2)Meysner tanasiqo‘l va oyoq panjalari terisining so‘rg‘ichsimon qavatida, tashqi jinsiy azolar, sut bezlari, lab boshka soxalarda joylashgan. Mexanoretseptor tabiatli bo‘lib,teridagi taktil sezgilarni sezadi. Ular oval tuzilishda bo‘lib, diametri 50-100mkm. Uning o‘qi teri yuzasiga perpendikulyar joylashadi,o‘q silindrtarkibiga kirib 2-9 ta shoxchalar xosil qiladi, shuningdek SHvann hujayrali bilan spiral ko‘rinishda shoxlanadi. SHvann jo‘jayralari orasida kollagen tolalari joylashadi. Tananing atrofi siyrak biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan.Bu tolalarning turliligi kapsulada bir necha shoxlanuvchi o‘q silindr mavjud bulgan genital tanachalari bilan bog‘liq.
3) Ruffini tanasi. Dermaninig chukur qavatida joylashgan. 0.1-2 mm li uzunlikda, 150 mkm diametirligi bo‘ladi.Nerv tolali kollagen tolalar orasidagi terminal shoxlardan to‘plamni xosil qilib, ichki kolba shakllanadi. Nerv terminallarida mitoxondriyalar va vezikullar mavjud. Terminallar qolgan boshqa inkapsulyar nerv oxirlaridan farqli ravishda ular shvann hujayralari bilan qoplanmaydi va bazal membranadan kapsulyar maydon (yoki boshlik) bilan ajralib turadi,u esa kapsula va ichki kolba oralig‘ida joylashgan. Bu bo‘shliq ichki kolbadan chikuvchi kollagen tolalardan, fibroblastlar va makrofaklardan tashkil topgan suyukliqdan iborat. Ingichka kapsula fibroblastlardan tuzilgan 4-5 qavatdan iborat. Bu tanalar kapsulyar bo‘shliklardagi aralash kollagen tolalarni va ichki kolbani boshqaradi.
4) Krauze kolbasi.Dumaloq shaklda bo‘lib, diametri 50 mkm,konyuktiv, tashqi jinsiy azolarda uchraydi. Uning 2 tipi farqlanadi:
1. Terminal shoxchalari shakllanmaydi va kolbasimon kengayadi.
2. Nerv terminali tanacha ichida shoxlanadi.Tashkaridan nozik kapsula bilan o‘ralgan.
5) Nerv-mushak va nerv-pay duklari mushak va paylardagi retseptorlar hisoblanib, mushak tolasining uzunligini o‘zgarishi va paylarni qisqarishini sezadi. Nerv-mushak dukida intrafuzal deb nomlanuvchi bir qancha mushak tolalari (2ta yo‘gon va 4ta ingichka)ni biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula o‘raydi. Mushak tolasinint kapsuladan tashqarisi ekstrafuzal deb nomlanadi. Intrafuzal tolaning markaziy qismi qiskarmaydi, sababi ularda qisqaruvchi filamentlar yo‘q. Bu tolalarga afferent nerv tolari kelib, mushak tolasida uzun-spiralsimon va shingilsimon oxirlarini hosil qiladi. SHu nerv oxirlaridan orqa miyaga impuls o‘tadi va mushak qisqarishini taminlaydi. Intrafuzal mushak tolasida efferent xarakatlantiruvchi nerv tolalari yakunlanadi. Bunda markaziy qism cho‘ziladi va retseptorning sezuvchanligi ortadi.