46
Vizantiyskiy yozishicha esa bir fors ichi kovak hassada olib kelgan ekan. N. V.
Pigulovskaya fikriga ko’ra, ipak qurtlari so’g’d kengliklaridan olib kelingan”. VI
asr oxirlarida Vizantiyada chetdan keladigan ipakka talab kamayishi natijasida ipak
savdosi ahamiyati ancha tushib ketgan bo’lsada, Turk hoqonligining iqtisodiy
hayotida keyingi asrlarda ham muhim rol o’ynagan.
Savdo karvonlarining Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob,
Talas va Sharqiy Turkiston yerlarini kesib o’tishi ushbu hududlarning iqtisodiy va
madaniy jihatdan yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan. Savdo-sotiqda katta
shuhrat qozongan so’g’dliklar o’zlari yashab turgan o’lkalardan minglab kilometr
uzoq hududlardagi savdo yo’llari atroflarida karvonsaroylar, turar joylar uchun
mo’ljallangan muhtasham imoratlar, ibodatxonalar barpo etganlar va bu orqali
shaharlarning rivojlanishi, yangi shaharlarning bunyod etilishiga ulkan hissa
qo’shganlar.
Buyuk ipak yo’li ahamiyatining ortib borishi turli xalqlar o’rtasidagi
madaniy aloqalarning rivojlanishi, urf-odat va an’analarning o’zaro qorishib
ketishiga olib kelgan. Ayniqsa, VI–VIII asrlarda so’g’dliklarning savdo yo’llari
bo’ylab tarqalishi o’troq dehqonchilik madaniyati va hunarmandchilik turlarining,
diniy an’ana va urf-odatlarning Markaziy Osiyoning shimoli, Janubiy Sibir,
Mo’g’uliston, Shimoliy Xitoy va G’arbda Qrimgacha bo’lgan hududlarda keng
yoyilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.
Dostları ilə paylaş: