Nazorat uchun savollar:
1. “Devon-ar-risolat”ning vazifalari haqida ma’lumot bering?
2. Arab diplomatiyasida nima uchun chet davlatlariga ikki nafar elchi
yuborilgan?
3. Buyuk Karl va Xorun ar-Rashid o’rtasida elchilik aloqalari haqida
nimalarni bilasiz?
4. Saljuqiy turklar va Xitoy o’rtasidagi elchilik munosabatlari nimadan
iborat?
5. O’rta asrlar diplomatiyasida savdoning o’rni haqida aytib bering?
6. Abul Fazl Bayhaqiy o’zining esdaliklarida Arab xalifaligidagi elchilik
munosabatlari haqida qanday fikrlar bildirgan?
7. Nizomumulkning “Siyosatnoma” asarida elchi va uning faoliyati haqida
so’zlab bering?
8. Arab diplomatiyasida “Delegatsiyalar yili” qaysi yilni o’z ichiga oladi?
53
9. Qaysi Usmoniylar sultoni Fransiya bilan Gabsburglar imperiyasiga qarshi
ittifoq tuzgan?
XVII – XVIII ASRLARDA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning
keskinlashuvi.
2. “O’ttiz yillik urush”dan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar.
3. Shimoliy urush tamom bo’lishidan to buyuk Fransiya burjua inqilobi
boshlanguncha o’tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar.
Tayanch so’z va iboralar:
Fransuz tili.
“O’ttiz yillik urush”. Yevangeliya
uniyasi. Katoliklar ligasi. Vestfaliya sulhi. Pireniya sulhi. Kyurfiristlar. Ispan
merosi. Shimoliy urush. “Vorislik urushi”. Pyotr I. Yekatirina II. Nikita Ivanovich
Panin. Rossiya – Turkiya urushi.
XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning
keskinlashuvi.
XVII asrning xususiyati uning ilk yangi davrning qoq markazida
bo’lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini
hosil qilgan davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, XIV asrning merosiga
tayanardi, ikkinchi tomondan, ushbu siyosatning kelgusi asrdagi rivojlanishini
ma’lum darajada belgilab berardi. Ushbu davrda diplomatiyaning tutgan o’rni
yanada ahamiyatli bo’lib bordi, diplomatik xizmataing oyoqqa turishi va
takomillashishi ro’y bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy
tiliga aylangan. XVII asrda paydo bo’lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy
va diniy kurashda, demak xalqaro munosabatlarda ham, keng foydalanilgan.
Bundan tashqari, diniy omilning xalqaro munosabatlar holatiga ta’sir ko’rsatishi
davom etgan. XVII asrning o’rtalarigacha davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi
va harbiy to’qnashuvlarning yuzaga kelishi asosan diniy tamoyillar negizida ro’y
54
berardi. Ko’p hollarda xristian dinidagi turii konfessiyalar (yo’nalishlar va
oqimlar)ning vakillari prinsipial raqiblar sifatida namoyon bo’lgan. Bu esa
Yevropa mamlakatlarini o’zaro qarama-qarshiligiga olib kelgan.
Qudratli buyuk davlat – Usrnoniylar imperiyasi xalqaro munosabatlarning
yana bir omili edi. Ulkan harbiy va moddiy kuchga ega bo’igan Istanbul
Yevropada yuzaga kelayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tnuhim rol o’ynagan.
Yevropa davlatlari Usmoniylarga qarshi ittifoqlar tuzish yo’lidan borishgan,
garchand imperiyaga yaqin joylashgan mamlakatlar tinchlikni saqlashga moyillik
bildirsa ham.
Kuchlar muvozanatini saqlash g’oyasi xalqaro munosabatlar tizimida
belgilovchi tamoyillardan biriga aylangan. Yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar
alohida ahamiyatga ega edi. Ushbu davlatlar o’zlarining atrofiga o’rta va kichik
mamiakatlarni jalb etib, turii ittifoqlar tuzishardi. Shu tarzda ko’plab mamlakatlar
diplomalik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad, birorta davlatning boshqa
davlat evaziga haddan tashqari kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va mavjud
vaziyatni saqlash edi.
Tashqi siyosatning asosiy ko’rinishlaridan biri bu – davlatlar tomonidan olib
boriladigan urushlar edi. Xalqaro nizolarni keltirib chiqaradigan sabablar orasida
chegara mojarolari, sulolaviy da’volar, savdo monopoliyasi uchun kurash va
boshqalami ko’rsatish mumkin. Uzoqqa cho’ziladigan tavsifga ega bo’lgan harbiy
operatsiyalarning ko’lami kengayib bordi. Bu esa asosan yollanma askarlardan
iborat doimiy armiyalarning mavjud bo’lishini talab qilardi.
“O’ttiz yillik urush” (1618–1648- yy.) XVII asrdagi xalqaro hayotning eng
yirik voqeasi bo’ldi. Bu urush umumyevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning
girdobiga ko’plab mamlakatlar tortilib ketdi.
“O’ttiz yillik urush”ning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash ayj
oldi. XVII asr boshida kontrreformatsiyaning hujumi kuchayib bordi. Protestantlar
tomonidan erishgan mavqelarini birin-ketin yo’qotib borishi nafaqat umumgerman,
balki xalqaro ta’sirga ega edi. Germaniyada diniy-siyosiy vaziyatning
55
keskinlashuvida Yevropa davlatlari orasidagi murakkab o’zaro bog’liklar va
ziddiyatlar katta rol o’ynadi.
1608–1609- yillarda bu yerda nemis knyazlarining, konfessional (diniy)
negizdagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi: Yevangeliya uniyasi (Injilchilar
ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq ham xorijiy davlatlarning ko’magini oldi.
Natijada Germaniyadagi har qanday harbiy to’qnashuv, davlatlar orasidagi
keskinlashgan munosabatlar sharoitida, xalqaro nizoga aylanib ketishi mumkin edi.
Aynan shunday holat “O’ttiz yillik urush”ning boshida ro’y berdi va Germaniya
harbiy harakatlar maydoniga aylandi.
G’arbiy Yevropaning siyosiy hayotidagi asosiy to’qnashuvi – bu Ispaniya va
Avstriya Gabsburglari ittifoqining Fransiya bilan qaytadan boshlanib ketgan
kurashi edi. Ikkala kuch ham qit’aning ushbu qismida uslivorlikga da’vogarlik
qilardi. Chexiyadagi iokal nizodan boshlangan urush Shimoliy Germaniyaga
yoyildi, keyinchalik esa Markaziy Yevropaning ulkan hududlarini qamrab oldi.
Yevropa mamlakatlarining muayyan tnanfaatlari urushning turli bosqichlarida
ularning qatnashuvini belgilab berdi. “O’ttiz yillik urush” to’rtta davrdan iborat:
“Chexiya davri” (1618–1629- yy.), “Daniya davri” (1625–1629- yy.), “Shvedlar
davri” (1630–1635- yy.) va “Fransuz-shvedlar davri” (1635–1648- yy.). Dastlabki
uch davrda Gabsburglarning qo’li baland keldi. Oxirgisida esa imperiya va uning
ittifoqchilari mag’lub etildilar.
Kurashayotgan tomonlarning tinkasi quridi, asosiy harbiy harakatlar olib
borilgan Germaniyada aholi xonavayron etildi. Natijada armiyalarning ta’minotini
amalga oshirish imkonsiz bo’lib qoldi. Qolaversa, urushayotgan mamlakatlarning
o’zida ijtimoiy vaziyat keskinlashib bordi. Urushni to’xtatish zaruriyati yuzaga
keldi.
1638- yilning o’zidayoq Rim papasi va Daniya qiroli urushni to’xtatishga
da’vat etishdi. Ikki yildan so’ng Regensburgdagi German reyxstagi tinchlik
muzokaralarini boshlash g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Biroq, sulhni diplomatik
tarzda tayyoriashga kechroq kirishildi. Faqatgina 1644- yilda Myunsterda tinchlik
kongressi ochildi; bu yerda imperator va Fransiya o’rtasida muzokaralar olib
56
borildi. 1645- yilda Vestfaliyaning Osnabryuk shahrida esa shved-german
munosabatlari muzokaralar orqali muhokama qilindi.
1648- yil 24- oktyabrda Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik
shartnomalari nafaqat ushbu o’ttiz yiilikka, balki reformatsion kuchlari va ularning
raqiblari o’rtasidagi qarama-qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulhida
Yevropada hududiy o’zgarishlar masalalari hal etilgan edi. Bundan tashqari,
Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning hududlaridagi din masalasi,
Gollandiya va Shveytsariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan
tasdiqlanishi ham sulhida o’z aksini topdi. Tinchlik Yevropa davlatlari tartibiga va
Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o’zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar
natijasida tuzildi.
Hududiy jihatdan hammadan ko’proq Shvetsiya foyda ko’rdi. Bundan
tashqari, Shvetsiya katta pul to’lovini qoiga kiritdi va o’zining xalqaro mavqeini
oshirdi. Shvetsiya Boltiqda hukmronlik qilish maqsadiga erishdi va Yevropaning
buyuk davlatiga aylandi.
Fransiya ham o’ziga kerakli siyosiy natijaga erishdi – Germaniya
imperiyasining siyosiy mavqei zaiflashdi va uning hududiy tarqoqligi saqlanib
qolindi. Hududlarga ega bo’lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan
nisbatan oz yerlarni qoiga kiritdi.
Vestfaliya sulhi (1648- yil, 24- oktyabr’) Germaniyaning siyosiy tarqoqligini
ikki yuz yilga mustahkamladi. Nemis knyazlari o’zaro ittifoqlar va xorijiy davlatlar
bilan shartnomalar tuzish huquqini qo’lga kiritishdi. Bu esa ularning suverenligini
ta’minladi. Vestfaliya sulhidan so’ng imperiyaning o’zi, rasman saylanadigan
monarx va doimiy reyxstaglari mavjud davlatlar ittifoqi bo’lib qolib, amalda
“imperiya mansabdorlarning” quramasiga aylandi. Katolitsizm va lyuteranlik bilan
bir qatorda kalvinizm ham imperiyada rasmiy din maqomini oldi. Vestfaliya sulhi
natijasida Ispaniya urushlarining bir qismini yakunladi, xolos: Fransiyaga qarshi
harbiy harakatlar davom ettirildi. Ular orasidagi tinchlik faqatgina 1659- yilda
tuzildi. Gabsburglarning Yevropadagi ustuvorligiga Vestfaliya sulhi barham berdi.
Yagona xristian imperiyasini barpo etish g’oyasi, hamda Ispaniyaning katolik
57
zo’ravonligi puchga chiqdi. Shunday bo’lsa ham, Avstriya imperiyasining o’zi
urushda mag’lubiyatga uchramadi, nemis knyazlari esa (ham katoliklari, ham
protestaritlari) o’zlning to’la suverenligida mustahkamianishdi. Vestfaliya sulhi,
Yevropada kuchlarning yangi nisbatini o’rnatib, ikki yirik tarixiy davrning
chegarasiga ayiandi.
Dostları ilə paylaş: |