O’ttiz yillik urushdan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar.
O’ttiz
yillik urush tugagandan keyingi xalqaro munosabatlarda avvalo uchta eng muhim
voqea ro’y berdi. Birinchidan, Angliyada burjua inqilobi g’alaba qilgandan so’ng
xalqaro ijtimoiy-siyosiy tizimlari turlicha bo’lgan ikki xil gruppa, ya’ni burjua
davlatlari (Angliya va Gollandiya) hamda feodal (dvoryan) davlatlari bir-biriga
ta’sir
ko’rsatmokda
edi.
Bu
ziddiyat
Yevropadagi
xalqaro
ahvolni
murakkablashtirib yubordi. To’g’ri, feodal monarxiyalar koalitsiyasining
Angliyaga qarshi intervensiyasi, ya’ni ingliz inqilobi yillarida zo’r berib
propaganda qilingan va tayyorlangan oshkora intervensiya amalga oshmadi, chunki
qit’adagi buyuk davlatlar o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar,
shuningdek bu davdatlarning ichki ijtimoiy siyosiy qiyinchiliklari, ayniqsa
Fransiyadagi Fronda bu intervensiyani amalga oshirishga imkon bermadi. Buning
ustiga, Angliya, ya’ni burjua Angliyasi o’zining birinchi urushini qandaydir
dvoryan monarxiyalariga emas, balki boshqa bir burjua respublikasiga
Gollandiyaga qarshi olib bormoqda edi. Buning boisi shu ediki, ikki yosh burjua
davlati ham dengizlarda hukmronlik qilishga intilardi, ular birinchi galda Yevropa
qit’asida gegemonlik qilishga emas, balki jahon savdo yo’llarida bepoyon okean
kengliklarida uzoq joydardagi xalqlar va mamlakatlarning bozorlarida gegemonlik
qilishga qiziqardi. Lekin bu ikki burjua davlati o’rtasidagi raqobat sal vaqt o’tmay
yo’qoldi, chunki Gollandiya kuchsizlik qildi va xalqaro siyosatda Angliyaning
ikkinchi darajali sherigi bo’lib qatnashishga majbur bo’ldi. 1688- yildan boshlab
Angliya bilan Gollandiya o’rtasida ittifoq vujudga keldi, chunki Gollandiya qiroli
Vil’gel’m III Angliya hukmdori bo’lib qolgan edi. Aksincha, burjua Angliya,
Gollandiya davlatlari guruhi bilan qit’adagi feodal monarxiyalarning boshlig’i
bo’lgan Fransiya o’rtasidagi ziddiyat to’xtovsiz kuchayib bordi. Bu esa xalqaro
58
munosabatlar sohasida ikki ijtimoiy-iqtisodiy tizim raqobatining namoyon bo’lishi
edi. Bularning birinchisi burjua ijtimoiy- iqtisodiy tizim to’xtovsiz mustahkamlab
va kuchayib bormoqda edi, ikkinchisi, feodal tizim esa o’z ustunligini barcha
vositalar bilan muhofaza etuvchi taraflaridan tortib to harbiy tajovuzkorlikkacha
o’z ichiga olgan vositalar bilan zo’r berib himoya qilmoqda edi. Sharqiy Yevropa
qudratli davlat – feodal Rossiya monarxiyasi Yevropa davlatlari tizimiga faol kuch
sifatida qo’shilgan vaqtdan boshlab bu tizim tushunchasining o’zi xiyla kengaydi.
Rossiya XVII asrdayoq Yevropadagi O’ttiz yillik urushning borishiga ta’sir
ko’rsatganidan so’ng uning roli juda ham ko’zga ko’rindi. XVII asrning 30-yillari
o’rtalaridan boshlab rus hukumatining asosiy diqqat e’tibori janubda Qrim
tatarlariga qarshi kuchli mudofaa liniyasi vujudga keltirishga qaratilgan edi, lekin
XVIII asr 40- yillari oxirlariga kelib Rossiya yana Yevropadagi xalqaro
munosabatlarning qudratli omili sifatida maydonga chiqdi.
Mustahkamlanib borayotgan rus davlatining tashqi siyosiy vazifasi asosan,
shimoliy-G’arbda va janubda siqib qo’yayotgan va xuddi qamal holatidagiday tutib
kelayotgan uchta davlatga, ya’ni Shvetsiya, Pol’sha va Turkiyaga qarshi kurash
olib borishdan iborat edi. Bu uch davlatning biri o’tmishda boshqa ba’zi xalqlarni,
o’lkalarni bosib olgan ko’p millatli davlat edi. Shunday qilib, Rossiyaning
hukmron sinfi o’z territoriyasini kengaytirish uchun Shvetsiyaga, Pol’sha va
Turkiyaga qarshi olib borgan kurashi o’rinli kurash edi, chunki bu kurash rusdan
zo’rlik bilan tortib olingan territoriyalarni qayta qo’lga kiritish uchun olib borgan
urush edi. Ammo, Shvetsiya va Turkiyaga qarshi kurash Rossiyaning Boltiq
dengiziga va Qora dengizga chiqishi uchun, dengiz orqali bo’ladigan jahon
savdosida va umum Yevropa siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo’lish uchun olib borilgan kurashi edi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya bilan Turkiya bosqinchilik va
tajovuzkorlik siyosati olib borganliklari uchun sharqiy Yevropadagi xalqaro ahvol
juda ham jiddiylashib ketgan edi. Ilgari Boltiq dengizining qariyb butun sohilini
bosib olgan Shvetsiya endi sohilning ichkarisidagi territoriyalarni, ya’ni Boltiq
dengizi orqali olib boriladigan savdo uchun qishloq xo’jalik mollari yetkazib
59
beruvchi Rossiya va Pol’sha bilan kuch sinashardi. Shvetsiyaning bosqinchilik
siyosati uning Boltiqbo’yida hukmronlik qilishi uchun olib borilayotgan
kurashning davomi edi, mahsulotlarni sotish orqali g’oyat katta boylik orttirish
uchun imkon beradigan kuch edi. Shved dvoryanlari va savdogarlari zo’r berib bu
maqsadga erishish uchun intilar va o’z hukumatini ig’vogarlik va bosqinchilikka
qaratilgan tashqi siyosat yurgizishga undardilar. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy
Yevropada Turkiyaning bosqinchiligi qayta boshlandi. Turkiya bilan Eron
o’rtasidagi bir qancha urushlar natijasida Turkiyaning Yevropadagi agressiyasi
XVII asr boshlaridayoq to’xtatilgan edi. Lekin, XVII asrning 60- yillarida Eron –
Turkiya antagonizmi susayishi bilan Usmoniylar imperiyasi yana o’zining
Yevropadagi yer-mulklarini kengaytirishga tushdi. So’l qirg’oq Ukrainani Moskva
davlatiga qo’shgan Xmelnitskiy rahbarligida Rech Pospolitiya o’rtasida 1654-
yilda urush boshlandi, rus qo’shinlari Pol’shaga zafar bilan kirib bordi. Lekin,
o’sha vaqtda Rossiyaning “ittifoqchisi” Shvetsiya shoshib-pishib polyaklar
yerlarini shimoldan bosib olishga kirishdi. Natijada Rossiya Shvetsiyaga qarshi
urush boshladi va shved qo’shinlarini Boltiq sohiliga siqib qo’ygandan keyingina
yana Pol’shaga qarshi urushni davom ettira oldi.
1667- yildagi Indrusovoda tuzilgan yarash ahdiga binoan, So’l qirg’oq
Ukraina rasman Rossiyaga qo’shib olindi. Lekin, o’sha vaqtda Turkiya janubdan
o’ng qirg’oq Ukrainaga bostirib kirishga shoshilmoqda edi. Moskva tashqi
siyosatiga endi Turkiya xavfini harbiy vositalar bilan ham, diplomatik vositalar
bilan ham daf etishga to’g’ri keldi.
Shunday qilib, Sharqiy Yevropadagi xalqaro ziddiyatlar butun Yevropa
davlatlari tizimiga Yevropadagi barcha xalqaro munosabatlar bobidagi butun
ahvolga chuqur ta’sir ko’rsatmay qola olmas edi. Uchinchidan, 30 yillik urushdan
so’ng harbiy feodal monarxiyalarining o’z orasida kuchlarning joylashuvi xiyla
darajada o’zgardi. XVII asrning birinchi yarmida Avstriya va Ispaniya
Gabsburglari G’arbiy Yevropaning xalqaro hayotida gegemonlik qilgan bo’lsa,
XVII asrning ikkinchi yarmida bu gegemonlik, shubhasiz Lyudovik XIV (1643–
1715) Burbon saroyiga o’tdi. Gabsburglar siyosati millat manfaatlariga qarshi
60
katoliklar “universalizm” tendensiyalari bilan bog’langan edi. Ammo “O’ttiz yillik
urush”da Gabsburglar batamom tor-mor etilgani yo’q edi va xalqaro kuch bo’lib
qolaverdi. XVII asr 60- yillarida Lyudovik XIV monarxiyasining ichki ahvoli shu
qadar mustahkamlandiki, u kurashni yangidan boshlashi imkonini berdi. Lekin,
kurashning mazmuni o’zgardi.
XIV asr o’rtalarigacha Gabsburglar bilan olib borilgan urush asosan, milliy
mudofaa xarakteridagi urush edi. Lyudovik XIV olib borgan urush keyinchalik
bosqinchilik urushiga aylanib bordi. U Yevropa imperiyasini vujudga keltirish,
dastavval G’arbiy Germaniyani egallash orzusida edi. Pireniya sulhini tuzishdayoq
Mazarini bu sulhnomada Fransiyani kelajakda Ispaniya taxtini da’vo qilish uchun
bahona qilgan edi. Ispaniya qirolining qizi va vorisi Mariya Tereza Lyudovik XIV
ga tegdi. U Ispaniya taxtini egallashi mumkin edi. Ispaniya bunga yo’l qo’ymaslik
uchun Pireniya sulhi tekstiga Mariya Terezaning o’zi va zurriyodining Ispaniya
taxtini da’vo qilish huquqlaridan voz kechish kerak degan modda kiritilishini talab
qildi. Mazarini bunga rozi bo’ldi. Lekin Mariya Tereza buning evaziga 500 ming
ekyu oltin pul to’lashi kerak dedi. Mazarini bu pulni Ispaniya to’lay olmasligini
bilar edi. Ammo bu pul to’lanmasa, Mariya Terezaning voz kechishi bekor qilinar
edi yoki to’lanmagan pul badaliga Fransiya Ispaniyaning muayyan hududini talab
qilishi mumkin edi. Mazarinining diplomatik tuguni yarim asrdan so’ng yechildi.
Belgilangan pul haqiqatdan ham to’lanmadi.
Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665- yilda vafot etdi, Fransiya o’z merosini
janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildi, Ispaniya uni rad qildi. Natijada
1667- yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush “Devolyusiya urushi”
yoki “Vorislik urushi” deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi
yo’qligi tufayli himoyasiz deb o’yladi, Ispaniya ularga qo’shin yetkazib berolmas
edi. Fransuzlarning 1667- yildagi boji og’ir bo’lib, Gollandlarning savdo ishlariga
putur yetkazgan edi. Bundan g’azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan
qo’shni bo’lishdan qo’rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib
olinishiga yo’l qo’ymaslikka ahd qildilar. Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya
qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib, ular talablariga rozi bo’ldilar. 1665–
61
1667- yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib
borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668- yilda Karl II ni o’z yo’lini
o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi.
Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin
Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko’ra, Ispaniyaning hamma
mustamlakalari Angliyaga o’tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi
kurashda kechagina ittifoqchi bo’lgan Gollandiya, Shvetsiya, Angliya, Ispaniya
bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik
jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya
ustiga qilgan yurishlar keskin bo’lsa-da, Lyudovik V bir yildan so’ng 1668-
yildayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi. Axen sulhiga
ko’ra, Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini o’zida saqlab qola
oldi.
1672- yilda eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi
fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga hujum qildi. Olib
bo’lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi
qurilgan golland qal’alari olindi. Fransuz qo’shinlari Gollandiyaning ichiga
bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko’rdi, to’g’onlar
buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur
bo’ldi. Lekin Vil’gel’mning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari
Fransiyaning bir qism qo’shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu
qo’shinlar Germaniyada hamma joyni xarob qildi. Shunday qilib, xalqaro vaziyat
Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679- yilda
Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha
shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi fransuz tilida yozilgan shartnoma bo’ldi.
Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiya, butun G’arbiy
Germaniya, uning toj-taxtiga da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli
mushkul edi, u ikki tomonlama savdo: Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686-
yilda asosan, Gollandiya shtatgalteri Vil’gel’m III Oranskiyning diplomatik
faolligi tufayli Augsburg ligasi vujudga keldi. Fransiyaga qarshi mamlakatlar va
62
papa Innokentiy XI homiyligida Fransiyaning keyingi vaqtlarda qiladigan har
qanday territorial da’volarga qarshi mudofaa ittifoqi tuzdilar. Lyudovik XIV
Risvik sulhini tuzib, Ispaniya merosidan katta ulush olishni mo’ljallangan edi.
Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zurriyodi yo’q edi. Merosxo’rlar: Mariya Tereza
bilan Lyudovik XIV ning o’g’li, Margarita Terezaning eri Leopold I va
Bavariyaning go’dak shahzodasi Leopold II edi. Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi
bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o’lkalarini uchta merosxo’r o’rtasida
do’stona taqsimlash haqida Ispaniyani aralashtirmay Ausburg ittifoqi a’zolari bilan
1698-yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq, 1696- yilda yuqoridagi til
biriktirishga muvofiq, Ispaniya taxtiga chiqishi lozim bo’lgan Bavariya shahzodasi
to’satdan vafot etdi. Imperator Leopold II o’zining Ispaniya merosiga doir
huquqlarini o’z o’g’li gersog Karlga berishni e’lon qildi.
Shu orada Ispaniya qiroli Karl II saroyida ikki guruh kishilar: Avstriya va
Fransiya tarafdorlari o’rtasida kurash borayotgan edi. Fransiya tarafdorlarining
Karl II ga ta’siri katta edi. Ular Ispan hukmdorlarini pora berib, sotib olish yo’li
bilan g’alaba qozondi. Karl II Ispan va Fransuz saltanatini birlashtirmaslik sharti
bilan o’z qo’li ostida hamma o’lkalarni Fransiyadagi merosxo’riga Lyudovik XIX
ning ikkinchi nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi.
Sal o’tmay Lyudovik XIV siyosati Yevropada yangi urush bo’lishini
muqarrar kilib qo’ydi. Filipp Anjuyskiy 1701- yilning boshlarida Ispaniyaga
kelishi va Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e’lon qilingani bilan
cheklanmay, Lyudovik Ispan va Fransuz yerlarini birlashtirmasligi to’g’risidagi
shartga mutlaqo rioya qilmoqchi emas edi. U endi “General yo’q” deb da’vo qilib,
Filipp II ning Fransuz taxtiga merosxo’rligini rasmiy hujjat bilan tasdiqladi. U
Ispaniya o’lkalarini Filipp V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bilan
gollandlarning Ispaniyada “savdo-sotiq imtiyozlari” berilishi haqidagi talablari
Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi. 1701- yilda Vil’gel’m II vafot etib,
Lyudovik XIV Risvik sulhidan tan olgan majburiyatlarini buzib, Yakov II ning
o’g’lini Angliya qiroli deb tan oldi. Angliya va Gollandiya, Angliyaning yangi
qirolichasi Anna ham Fransiyaga urush ochishdan o’zga iloji yo’qligini tan oldi.
