Fiziologik va reparativ regeneratsiya Mushak o‘saetganda organizimni o‘sishi dinamikasida mitotik bo‘linishda xosil bo‘lgan va differensialanaetgan hujayralar miosimplastlarning oxiriga tiziladi. Mushak jaroxatlanganidan so‘ng qandaydir masofada tolaning oxirgi qismi parchalanadi va makrofaglar tomonidan suriladi. Hujayraning to‘lik tiklanishi ikki yul asosida amalga oshiriladi.
1. Qolgan tolalarning kompensator gipertrofiyasi
2. Miosatellitotsitlarning proliferatsiyasi va differensirovkasida ularning tizilib yangi tola xosil kilishi.
Skelet mushagi organ sifatida: Anatomik jixatdan xar bir mushak tashqi tomondan oldidagi boshka vazifani bajaruvchi mushakdan epimiziy deb nomlanuvchi biriktiruvchi to‘qimali qobiq (fassiya) erdamida ajraladi.Xar bir mushak qalin dag‘al biriktiruvchi to‘qima (perimiziy) bilan o‘ralgan bir qancha yirik mushak hujayralar gruppasidan iborat. Aloxida mayda hujayralar orasida yupka katlamli dagal biriktiruvchi to‘qima(endomiziy) joylashadi.
Yurakning ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasi. Miokard-yurakning mushakli qobig‘ini xosil qiladi. U bir biri bilan qo‘shiluvchi va anastomoz xosil qiluvchi ingichka hujayralardan iborat. Bu hujayralar endomiziy bilan, hujayralar tuguni esa perimiziy bilan chegaralangan.
Skelet mushakdan farqli ravishda hujayralar bir biri bilan oraliq plastinkalar orqali bog‘langan kardiomiotsitlardan tashkil topgan.Yurak mushagi mioepikardial plastinkadan rivojlanadi.Uch xil kardiomiotsit farqlanadi:
Qisqaruvchi
III. Sinus (Peysmeker)
IV.Oraliq atipik
V. O‘tkazuvchi
VI.Sekretor
Embriogenez paytida dastavval qisqaruvchi so‘ngra sekretor kardiomiotsitlar rivojlanadi. Keyinchalik o‘tkazuvchi sistema kardiomiotsitlari-atipik rivojlanadi.
Xamma tip kardiomiotsitlarning differensirovkasi umumiy to‘kima sistemasiga integratsiyasi tomon boradi. Morfologik ekvivalentini quyidagi ko‘rish mumkin:
kardiomiotsitlarning uchida 2-3 ta o‘simtalarni bo‘lishi,2- ta aralash kardiomiotsitlarning anastomoz xosil qilishi ,kontakt soxada oraliq disklarning xosil bo‘lishi .YUkori ixtisoslashgan hujayralaaro kontaktlar neksuslar ,desmosomalar va fascia adhaerentes xamma tip kardiomiotsitlarni yagona to‘qima tizimiga birlashtiradi va yurakning qorincha va bo‘lmachasini sinxron qisqarishi va bo‘shashishini taminlab beradi.