Endokrin tizim a’zolari. Markaziy endokrin a’zolar: Gipotalamus, gipofiz, epifiz tuzilishi, xujayraviy tarkibi, funksional axamiyati. Periferik endokrin a’zolar tuzilishi. 1.1. Vazifasi – hujayralarning o‘sishi, ko‘payishi, ixtisoslashishini boshqarish:
- moddalar almashinuvi va energiya,
- sekretsiya,
- ekskretsiya
- so‘rilish,
- o‘zini boshqarish reaksiyalari
Endokrin sistema: 1) gormonlar ishlab chiqaradigan endokrin bezlardan;
2) oddiy a’zolarning endokrin qismidan; 3) ichki a’zolarning yakka endokrin hujayralaridan iborat.
1.2. Endokrin bezlarningstruktur-funksional tavsifi: 1) chiqaruv naylariga ega emas;
2) qon tomirlar bilan mo‘l ta’minlangan;
3) gemokapillyarlari fenestrli yoki sinusoid tipda;
4) parenximatoz a’zo hisoblanadi, asosan epiteliy to‘qimasidan hosil bo‘lgan, epiteliy hujayralari tasma yoki follikul ko‘rinishida joylashadi, stromasi sust rivojlangan.
5) gormonlar ishlab chiqaradi.
1.3. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra gormonlarning tasnifi: 1) oqsil va polipeptidlar
2) aminokislotalar hosilalari
3) steroidlar
1.4. Gormonlarning ta’sir mexanizmlari: 1) gormonlarning nishon-hujayralar plazmolemmasidan retseptorlar bilan bog‘lanishi, fermentlarni faollashtirishi, siklik AMFni ishlab chiqarishi;
2) gormonlarning hujayralarga, keyin esa yadrocha kirishi, hujayralar metabolizmini o‘zgartirishi.
2. Gipotalamus – endokrin sistemaning markazi, vegetativ funksiyalarni boshqaruvchi markaz. Gipotalamusning neyrosekretor faolligiga limbik sistema, mindalsimon yadro, epifiz va gippokamplar ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘limlari: oldingi, o‘rta (medio-bazal qism), orqa.
Gipotalamusning nerv va neyrosekretor hujayralari taxminan 30 juft yadrolarni hosil qiladi.
2.1. Oldingi gipotalamus – endokrin sistemaning supraoptik va paraventrikulyar juft yadrolari. Supraoptik yadro – vazopressin (ADG) gormon ishlab chiqaradi, aksonlari orqali gipofizning orqa bo‘lagiga transport qilinadi va qonga ajraladi. Nishonlari: buyrak va arteriyalar. Paraventrikulyar yadro - oksitotsin gormoni ishlab chiqaradi, u ham gipofizning orqa bo‘lagidagi qonga ajraladi. Nishonlari: bachadon mushaklari va sut bezlarining mioepitelial hujayralari.
2.2. Gipotalamusning mediobazal qismi. YAdrolari: arkuat (infundibulyar), ventromedial, dorsomedial. 2 guruh rilizing-gormonlar ishlab chiqaradi:
1) liberinlar – adenogipofiz gormonlarining ishlab chiqarilishini stimullaydi; 2) statinlar – adenogifofiz faoliyatini susaytiradi.
3. Gipofiz. 2 bo‘limdan iborat: adenogipofiz (oldingi, oraliq va tuberal qismlar), neyrogipofiz – orqa bo‘lak.
Embrional taraqqiyoti: oldingi va orqa bo‘laklar ikki xil manbadan rivojlanadi. Adenogipofiz – og‘iz bo‘shlig‘i tomidagi epiteliydan (Ratke cho‘ntagi). Neyrogipofiz – neyroglial kelib chiqishga ega.
Adenogipofiz:
3.1. Oldingi bo‘lak – trabekulyar to‘zilgan (epitelial tasmali), ular orasida kapillyar to‘ri bor, biriktiruvchi to‘qima sust rivojlangan. Endokrin hujayralarning turlari: xromofil va xromofob.
Xromofil adenotsitlar: 1) bazofil (gonadotrop va tireotrop). Gormonlari – glikoproteidlar.
Tireotropotsitlar – noto‘g‘ri shaklda, mayda sekretor donachali, donador endoplazmatik to‘rga ega. Gormoni – tireotropin, qalqonsimon bezning faoliyatini boshqarib turadi. Tireoidektomiyada, qalqonsimon bez gormonining etishmovchiligida tireotropotsitlar sitoplazmasida vakuolizatsiya ko‘zatiladi.
Gonadotropotsitlar – yirik o‘lchamli, Golji kompleksi xalqasimon (makula), sekretor donachalar o‘rta o‘lchamli, bazofil, mitoxondriyasi, donador endoplazmatik to‘ri ko‘p. Gormonlari – follikul stimullovchi (FSG) va lyuteinlovchi (LG) – jinsiy bezlar faoliyatini stimullovchi.
Kastratsiyada, jinsiy gormonlarning etishmovchiligida gonadotropotsitlarning transformatsiyasi ko‘zatiladi: hujayralar gipertrofiyasi, sitoplazmasida yirik vakuollar ko‘rinadi, gormonlar ajralishi kuchayadi.
2) Atsidofil hujayralar (somatotrop, mammotrop).
Somatotropotsitlar – yumaloq shaklda, donador endoplazmatik to‘ri rivojlangan, mitoxondriyalari yirik, donachalari atsidofil. Gormoni – somatotropin (STG) – organizmning o‘sishini stimullaydi.
Laktotropotsitlar (mammotrop hujayralar) – donachalari eng yirik. Gormoni – prolaktin – laktayiyada sutning hosil bo‘lishini faollashtiradi, tuxumdondagi sariqlik tanasi faoliyatining davomiyligini oshiradi.
3) Adrenokortikotrop hujayralar – oldingi bo‘lak markazida joylashgan, noto‘g‘ri shaklda, yadrosi bo‘lakli, mitoxondriya, donador endoplazmatik to‘ri ko‘p, donachalari gardishli (chekkasida och gardish bor). Gormoni – oqsilli (AKTG), buyrak usti bezi po‘stlog‘ining tutamli va to‘rsimon zonalari sekretsiyasini stimullaydi.
Xromofob hujayralar – taxminan 60% tashkil etadi, ularning quyidagi turlari farqlanadi.
1) etilmagan, kam ixtisoslashgan kambial hujayralar;
2) etilgan hujayralar, sekret ajratgan, donasiz.
3) follikulyar – yulduzsimon hujayralar, o‘simtalarga ega, to‘r hosil qiladi.
3.2. Adenogipofizning oraliq qismi: kam sonli follikulsimon bo‘shliqlardan iborat, unda oqsilli kolloid bo‘lib, kubsimon epiteliy Bilan qoplangan va bazofil epiteliy hujayrali tasmaga ega. Bu hujayralarda mayda donachalar bo‘lib, ular melanotsitlarni stimullovchi gormon (MSG), lipotrop gormon, hamda AKTG simon peptid sekretsiya qiladi.
3.3. Adenogipofizning tuberal qismi ko‘p miqdorda qon tomirlar saqlab, ular orasida epitelial hujayralar (asosan xromofob) joylashgan, ularning vazifasi to‘liq ma’lum emas.
3.4. Neyrogipofiz: biriktiruvchi to‘qimali stromaga ega, protoplazmatik tipdagi astrotsit hujayralar – pituitsitlardan iborat; tanitsit deb ataluvchi ependima hujayralar bilan qoplangan III miya qorinchasi bilan bog‘langan. Kapillyarlar to‘ri bor, ular gipotalamus neyronlarning aksonlari bilan terminal kengaymalar hosil qiladi (Xerring tangachasi). Bu erga gipotalamusning gormonlari – vazopressin (ADG) va oksitotsinning ajraladi. Pituitsitlar oziqlantirish, tayanch, Xerring tanachalaridan gemokapillyarlarga sekretning (oksitotsin va vazopressin) ajralishini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.
3.5. Adenogipofiz va neyrogipofizning vaskulyarizatsiyasi alohida. YUqori gipofizar arteriya medial tepalikdan birlamchi kapillyarlar to‘rini hosil qiladi, ular birlashib portal (darvoza) venaga aylanadi va oldingi bo‘lakda ikkilamchi kapillyarlar to‘rinihosil qiladi. YA’ni adenogipofizning kapillyarlari ikkita venaning orasida joylashgan (ajoyib to‘r).
4. Epifiz (g‘o‘rraksimon bez).
Taraqqiyoti: oraliq miyaning tomidan hosil bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qimali, bo‘lakchali to‘zilishga ega. Tez qon oqimli mo‘l kapillyarlar to‘riga ega. Bulakchalar parenximasida hujayralar tasmalarining anastomozlari, orolchalar va follikullar ko‘rinadi, ularning orasida kapillyarlar to‘ri bor. Asosiy hujayralari – pinealotsitlar (90%) (neyroendokrin hujayralar), yirik, o‘zun tarmoqlangan o‘simtali, tugmachasimon kengaygan oxirlarga ega, ko‘p sonli mitoxondriyali, Goldji kompleksi, silliq endoplazmatik to‘ri, ribosomalari va polisomalari rivojlangan. Pinealotsitlar bo‘lakchaning markazida joylashgan. Parenximada ko‘p sonli astrotsitlar bo‘lib, bu erda yana tipik neyronlar ham mavjud, ularning aksonlari miya tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Involyusiya belgilari 7 yildan keyin chi to‘qimali pardaga, epifizni bo‘lakchalarga ajratadigan biriktiruvchi to‘qimali tasmalarga ega. Katta tezlikdagi qon oqimiga ega bo‘lgan keng kapillyarlar to‘ri. Asosiy hujayralari — pinealotsitlar (neyroendokrin hujayralar), ular yirik, o‘zun shoxlangan o‘simtalarga ega, ko‘p sonli mitoxondriyali. Pinealotsitlar nisbatan bo‘lakcha markazida joylashadi. Parenxima ko‘p sonli astrotsitlarga ega, bundan tashqari tipik neyronlar ham uchraydi, ularning aksonlari miya tomon yo‘nalgan. 7 yoshdan so‘ng involyusiya belgilari paydo bo‘ladi.
Epifizning neyrogormonlari: melatonin, serotonin, vazototsin, shu gormon gipofizning gonadotrop faoliyatini, tiroliberin, lyuliberin, tirotropin va boshqalarning faoliyatlarni bosib turadi. Sirkad ritm haqida (ichki a’zolarning kun vaqtlariga qarab faoliyatidagi bog‘liqliklar) tushuncha.