63
1701- yilda imperator Leopld I ning Lyudovik XIV ga qarshi urush
boshlashga, bosib olingan yerlarini qaytarib olish va yangi istilolarning oldini
olishga harakat qilish uchun hech nima xalaqit bermas edi. Fransuz qo’shinlarining
Milan gersogligini bosib olishga to’sqinlik qilish maqsadida Leopold I rasmiy
ravishda urush e’lon qilmasdan oldinroq 1701- yilda Italiyaga qo’shin yubordi.
1702- yil mayda Angliyaga va Gollandiyadan so’ng Leopold I ham
Fransiyaga urush e’lon qildi. Ersgersog Karl 1702- yilda ingliz flotining
himoyasida Portugaliyaga keldi va o’zini Ispaniya qiroli Karl III deb e’lon qildi va
Madridda turgan qirol Filipp V ga qarshi urush boshladi. Ispaniya merosi uchun
olib borilgan urush ayni bir vaqtda to’rtta jang maydonida: Italiyada, Ispaniyada,
G’arbiy Germaniyada va Niderlandiyada olib borilmoqda edi. Urushning birinchi
davri (1702–1704) Fransiya uchun qulay bo’ldi. Mahoratli lashkarboshilar
qo’mondonligidagi fransuz armiyalari Niderlandiya va Reyn viloyatida mudofaa
janglarini olib bordilar.
Lekin, 1705-yilda Fransiyaning nechog’lik holdan ketganligi ayon bo’ldi. U
o’z dushmanlariga so’nggi zarbani berolmadi, chunki Fransiyaning mablag’lari
tugagan edi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushning ikkinchi davri 1705- yildan
boshlandi. Bu davrda Fransiya tobora ko’p harbiy omadsizliklarga va
mag’lubiyatlarga uchradi. 1706- yilda fransuz qo’shinlari Niderlandiyadan, 1707-
yilda Milan gersogligidan yengildi, natijada Italiya ham Ispaniya qirolining
hukmronligidan butunlay qutulib, imperator va inglizlar qo’l ostida o’tdi. G’arbiy
Germaniyada hamma narsa qo’ldan ketgan edi. Dushmanlar shimol va janubdan
Fransiyaga bostirib kirdi. Lyudovik XIV taslim bo’lish lozimligini sezsada, uni tan
olgisi kelmadi. Lekin, 1710- yildan boshlab Angliyaning siyosatida keskin burilish
yuz berdi, shu sababli o’sha vaqtda Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush
tarixida uchinchi davr boshlandi. Ba’zi ingliz tarixchilari bu burilishning sababi
juda ochiqdan-ochiq boyib olgan gersog Malboroning ingliz burjuaziyasi orasida
obro’yi qolmaganligidir deydilar. Yo’q, unday emas, buning bir qancha sabablari
bor. Jumladan: Pyotr I ning Poltava yonida Karl XII ustidan qozongan g’alabasi
64
(1709) va Shimoliy Sharqiy Yevropadagi kuchlar nisbatining o’zgarganligi asosiy
sababdir. 1711- yilda imperator Iosif I vafot etdi, uning vorisi bo’lmagani uchun
taxt Leopold I ning ikkinchi o’g’li Karlga topshirildi.
Angliya va Fransiya o’rtasida dastlabki sulh shartlari 1712- yil oktyabrda
imzolandi. 1713- yilda Utrextdagi sulh kongressi Fransiya va Ispaniya o’rtasida,
ikkinchidan Fransiya, Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya va Portugaliya
o’rtasida Utrext shartnomasining tuzilishiga olib keldi. Filipp V ning Ispaniya va
okean ortidagi mustamlakalariga hukmronlik qilish huquqi tan olindi, imperator
Karl VI esa buning evaziga ilgarigi Ispaniya Niderlandiyasini va Ispaniyaning
Italiyadagi sobiq o’lkalarini olishi kerak edi. Shunday qilib, Avstriya Gabsburglari
Yevropadagi o’z kuchlarini ancha ko’paytirdilar. Utrext sulhiga ko’ra, go’yo
Angliya juda oz narsa olgandek tuyulsa-da, lekin bu sulh aslida Angliya
mustamlakachi imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. U Gibraltarni va O’rta
dengizdagi Meorka orolini, Shimoliy Amerikada muhim ahamiyatli territoriyalarni
Nyufaundlendini, Muqaddas Lavrentiy daryosining quyilish joyini, Akadiyani,
Fransiya Kanadasini qo’lga kiritdi, Ispaniya va uning Amerikadagi mustamlakalari
bilan savdo-sotiqda alohida huquqlarga ega bo’ldi. Gollandiya amalda hech narsa
olmadi va shartnomadan so’ng uchinchi darajali davlat holatiga tushib qoldi.
1712- yildayoq Angliyaning Gaagadagi vakili Shvetsiyaning vayron
qilinishiga va shimoliy davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga
Angliyaning yo’l qo’ymasligini rus elchisiga rasmiy ravishda bildirdi. Lekin, Pyotr
I Shimoliy Yevropada o’z ta’sirini tez oshirib borib, u Shvetsiyaga tobora
yangidan-yangi zarbalar berdi. Rus floti Gangut yonida shved floti ustidan g’alaba
qozonganidan keyin (1714) Boltiqbo’yida hukmron kuch bo’lib qoldi. Pyotr I
Angliya qiroli Georg I ning Boltiq dengizidagi munosabatlarini ko’rib, 1717- yilda
o’zining fransuzlarga qarshi kayfiyatini o’zgartirib yubordi. “Yevropada umumiy
tinchlikni saqlash uchun” Fransiya, Rossiya va Prussiya o’rtasida Amsterdamda
shartnoma tuzildi.
Ammo Pyotr I ning diplomatik va harbiy muvaffaqiyatlari Angliyaning
Pyotr I ga qarshi harakat qilish istagini kuchaytirdi. 1719- yilda Angliya qiroli o’z
65
navbatida Gannover kurfyursti ham edi, shu sababli Rossiyaga qarshi Shvetsiya
bilan ittifoq tuzdi. Ingliz floti Boltiq dengiziga kirdi. Daniya bilan Prussiya
Rossiyaga xiyonat qildi, endi Angliya bilan bir oz inoqlashayotgan Fransiya ham
zimmasidagi majburiyatlaridan bosh tortdi. Ingliz diplomatiyasining Shimoliy-
Sharqiy Yevropadagi yangi vaziyatni va Rossiya Boltiqda birinchi darajali
davlatga aylanganini tan olish zarurligiga qat’iy ishonch hosil qilmog’i uchun
Rossiya yangi harbiy muvaffaqiyatlarga erishmog’i kerak edi. 1721- yilda
Shimoliy urush Nishtdat sulhi bilan tugadi va Rossiya bosib olgan hududlariga ega
bo’lib qoldi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush va shimoliy urush Yevropa
davlatlarining kuchi nisbatida katta o’zgarishlarga olib keldi. Fransiya sharqiy
Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mahrum bo’ldi. Shvetsiya qisqa davr
qudratli davlat bo’lib turib, keyin ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O’ttiz
yillik urushda o’z maqsadlariga erisha olmagan Avstriya Gabsburglari yana
kuchaydi va o’zlarining Yevropadagi yerlarini kengaytirdi. Germaniyada kuchli
Prussiya qirolligi vujudga keldi. Gollandiya, Pol’sha va Turkiya Yevropadagi
xalqaro hayotda faol rol o’ynamaydigan bo’lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |