Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə60/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Limfa tomirlari
Limfa kapillyarlari qon bilan to‘qima suyuqligi orasidagi muvoza­natni saqlovchi eng asosiy tuzilmalardir. Limfa kapillyarlari boshi berkligi, diametri kengroqligi, endote­liy hujayralari kattaroqligi, bazal membranasi va peritsitlar bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Limfa tomirlari mayda, o‘rta va yirik tomirlarga bo‘linadi. Tuzilishi jihatdan venalarga o‘xshaydi, mayda tomirlarda devori endoteliy va biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, mushak elementlari yo‘q, o‘rta va yirik limfa tomirlarida devori uch pardadan iborat, ichki qavatida klapanlar bo‘ladi.
Yurak
Yurak devorida uchta qavat farqlanadi:
- endokard - ichki;
- miokard - o‘rta;
- epikard - tashqi.

Yurak devorining taraqqiyot manbalari: mezenxima - undan endokard rivojlanadi, mioepikardial plastinka - uning ichki qavatidan miokard, tashqi qa­vatidan esa epikard taraqqiy etadi.


Endokard
Endokardning asosiy qavatlari:
- endoteliy qavati - bazal membranada yotuvchi bir qavat yassi poli­gonal endoteliy hujayralardan iborat;
- endoteliy osti qavat - kambial hujayralarga boy biriktiruvchi to‘qimadan iborat;
- mushak-elastik qavat - unda elastik tolalar va silliq mushak hujay­ralari bir-biri bilan chalkashib yotadi;
-tashqi biriktiruvchi to‘qimali qavati-yo‘g‘on elastik, hamda kolla­gen va retikulyar tolalardan iborat bo‘lib, qon tomirlariga boy.
Endokard tuzilishi va rivojlanishi man’bai bilan arteriyalar, ayniqsa, aorta devoriga juda o‘xshash.
Miokard
Miokard ko‘ndalang- targ‘il mushak to‘qimasidan tuzilgan, hujayra tuzilishiga ega bo‘lib, uch xil kardiomiotsitlardan tashkil topgan:
a) tipik yoki qisqaruvchi kardiomiotsitlar;
b) atipik yoki qo‘zg‘alishini o‘tkazuvchi kardiomiotsit­lar - Yurak o‘tkazuvchi sistemasini tashkil qiladi;
v) sekretor kardiomiotsitlar - bo‘lmachalar devorida uchrab, tromb hosil bo‘lishiga qarshi ta’sir qiluvchi va qon bosimini boshqarishda ishtiroq etuvchi (natriy uretik omil) moddalar ajratadi.
Qisqaruvchi kardiomiotsitlar silindrsimon shaklga ega, uzunligi 50-100 mkm, diametri 17-20 mkm atrofida, ovalsimon yadro hujayralar markazida joylashadi, mitoxondriya (sarkosoma)larga boy, hujayralar bir-biri bilan oraliq plastinkalar orqali birikib, tolalarni hosil qiladi, tolalar esa o‘zaro anastomozlar orqali birikib, yaxlit karkas hosil qiladi, Golji kompleksi va donador endoplazmatik tur sust taraqqiy et­gan, sitoplazma mioglobinga boy, har bir kardiomiotsit 2-4 kapillyar bilan o‘ralgan bo‘ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin