Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Shimoliy urush tamom bo’lishidan buyuk Fransiya burjua inqilobi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Shimoliy urush tamom bo’lishidan buyuk Fransiya burjua inqilobi 
boshlanguncha o’tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar.
XVIII asrda 
Rossiya qudratining oshishi Yevropadagi butun xalqaro vaziyatning o’zgarishiga 
olib keldi. Rossiya Boltiq dengizi bilan Tinch okean o’rtasidagi territoriyalarni o’z 
ichiga olgan g’oyat katta imperiyaga aylandi. Yevropa tarixida bunday imperiya 
hali tuzilmagan edi.
Rossiya juda katta o’lkalarga ega bo’lishga qaramay, uning hududi tobora 
kengayib bormoqda edi. Rossiyaning G’arb bilan, shuningdek, Eron bilan 
kattagina savdo sotiq aloqalari bor edi. Hukmron pomeshchiklar sinfi bilan rus 
savdogarlari savdo yo’llarini mustahkamlab borishga, chegaralarni strategiya 
jihatdan mustahkam joylardan o’tkazishga va Rossiyaning territoriyasini tobora 
kengaytirib va xalqaro ta’sirini oshirib borishga intilardi. Shimolda Rossiya oldida 
Boltiqdagi pozitsiyalarni mustahkam himoya qilish vazifasi turar edi. Pyotr I ning 


66 
g’alabalaridan keyin Shvetsiya Yevropaning shimolida juda kuchli davlat 
bo’lmasada, poytaxtga Shvetsiya tomonidan tahdid qilish xavfi mavjud edi.
Rossiyaning Pol’shadagi ta’sirini kuchaytirish masalasi ruslarning G’arbdagi 
siyosatida muhim o’rin tutardi. Janubdagi vazifa – Azovni ishg’ol etish, Qora 
dengizda savdo qilish huquqini qo’lga kiritish, Turkiyaga qarshi yana kurash olib 
borishdan iborat edi.
Mustamlakalar uchun va Yevropa qit’asida ta’sir kursatish uchun Angliya va 
Fransiya manfaatlari to’qnashadigan joy dengizorti mamlakatlari edi. Bu 
mamlakatlar Kanada va Ost-Indiya bo’lib, Kanadani fransuzlar XVII asrdayoq 
bosib olgan edi. Ost-Indiya territoriyasida esa ingliz va fransuz istilochilari qattiq 
kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yevropadagi ayrim hududlar 
uchun ham keskin ziddiyatlar bor edi. Angliya hukumati Fransiyaning Avstriya 
Niderlandiyasini va uning eng muhim qal’asi Antverpenni egallab olishga yo’l 
qo’ymaslikka intilar edi. Antverpenning fransuzlar qo’lida bo’lishi Angliya uchun 
xavf tug’dirishi mumkin edi. Antverpen fransuzlar qo’lida bo’lsa, Britaniya 
flotining kuchlari Yevropada band bo’lib, Angliyaning mustamlakachilik 
agressiyasi 
muvaffaqiyatli 
avj 
olmasdi. 
Mudofaa 
maqsadida 
emas, 
mustamlakalarni talash maqsadida Angliya burjuaziyasi va aristokratiyasi 
Niderlandiyani Fransiyaning ta’siri ostida bo’lishga yo’l qo’yishni istamasdi. Shu 
maqsadga erishish uchun Angliya burjuaziyasi Yevropada Fransiyaning 
quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga kirishdi.
Angliya hukumati 1713- yilda Ispaniya merosi uchun bo’lgan urushdan 
so’ng Niderlandiyaning Avstriyaga berilishiga erishgach, XVIII asrning birinchi 
yarmida Avstriya gabsburglarini, ya’ni Fransiya raqiblarini qo’llab keldi. Angliya 
Gollandiyaga ta’sir ko’rsatish uchun Fransiyaga qarshi kurashdi. Gannover 
siyosatini murakkablashtirib yubordi. Fransiyaning Gannoverni bosib olish 
mumkinligi Fransiyaga qarshi kurashish uchun Angliyaning ittifoqchilar orttirish 
ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Angliya o’zining savdo va mustamlakalaridan 
kelgan foyda orqali Fransiyaga qarshi birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi.


67 
Angliyaning boshqa bir dushmani Ispaniya esa Gibraltar bo’g’ozi va 
Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi. 
Ingliz burjuaziyasi Ispaniya mustamlakalarida savdo huquqiga erishmoqchi va 
Ispanlarning Shimoliy Amerikadagi yerlarini egallab olmoqchi edi. Angliyaga 
qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining 
Ispaniya taxtiga o’tirishi ham bunga yordam berdi.
XVIII asrning birinchi yarmida Ispaniya bilan Fransiya Avstriya 
Gabsburglarining ashaddiy dushmanlari edi. Gabsburglarga qarshi kurashda 
Shvetsiya va Turkiyadan Fransiya o’z ittifoqchilari sifatida foydalanishga intildi. 
Fransiyaning urinishi Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi sifatida noqulay 
ahvolda qoldi. Gabsburglarga qarshi qaratilgan “Sharqiy g’ov” degan mash’um 
tizim uzoq vaqtgacha Fransiyani Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi deb hisoblab 
keldi. Ispaniya Italiyadagi o’lkalari uchun Gabsburglarga qarshi kurash olib bordi. 
Ispaniya Burbonlari Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin Avstriya 
Gabsburglarining qo’lida qolgan ulkan Sitsiliya qirolligining o’z qo’llariga 
o’tishini talab qildilar. Italiyadagi bu davlatning Ispaniya Burbonlari qo’liga o’tishi 
Ispaniyaning O’rta dengizdagi mavqeini mustahkamladi va Angliyaga qarshi 
kurashishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin 1733- yilda Pol’sha 
tufayli birinchi katta xalqaro janjal boshlandi. Shlyaxta Pol’shasi juda ham 
zaiflashib qolgan edi.
XVI asrdayoq shlyaxta Pol’shani G’arbiy Yevropa uchun g’alla yetkazib 
beruvchi mamlakatga aylantirib, Niderlandiya ingliz va nemis mollarining bojsiz 
keltirilish uchun chegaralarni keng ochib bergan edi. Bu hol polyak sanoatini 
bo’g’di, burjuaziyaning rivojiga yo’l bermadi. Shaharlarning pul bilan yordam 
bermasligi qirol hokimiyatining mustahkamlashiga yo’l qo’ymadi. Qirol 
hokimiyatining moliyaviy imkoniyatini ham, armiyasi ham juda zaif edi. Polyak 
magnatlarining va shlyaxtaning tashqi siyosati ham mamlakatning inqirozga yuz 
tutishiga sabab bo’ldi.


68 
XVI–XVIII asrlarda pol’yak magnatlari va shlyaxta sharkdan shiddatli 
agressiya olib bordi, u bir necha davlat qirollari bilan til biriktirib ish ko’rdi. 
Bunday halokatli siyosat pol’yak xalqining manfaatlariga zid kelib, Pol’shaning 
G’arbdagi o’z yerlarini qaytib olishga xalal berdi. XVIII asrda Pol’sha shu qadar 
zaiflashgan ediki, kuchli davlat, ya’ni Rossiyaga qarshi davlatlar Pol’shadan 
istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin edi. Pol’shani o’z vassaliga aylantirishga 
va uning taxtiga o’z odami Stanislav Leshchinskiyni o’tkazishga uringan Karl XII 
ning qo’shinlari Pol’shani strategik nuqtalarini egallashga muvaffaq bo’lgan edi. 
Avstriyaning eng xavfli dushmani Prussiya edi. Prussiyaning bosqinchilik siyosati 
qirol Fridrix II zamonida juda ham avj olib ketdi. Prussiyaning tashqi siyosati 
qo’shni davlatlarga nisbatan hiyla ishlatishga va o’z ittifoqchilariga nisbatan 
hayosizlik bilan xiyonat qilishga asoslangandi. Fridrix II o’zining nihoyatda 
surbetligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 1740- yilda Karl VI vafot etgach, 
uning o’rniga Mariya Tereza o’tirdi. Fridrix II hukmronligining birinchi yilidayoq 
urush e’lon qilmay turib, Avstriyaning eng boy va sanoat jihatdan taraqqiy etgan 
viloyati Sileziyani bosib oldi. Prussiya tomonidan bosib olingan yerlarga o’xshash 
Sileziya ham polyaklarning qadimiy yeri edi.
Bavariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi 
Avstriya qo’lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog’lagandi. Avstriyaning 
dushmanlari uni zaiflashtirish maqsadida Bavariya kyurfyurstining imperator qilib 
saylanishga va Chexiyaning Bavariyaga qo’shib olinishiga erishmoqchi edi. 
Kyurfyurst Saksonskiy va Pol’sha qiroli Avgust III Fridrix II ning ta’siriga berildi. 
U Rossiya va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani bosib 
olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga qatnashdi. Ispaniya ham 
Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo’shildi.
1763- yilda Avgust III Saksonskiy vafotidan so’ng Pol’shaga yangi qirol 
saylanishi kerak edi. Yangi qirol saylash hamisha shunday bir holga olib kelardiki, 
qo’shni davlatlar Pol’sha taxtiga o’zlariga yoqadigan nomzodning o’ltirishi uchun 
kurashardilar. Fransiya bilan Avstriya yangi qirolni o’z siyosatining quroliga 
aylantirish umidida yana Saksonskiy xonadonidan nomzodlar ko’rsatishdi. 


69 
Yekaterina boshqacha reja tutdi. Pol’sha taxtiga Yekatirina o’zining sobiq mahbubi 
Stanislav Ponyatovskiyning o’tirishni ta’minlasga intildi, u eski Pol’sha 
qirollarining Giestlar xonadoniga mansub edi. Yekaterina bu nomzodni taxtga 
o’tqazish yolg’iz o’ziga qiyin bo’lishini anglab, o’z rejasining muvaffaqiyatli 
amalga oshishini ta’minlash uchun Prussiya bilan inoqlasha boshladi.
1764- yilda Fridrix II bilan Yekaterina o’rtasida Pol’sha ishlariga umumiy 
aralashish zamirida ittifoq tuzildi. Rossiya Turkiyaga yordam berish majburiyatini 
o’z zimmasiga oldi. Fridrix II esa Rossiya–Fransiya munosabatlarining 
keskinlashuvidan o’zining Yevropadagi ahvolini yaxshilash uchun foydalandi.
Rossiyaning tazyiqi natijasida Stanislav Ponyatovskiy Pol’sha qiroli qilib 
saylandi. 1767-yili esa dissidentlarning huquqini katoliklar huquqi bilan 
tenglashtirish haqida qonun chiqarildi. Pol’shani tobora zaiflashtirish, uning 
Rossiyaga qaramligini kuchaytirish maqsadida Yekaterina Pol’sha bilan shartnoma 
tuzdi. Shuni aytish lozimki, dastlab Yekaterina Pol’shada qirol hokimiyatining bir 
muncha kuchayishiga erishmoqchi va shu tariqa mustahkamlangan Pol’shadan 
Turkiyaga qarshi o’zining ittifoqchisi va vassali sifatida foydalanmoqchi bo’ldi. 
Lekin Fridrix II pol’yaklarning vatanparvarlik intilishlariga dushmanlik 
pozitsiyasida bo’lib, u Pol’sha bilan Rossiyaning inoqlashishidan qo’rqib, 
Pol’shada reforma o’tkazmasligini talab qildi.
Fridrixga yon berib Yekaterina polyaklarga reforma o’tkazishga ruxsat 
bermadi, bu hol pol’yaklarni ruslarga qarshi qattiq g’azablantirdi.
XVIII asrning 60-yillarida o’z zamonining eng katta diplomatlaridan biri 
bo’lgan Nikita Ivanovich Panin Yekaterinaning eng yaqin yordamchisi edi. U 
yekaterina bilan birga rus siyosatining shimoliy tizimi degan tizimni ishlab chikdi.
“Shimoliy Tizim” “Yettiyillik urush”ning oxirlarida ro’y bergan 
ziddiyatlarning kuchayishidan kelib chiqqan muqarrar natija edi. Bu tizim 
“janubiy” davlatlarning – Fransiya, Avstriya va Turkiyaning Rossiyaga 
dushmanligi sababli vujudga kelgan bo’lib, uning mohiyati “shimoliy davlatlar” 
bilan, birinchi navbatda Prussiya va Daniya bilan inoqlashishdan iborat edi. 
yekatirina bilan Panin janubda o’z mayliga ish ko’rib, “shimoliy davlatlar”ning 


70 
qo’llashidan foydalanib, Rossiyaning Pol’sha va Yaqin Sharkdagi ta’sirini 
mustahkamlash niyatida edi. Yekatirina II Prussiya bilan ittifoq tuzishdan tashkari 
Daniya bilan ham ittifoq tuzdi (1765) va Angliya bilan savdo shartnomasini tuzdi. 
(1766) Bularning hammasi Rossiyaning xalqaro ahvolini yaxshilash uchun qilindi.
Rus diplomatiyasining Pol’shadagi yutuqlari Fransiya bilan Avstriyani 
Rossiyaga qarshi ish ko’rishga sabab bo’ldi. Natijada 1768-yilda Turkiya 
Rossiyaga hujum qildi. Urush boshlanib ketdi, bu urushda Turkiya batamom 
mag’lubiyatga uchradi va fransuz diplomatiyasining hamma rejalari barbod bo’ldi. 
Turkiyaning mag’lubiyatga uchraganligi butun Yevropaga ma’lum bo’ldi.
Yekatirina II Rossiya dvoryanlari imperiyasining Qora dengizga chiqishini, 
rus pomeshchiklari va savdogarlarning harbiy savdo-sotiq maqsadida Qora 
dengizda suzish erkinligiga, dengizdan boshqa dengiz va okean yo’llariga 
chiqishni ta’minlab bermoqchi edi. Qora dengiz bo’yidagi dashtlarni o’zlashtirib 
bo’lmasdi, chunki Qrim tatarlarining bosqinlari va Turkiyaning doimiy xavf solib 
turishi bu serhosil erlarni egallash imkonini bermasdi.
Lyudovik XV va Mariya-Terezaning Turkiyadan kutgan umidlari puchga 
chiqdi, rus qo’shinlari va floti Turkiyaga zarba berdi. Arxipelag yonida rus floti 
turk flotini mag’lubiyatga uchratdi (1770). Turkiyaning dengiz kuchlariga barxam 
berildi. Rossiya quruqlikda, Dunay knyazligi va Zakavkazeda ulkan g’alabalarga 
erishdi.
O’sha vaqtda graf P. A. Rumyansev Rus harbiy mahoratini o’stirishda juda 
katta rol o’ynadi, u rus otliq askarlarini qayta tuzish va piyoda askarlar harakatida 
kolonna-kolonna bo’lib yurishdan iborat jangovor tartibni va yoyilib saf tortishni 
birinchi bo’lib qo’lladi. Rumyansevning asosiy strategik maqsadi dushman 
armiyasini yo’q qilishdan iborat deb hisoblardi, bu maqsadga u ustalik bilan ya’ni 
tashabbusni ko’lga olish va dushman qo’shinlarini bo’lak bo’lak qilib tor-mor etish 
orqali erishishga intilardi.
Pol’shani taqsimlashni boshlovchi Prussiya edi. Lekin XIX asrda Vena 
kongressidan keyin Pol’shaning asosiy o’lkalari Rossiya imperiyasi asoratiga 


71 
tushib qolgach, pol’yak va ayniqsa, prus publitsistlari, Pol’shani taqsimlash 
Peterburgda ishlab chiqilgan degan fikrlarni bildirgan edilar.
Pol’shani birinchi taqsimlashda (1772) Fridrix II Pol’shaning dengiz bo’yini 
bosib oldi. U olgan yerlar Avstriya va Rossiya olgan yerlardan kam, biroq 
ahamiyati jihatdan yuqori edi. Fridrix II sharqiy Prussiyani boshqa hududlari bilan 
butun qilib birlashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Rossiyaga Belorussiyaning bir 
qismi – eng katta, lekin aholisi eng kam qismi berildi. Avstriyaga berilgan qismida 
esa aholisining soni kam, iqtisodiy rivojlanishi past edi.
Pol’shaning birinchi parchalab yuborilishi Pol’sha davlatining Prussiya, 
Rossiya va Avstriya tomonidan batamom yo’q qilinishining boshlanishi edi.
1772-yilgi taqsimlashni yakunlashda shuni aytish lozimki. Rech 
Pospoliyataning qolgan butun hududi Rossiya imperiyasi ta’siriga o’tdi.
1768 – 1772-yillardagi Rossiya – Turkiya urushi Turkiyani taqsimlashni 
umum Yevropa miqyosidagi masalaga aylantirdi. 1774-yili Kuchuk-qaynarjada 
Rossiya bilan Turkiya o’rtasida sulh tuzildi. Rossiya Qora dengiz bug’ozlarida 
savdo kemalarining yurish huquqiga ega bo’ldi, Azov va Kerchni oldi. Turkiya 
Qrimni mustaqilligini tan oldi, pravoslav cherkovini ta’qib qilmaslikni o’z 
zimmasiga oldi. Bu sulh Rossiyaning tashqi syyosat sohasida erishgan juda katta 
yutug’i edi.
1787-yili Rossiya – Fransiya savdo shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga 
muvofiq Marselda rus tovarlari eng og’ir bojlardan xalos bo’ldi, fransuzlar ham 
imtiyozga ega bo’ldilar.
Fransiyada burjua inqilobi yetilib kelayotgan vaqtda, Yevropaning 
markazida Avstriya bilan Prussiyaning kurashi davom etmoqda edi. 1778-yil 
Kurfyurst Bavarskiy vafotidan keyin, Iosif II Gabsburg Bavariyani Avstriyaning 
meros mulklariga qo’shib olish maqsadida, bosib olishga urindi, ammo u 
Prussiyaning qarshiligiga uchradi. Meros uchun janjal boshlandi, vositachi Rossiya 
bu janjaldan foydalandi. Diplomatlarning Teshindagi kongressida (1779) u 
Avstriyaning Bavariyadan voz kechishga majbur qildi, Vestfaliya shartnomasiga 


72 
ko’ra Rossiya german davlatlari o’rtasidagi janjallarga aralashish huquqiga ega 
bo’ldi. Ruslarning ta’siri butun Germaniyaga yoyildi.
1784-yili Avstriya yana mag’lubiyatga uchradi, imperator Iosif II 
Gollandiyadan 
Shelda 
daryosining 
quyilish 
joyida, 
ya’ni 
Avstriya 
niderlandiyasining asosiy savdo yo’lini Belgiya savdosi uchun ochib qo’yishni 
talab kildi. Shelda daryosining quyilish joylari XVII asrdan boshlab, Belgiya 
savdosi uchun yopib qo’yilgan edi. Bu Belgiyadagi viloyatlarning iqtisodiy 
rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Fransiyaning yordami bilan gollandlar Iosif II dan 
10 mln. florin pul to’lab qutuldilar, bundan 4,5 florinini fransuz saroyi to’ladi.
Iosif II bu mag’lubiyatidan keyin o’zining qolgan o’lkalaridan uzoqda 
bo’lgan zaif Niderlandiya viloyatlaridagi hukmronligini mustahkamlashdan 
umidini uzib, Avstriya Niderlandiyasini Bavariyaga almashtirmoqchi bo’ldi. 
Fridrix II bu maxfiy rejani bilib qoldi va 1786-yili Avstriyaga qarshi Shimoliy 
Germaniya bilan O’rta Germaniyaning “knyazlar ittifoqini” tuzdi. Iosif II 
chekinishga majbur bo’ldi. Ittifoq tarqaldi.
1772-yilda Iosif II bilan Yekatirina II Usmon imperiyasini taqsimlab olish 
fikriga keldilar. 1781-yilda ular Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzdilar. Iosif II 
Serbiyani bosib olish va Avstriyaning Adriatika dengiziga chiqishga erishish 
niyatida edi Avstriya bilan ittifoq tuzilishi Rossiyaning sharqda keskin hujumga 
o’tishi imkonini berdi. 1783-yildayoq Qrim qo’shib olindi va Gruziya ustidan rus 
protektorati o’rnatildi.
Usmon imperiyasida rus va avstriys savdogarlarining huquqlari fransuz 
savdogarlarining huquqlari bilan tenglashtirildi. Qora dengiz bo’yining, shu 
jumladan, Turkiya hukmronligi zamonida Rossiyani vayron qiluvchi bosqinlar 
kilib turgan qrim tatarlarning tayanchi bo’lib kelgan Qrimning Rossiyaga qo’shib 
olinishi, Rossiya janubida ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlantirishga imkon 
yaratdi.
Qurolli betaraflik ittifoqining vujudga kelishi, Rossiyaning faol siyosat 
yurgizishi va Pol’shaga va yaqin sharqqa ta’sir o’tkazish
 
sohasida erishgan 
muvaffaqiyatlari Angliya – Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab 


73 
bo’ldi. Uilyam Pitt Rossiyaga qarshi Usmon imperiyasini qo’llab-quvvatlay 
boshladi. 1788-yili tuzilgan Angliya – Prussiya – Gollandiya ittifoqi 
Yekaterinaning tashqi siyosatiga qarshilik ko’rsatdi. Yekaterina “Uch davlat 
ittifoqi”ga qarshi to’rt davlat koalitsiyasini ya’ni (Fransiya, Ispaniya, Rossiya, 
Avstriya) ittifoqini tuzmoqchi bo’ldi. Ammo bunga erisha olmadi.
Angliya, Prussiya va Pol’shani gij-gijlayotgan Turkiya 1787-yili Rossiya 
tomonidan siqib qo’yilgandi. Vengriyada va Belgiyada unga qarshi qo’zg’olon 
ko’tarilishi xavfi bor edi. O’z raqibidan qasdini olish uchun qulay fursat poylab 
turgan Prussiya hujum kilib qolishi mumkin edi.
1788-yili Avstriya qo’shinlari turklar tomonidan tor-mor keltirildi. 
Sarosimaga tushib, qochish vaqtida kechasi imperatorning o’z soldatlari tomonidan 
o’ldirilishiga sal qoldi. 1788-yil 3-iyunda ruslarning F. F. Ushakov rahbarligidagi 
Qora dengiz floti Feodosiya yonida turk flotini yengdi. Ushakov Ochakov qal’asini 
uzoq vaqt qamal qilib, 1788-yilning dekabrida ishg’ol qildi. 1789-yilning 23 
sentyabrida esa buyuk sarkarda A.V.Suvorov boshchiligida Rimpik daryosi yonida 
Turk armiyasini tor-mor qildilar.
Natijada rus harbiy san’ati Yevropada birinchi o’ringa ko’tarildi. “Yettiyillik 
urush” vaqtida rus armiyasi Prus armiyasidan ustunligini isbot qildi. O’z tarkibi 
jihatidan milliy armiya bo’lgan rus armiyasi qariyib uchdan bir qismi yollanma 
askarlardan tuzilgan Prus qo’shinlaridan farq qilardi hamda Avstriya va Fransiya 
qo’shinlaridan ancha ustun turardi. Suvorov manevr va shiddatli urushga ahamiyat 
berardi. Suvorovning ajoyib sarkardalik talanti 1787 – 1791-yillardagi Rossiya-
Turkiya urushida ravnaq topdi va rus diplomatiyasining muvaffaqiyatlariga muhim 
omil bo’ldi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin