Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə64/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

13-Mavzu.
Qon yaratuvchi va immun a’zolari. Limfa tugunlari: tarakkiyoti, tuzilishi, T va B zonalari, limfa aylanishi, biologik axamiyati. Talok: taraqqiyoti, tuzilishi, qon aylanishining xususiyatlari, faoliyati.
Limfa tugunlari periferik qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolaridan biridir. Limfa tugunlari limfa tomirlari bo‘ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Limfa tugunlarida T-va V- limfotsitlarning ko‘payishi va ularnig antigenga mos ravishda ixtisoslanishi kuzatiladi. T- va V-limfotsitlarning o‘zaro hamda mikromuhit hujayralari bilan muloqotda bo‘lishi ma’lum antigenlarga qarshi spetsifik antitelolar ishlab chiqarishga olib keladi.

  2. Tugunlar oqib o‘tayotgan to‘qima suyuqligini yoki limfani barcha yot antigenlardan tozalaydi.

  3. Tugunlar to‘qima suyuqligi uchun o‘ziga xos yig‘uvchi a’zo yoki depo bo‘lib hisoblanadi.

  4. Limfa tugunlarida qon orqali kelgan monotsitlarning makrofaglarga va iterdigitirlovchi hujayralarga aylanishi ro‘y beradi.

Taraqqiyoti. Limfa tugunlari limfa tomirlari yo‘llarida paydo bo‘ladi. Tugun kurtagining atrofida joylashgan mezenxima hujayralaridan tugunni o‘rab turuvchi kapsula, ichkarisiga botib kiruvchi trabekulalar va stromanisini hosil qiluvchi retikulyar to‘qima rivojlanadi. Kurtakning chekkalarida mezenxima hujayralari birlashib qirg‘oq sinusini, ichkariga qarab yo‘nalgan xujayralar esa, oraliq sinuslarni hosil qiladi. To‘rsimon stromaning bo‘shliqlari 4- oydan limfotsitlar bilan to‘la boshlaydi. Embrion taraqqiyotining 6- oyiga kelib limfa tugunlari qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari sifatida shakllanadi.
Tuzilishi. Limfa tuguni loviyasimon shaklga ega bo‘lib, kattaligi 0,3-1 sm atrofida. Uning qavariq yuzasi orqali olib keluvchi limfatik tomirlar alohida-alohida holda tugun ichiga kiradi. Botiq yuzasi esa tugun darvozasi deb atalib, bu erdan arteriya kiradi va vena hamda olib ketuvchi limfatik tomirlar chiqadi. Limfa tuguni sirtidan zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Kapsuladan tugunning ichiga o‘zaro anastomozlar hosil qiluvchi trabekulalar kiradi.
Tugunda to‘qroq bo‘yalgan, chekka joylashgan po‘stloq va ochroq bo‘yalgan markaziy mag‘iz moddalarni ajratish mumkin. Po‘stloq modda asosan yumaloq va oval tuzilmalardan - limfatik follikulalardan iboratdir. Mag‘iz modda esa mag‘iz tasmalari va ular orasida joylashgan sinuslardan tashkil topgan. Po‘stloq va mag‘iz moddalar chegarasida limfotsitlar tarqoq holda yotadigan oraliq yoki po‘stloq oldi zona (ragasogtex) farqlanadi. Asosan T- limfotsitlar joylashishi tufayli bu soha timusga tobe yoki T- zona deb ataladi.

Po‘stloq modda. Limfoid follikullar po‘stloq moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Ular diametri 0,5—1 mm atrofidagi yumaloq yoki oval tuzilmalardir. Har bir follikulda uning tashqi (qoplovchi), o‘rta (oraliq) va markaziy qismlari farklanadi. Tashqi va oraliq qismlarda asosan mayda va o‘rta limfotsitlar joylashadi. Follikulning markaziy qismi ochroq bo‘yalib, germinativ yoki ko‘payish markazlari deyiladi.Bu sohaning turli antigenlar ta’siri ostida o‘zgarishi uning reaktiv markaz ham deb atalishiga sababdir. Follikullar tarkibiga asosan V-limfotsitlar va ularning hosilasi hisoblangan plazmatik hujayralar kiradi. SHu tufayli follikullar suyak ko‘migiga tobe yoki V-zonaga kiritiladi. Organizmga antigenlar tushganda ko‘payish markazi kengayib, unda juda ko‘p mikdorda mitoz yo‘li bilan bo‘linadigan hujayralar kuzatiladi. Aksincha, organizmning nisbatan tinch holatida ko‘payish markazlari kichrayib, unda yakka bo‘linayotgan limfoblastlar va ozgina makrofaglarni ko‘rish mumkin.
Po‘stloq oldi zonada asosan T-limfotsitlar va IDX joylashadi. IDX T-limfots'itlarning ko‘payishi va ishchi (yoki effektor) hujayralarga differensiallanishini ta’minlaydi. Parakorteksning muhim xususiyatlaridan yana biri unda ko‘p miqdorda postkapillyar venulalarning bo‘lishidir. Bu venulalar baland, deyarli silindrsimon endoteliy hu-jayralari borligi bilan ajralib turadi. Bu endoteliy orasidagi yoriqlar orqali T- va V- limfotsitlarning tugun ichiga kirishi va undan chiqishi kuzatiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin