Periferik nervlar tuzilishi Periferik nerv mielinli va mielinsiz nerv tolalardan iborat. Nerv biriktiruvchi to‘qimali parda-epinevriy bilan o‘rab olingan. Nervni tashkil qilgan nerv tolalar to‘plami biriktiruvchi to‘qima-perinevriy,xar bir tola esa endonevriy bilan o‘ralgan. Biriktiruvchi to‘qimada qon tomirlar (endonevriyda-kapillyar) lar mavjud. Epinerviy va perinevriyning tashqi qismida arteriola, venula va limfa tomirlar mavjud. Deyarli barcha periferik nervlar xam sezuvchi xam harakatlantiruvchi tolalarga ega aralash nerv tipiga kiradi. Faqat nervning distal qismining oxirida bu tolalar aloxida tolalarga ajraladi.
Perinevriy-tashqi qismi-xar bir nerv tola to‘plamini o‘rab turuvchi birikturuvchi to‘qimadan iborat.Tashqi va ichki qismi qalin bazal membrana bilan o‘ralgan,ular o‘zida 4 tip kollagen, laminin,nidogen,va fibrinogen tutadi.
Regeniratsiya. Nerv shikastlanishi natijasida nervning periferik o‘simtasining to‘liq regeniratsiyasi kuzatiladi.SHvann hujayralari proliferatsiyaga uchraydi periferik o‘simtalarga aylanadi va sutkasiga shikastlangan soxagacha 0,25mm,keyin esa 3-4mm tezlikda o‘sadi. Qayta tiklanish bo‘g‘iqlar soxasidan o‘tuvchi kollaterallar xisobiga xam sodir bo‘lishi mumkin.SHvann hujayralari o‘zidan nervning o‘suvchi faktorini ishlab chiqaradi.
Nerv oxirlari Funksiyasiga qarab: effektor-xarakatlantiruvchi