29
boshlashida Makedoniyaning betarafligiga erishish edi. Salavkiylarga nisbatan
yuragida adovat o’ti uyg’ongan Filipp V ma’lum yengilliklarga erishish maqsadida
urushda betaraf bo’lishga ko’ngan, hattoki Rim armiyasiga Makedoniya hududidan
o’tishga ruxsat bergan. Bundan tashqari, rimliklarga oziq-ovqat borasida ham
yordam berishga rozi bo’lgan.
Miloddan avvalgi 190- yilda Salavkiylar qo’shinlari Rim tomonidan tor-mor
etilib, uning Kichik Osiyodagi mulklari tortib olingan hamda katta miqdorda tovon
undirilgan. Salavkiylarning mag’lubiyatidang so’ng Rim Makedoniyaga bergan
va’dalaridan voz kechgan. Aldangan Filipp V noiloj qolgan holda o’ziga
yuklatilgan majburiyatlarni ado etishni davom ettirgan.
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, Rim o’z diplomatiyasining
ayyorligi va ishbilarmonligi evaziga ulkan yutuqlarni qo’lga kiritgan. “Divide et
impera” – “bo’lib tashla va hukmronlik qil” qoidasi Rimning asosiy quroli bo’lib
xizmat qilgan..
Dostları ilə paylaş: