrofida ingichka qatlam bo‘lib joylashadi. Organellalar kam bo‘ladi. Keyingi rivojlanish va aktivlanish davomida hujayralar yadrosi ochlashadi, sitoplazma kattalashadi, organella soni keskin ko‘payib miofibrillalar paydo buladi. Miosatellitotsitlarning ultrastrukturasi shakllanishi tor doirada miosimplastlarning etilishi bilan birga kechadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin