44
otryadi, oziq-ovqat, yotoqxona va kiyim-kechaklar bilan ta’minlangan. Elchidan
bir vaqtning o’zida mohir ayg’oqchi bo’lish ham talab etilgan. Elchi o’z tashrifi
chog’ida tashrif buyurgan mamlakatning tabiiy sharoiti, daryolari, soylari, ko’llari,
tog’ va adirlari, qo’shin soni, uning harbiy intizomi, saroydagi muhitning sog’lom
yoki nosog’lom ekani, shahzodalarning o’zaro munosabatlari, nizolari,
ziyofatlarning tashkil etilishi sifati, hukmdorning shaxsiy qusur va fazilatlari,
bilimli yoki savodsizligi haqida ham yetarli darajada ma’lumot to’plashi shart edi.
Bularning barchasidan ko’rinib turibdiki, Vizantiya va Sosoniylar Eroni
diplomatiyasi an’analari Sharqda yanada gullab yashnadi. G’arb mamlakatlari va
Qurdoba xalifaligi o’rtasida o’rnatilgan ko’plab aloqalar, salib yurishlari davomida
bo’lib o’tgan to’qnashuvlar va muzokaralar orqali Sharqning ta’siri orqada qolgan
va madaniyatsizroq bo’lgan G’arbga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Frank
tarixchilarining asarlarida Buyuk Karl (768–814) va Bag’dod xalifasi Xorun ar-
Rashid (786–809) o’rtasida elchilik aloqalari, o’zaro xat yozishmalari, bir-biriga
yuborgan tuhfalar haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Biroq Sharq tarixchilari
asarlarida Buyuk Karl huzuriga yuborilgan elchiliklar haqida hech qanday
ma’lumotlar uchramaydi. Shunday bo’lsada, Sharqdan Franklar davlatiga
savdogarlar, ayniqsa yahudiylar tez-tez o’zlari bilan noyob mollar olib borganlar.
Bir kuni keltirilgan fil shunchalik katta shov-shuvga sababchi bo’lganki, frank
solnomalarida uning vafot etgan yili qayd etilgan. Balki Sharq savdogarlarining
ushbu tashriflari xalifa yuborgan elchiliklar to’g’risidagi afsonaga zamin
yaratgandir.
Xalifalik Sharq va G’arbning barcha mamlakatlari bilan savdo aloqalariga
ega bo’lgan. Arab savdogarlari Hindiston, Indoneziya, Xitoyga dengiz orqali
ko’plab safarlarni amalga oshirganlar va bu yerlarda musulmon savdogarlarining
yirik faktoriyalari (savdo-sotiq manzilgohlari) paydo bo’lgan. Qizg’in savdo
aloqalari shimoliy mamlakatlar bilan ham yo’lga qo’yilgan. Arab savdogarlari o’z
mollarini Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillarigacha yetkazib borganlar.
Dostları ilə paylaş: