Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə66/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Taloqda qon aylanishi


Талоқ артерияси

Пульпа артерияси

Трабекуляр артерия



Вена синуслари



Taloq darvozasidan taloq arteriyasi kiradi. Arteriya trabekulalar bo‘ylab tarmoqlanadi va bu tarmoqlar trabekula arteriyalari nomini oladi. So‘ng trabekula arteriyasi trabekuladan qizil pulpaga o‘tadi va bu erda pulpa arteriyasi deb ataladi. Arteriya limfatik follikulga kirish oldidan T- va V-limfotsitlar va plazmotsitlardan iborat limfatik qin bilan o‘raladi. Bu qinlarni oq pulpaning o‘simtasi deb hisoblash mumkin. Arteriya limfatik follikulniig chekka qismidan o‘tadi va markaziy arteriya deb ataladi. Follikuldan chiqqanidan so‘ng markaziy arteriya o‘zaro anastomoz hosil qilgan bir necha tarmoqchalarga bo‘linadi. Bular popuksimon yoki barmoqsimon arteriolalardir. Popuksimon arteriolalarning distal qismlari yo‘g‘onlashib, ellipssimon yoki gilzali arteriolalar nomini oladi. Bu arteriolalar endoteliysida qisqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan ipchalar, devorida esa retikulyar tolalar va mushak hujayralaridan iborat mufta joylashgan. Bu muftalar vena sinuslariga qon oqib borishini boshqarishda o‘ziga xos sfinkter vazifasini bajaradi. Qapillyarlarning venalarga o‘tishi ochiq va yopiq qon aylanish yo‘llari orqali bo‘ladi. Ochiq qon aylanishda kapillyarlar bevosita pulpaning retikulyar to‘qimasiga ochiladi. YOpiq qon aylanishda esa kapillyarlar bevosita vena sinuslariga quyilib, vena sinuslaridan taloq vena sistemasi boshlanadi.
Taloqda ko‘proq yopiq qon aylanishi kuzatilib, bunda qonnint tez oqishi ro‘y beradi. Ochiq qon aylanishida esa qonning sekin oqishi qon hujayralarining makrofaglar bilan bo‘lgan kontaktini ta’minlaydi.
Vena sinuslari o‘ziga xos tuzilishga ega; ularning diametri qon bilan to‘lishiga qarab 20 mkm gacha bo‘ladi. Sinus devori uzunchoq hujayralar bilan qoplangan va bular orasida hujayralararo yoriqlar yoki teshiklar bo‘ladi; bu tekishlar orqali muayyan sharoitlarda eritrotsitlar o‘tishi mumkin. Sinuslar endoteliysi atrofidagi retikulyar to‘qima bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, endoteliy hujayralari sirtdan halqa shaklidagi retikulin tolalari bilan o‘ralgan.Vena sinuslaridan qon trabekula venalariga o‘tadi; bu venalar mushaksiz tipdagi venalardir. Ularning devori trabekulaning biriktiruvchi to‘qimasiga mahkam yopishgan endoteliy hujayralari qavatidan iborat, xolos. Trabekula venalari esa o‘zaro qo‘shilib, taloq venasini hosil qiladi. Taloq venasi organning darvozasi sohasida tashqariga chiqadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin