41
munosabatlarda anchagina muhim rol o’ynagan. Kirib kelish va ayniqsa dastlabki
qabul marosimida elchining xatti-harakati, muomalasi hamda uni qabul qilayotgan
hukmdorning
yoki
vazirning
javoban
harakatlari
davlatlar
o’rtasidagi
munosabatlarni va ularning xalqaro hayotdagi salmog’ini aks ettirgan.
Yirik davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasida diplomatik
munosabatlarning rivojlanishi bu boradagi yangi nazariyalarni vujudga kelishiga
olib kelgan. Diplomatik huquq asta-sekin rivojlanib borgan. Niderlandiyalik
huquqshunos Baltazar Ayalaning “Urush va harbiy muassasalar huquqi to’g’risida”
(1582), italiyalik huquqshunos Alberiko Djentilining “Elchiliklar haqida” (1585)
deb nomlangan asarlari ham Yevropa diplomatlari uchun haqiqiy qo’llanma bo’lib
xizmat qilgan.
Xalqaro diplomatiya huquqiga oid bilimlarni rivojlantirishda Gugo Grotsiy
(1583–1645) asarlarining ham alohida o’rni bor. Gollandiyalik ushbu mashhur
huquqshunos asarlarining tarixiy ahamiyati shundaki, u absolyut monarxiyalar
o’rtasida urushlar davrida mulk himoyasini nazariy asoslashga va shu bilan birga
urushni huquqiy me’yorlar doirasiga solishga urinib ko’rgan. G. Grotsiyning
“Urush va tinchlik huquqi to’g’risida” (1625) deb nomlangan asari muallifga katta
shuhrat keltirgan. Grotsiy o’z asarida elchilik huquqlariga ham alohida bob
bag’ishlagan. Ushbu bob shunisi bilan qiziqarliki, unda XVII asr boshi oid elchilik
huquqi sohasidagi urf-odatlar tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: