O’rta asrlarda Xitoyning xalqaro aloqalar tizimida tutgan o’rni.
Xan
imperiyasi parchalanib ketgandan so’ng Xitoy hududi bir nechta mayda davlatlarga
bo’linib ketgan. 618- yildagina Shimoliy-G’arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li
Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo’lga
kirigan va Tan sulolasiga asos solgan. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin,
ya’ni 618- yildan 907- yilgacha hukmronlik qilgan. Mamlakatning birlashtirilishi,
xo’jalikning jonlanishi, harbiy qudratning o’sishi Suy va Tan imperiyalarining
siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga yordam bergan edi.
Markaziy Osiyoning ulkan kengliklarida ko’chmanchi qabilalarning ittifoqi
bo’lgan Turk xoqonligining yuzaga kelishi Xitoy yerlariga jiddiy tahdid
47
hisoblangan. Xitoy imperiyasi xali o’ta zaif bo’lganligi sababli Turk xoqonlarining
turli ustunliklarini tan olgan va hatto uzoq muddatga tinchlikni saqlash uchun
o’lpon to’lab turishga rozi bo’lgan.
Shimoliy-sharqda esa siyosat o’zgacha ko’rinish kasb etgan. Bu yerda Suy
imperatorlari Moxe qabilalari va shimoliy koreys davlati Koguryoga qarshi uzoq
davom etgan va unchalik muvaffaqiyatli bo’lmagan urushlarni boshlaganlar.
Asosiy maqsad, Lyaoninni va koreyslar o’sha paytlarda ustunlik qilgan Sariq
dengizga olib boruvchi dengiz yo’llarini qo’lga kiritish edi. Koreyaga qarshi
urushlar deyarli bir asr mobaynida davom etgan.
Imperiya mustahkamlanib borgan sari ilgari turk xoqonlari bilan do’stona
munosabatlarda bo’lgan hukmdorlar qo’shnilariga qarshi urushlar olib borishga
o’tganlar.
VII asrning 30–40- yillarida Xitoy qo’shinlari mo’g’ul dashtlariga va Buyuk
ipak yo’li bo’ylab harbiy yurishlarni amalga oshirgan.
O’rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi turk va tibet
qabilalarining doimiy bosimi, hamda arab istilochilarining tahdidi ostida bo’lgan
xalqlarning
xitoyliklar
bilan
yaqinlashishlariga
sabab
bo’lgan.
Hatto
Sosoniylarning so’nggi podshosi Yozdagir III arab istilochilaridan qochib, Eronni
tark etgan va Xitoydan ko’mak so’ragan. Uning o’g’li va nabirasi o’zlarini Tan
davlatining vassallari deb tan olganlar.
VII asrda Tibetda dastlabki davlat vujudga kelgan va uning podshosi
Sronszangbo o’zining katta qo’shini bilan Hitoyga yurish boshlagan. 641- yilda
Sronszangbo va Xitoy imperatori Li Shamin o’rtasida tinchlik bitimi tuzilgan.
Tibet hukmdori o’zini Xitoy vassali deb tan olgan.
Endigina asos solingan Lxasaga ham xitoylik amaldorlar, savdogarlar va
harbiylar kirib kela boshlagan. Xitoy va Hindiston bilan aloqalarda Lxasa hududiy
jihatdan muhim ahamiyat kasb etardi. 641- yilda Shimoliy Hindiston hukmdori
Xarsha Xitoyga elchilik yuborgan va tuhfalar bilan etib kelgan ushbu elchilik
Chan’an saroylarida izzat bilan kutib olingan. Ikki yildan so’ng Li Shamin javob
elchiligini jo’natgan. Ushbu elchilik ishtirokchisi, o’qimishli buddist, saroy
48
gvardiyasi boshlig’i Van Syuanse Lxasada imperator vakili sifatida qoldirilgan. U
647- yilda yana bir bor Hindistonga safar qilganda Xarsha vorisi Arudjinaning
qo’shini elchilarga hujum qilgan. Van Syuanse, Tibetga qaytib kelib, tibetliklar,
xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo’shin to’plagan va Gang
bo’ylab yurish qilgan. Arudjina mag’lub etilib, asirlar qatori Chan’anga
jo’natilgan. Ushbu voqeadan keyin shimoliy-sharqiy Hindiston zodagonlari, Tan
imperiyasi bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xitoyga sovg’alar
sifatida otlar, qurollar, qimmatbaho buyumlarni yuborganlar. Ikki mamlakat
o’rtasida savdo aloqalari o’rnatilgan. Van Syuanse elchiliklar tarkibida yana ikki
marotaba Hindistonga safar qilgan. 668- yilda Hind elchiligi Xitoydan harbiy
yordam so’ragan. Keyinroq Tibet orqali olib boradigan yo’l uzilib qolgan va ikki
mamlakat o’rtasidagi aloqalar Birma va dengiz orqali davom etgan.
907- yildan Tan imperiyasi inqirozga yuz tutgach, bir necha o’n yilliklar
davomida Xitoyda to’la tarqoqlik hukm surgan. 960- yilda Sun sulolasi hokimiyati
ostida Xitoy qaytadan birlashtirgan. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi.
Sun imperiyasi Tan imperiyasi singari kuchli bo’lmagan. Turk, mo’g’ul
qabilalari va G’arbdagi boshqa ko’chmanchi qabilalar Sun imperiyasi
chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turganlar. Sun imperatorlari
uyg’urlar, tangutlar va kidanlarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’lgan. Biroq,
bu mamlakatlarni Xitoyga bo’ysundira olmaganlar. Shunga qaramasdan, Sun
sulolasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari qaytadan mustahkamlangan. O’rta
Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bilangina emas, balki Koreya, Yaponiya va
Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo aloqalari olib borilgan.
. XII asrda Sun sulolasining ahvoli og’irlashgan. 1127- yildan boshlab
Sunlar faqat Janubiy Xitoyni o’z nazorati ostida ushlab turganlar, xolos. Shimoliy
Xitoy chjurchjenlarning Szin deb atalgan yangi bir katta davlati tarkibiga kirgan.
XIII asr boshlarida Shimoliy Xitoy mo’g’ullar tomonidan bosib olingan. Faqat
janubiy Xitoydan iborat bo’lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o’shanda ham
hamma viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279- yilgacha, ya’ni
49
Chingizxonning nabirasi Xubilay zabt etmaguncha umr ko’rgan. Xubilay yangi
mo’g’ul sulolasiga asos solib, bu sulola xitoycha Yuan deb nomlangan.
XIII
asrning 50–60- yillarida butun mamlakatda mo’g’ul istilochilariga
qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. 1368- yilda qo’zg’olonchi dehqon armiyasining
rahbarlaridan biri bo’lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e’lon qilinib, Min
sulolasi hukmronligi boshlangan. Ushbu sulola Xitoyni 1368- yildan to 1644-
yilgacha idora qilgan.
XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet,
V’yetnam, Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib
borgan. Ushbu mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan.
Ayniqsa, 1403–1433- yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi yettita
dengiz ekspeditsiyalarining ko’lami katta bo’lgan. Min hukumati elchiliklar
almashish vositasida Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi
mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta’minlashga uringan.
XVI asrda Min sulolasi mo’g’ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga
qilgan hujumlarini bir necha bor qaytargan. 1570- yilda tuzilgan uzoq muddatli
tinchlik bitimidan so’ng bosqinlar to’xtatilgan. Tinchlik shartnomalari xonlar va
imperatorlar o’rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan, biroq ular doim Xitoy
uchun manfaatsiz bo’lgan. Mo’g’ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul
qildirganlarki, bunday savdo Xitoyga faqat zarar yetkazgan. Xitoyliklar qimmat
mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga,
chorva mollarini esa ularning haqiqiy qiymatiga ko’ra yuqoriroq narxlarda harid
qilishga majbur bo’lganlar.
Min imperiyasi ayrim davlatlar bilan tinch savdo aloqalariga ega bo’lgan.
Xitoy hunarmandlarining mahorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan
anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |