Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Ilk o’rta asrlar Vizantiya diplomatiyasidagi umumiy sifatlar nimadan 
iborat edi?
2. Strasburg qasami haqida ma’lumot bering! 
3. Papa nunsiylarining faoliyati nimadan iborat bo’lgan? 
4. Papaning o’rta asrlar davridagi elchilarni qabul qilish tartibi haqida aytib 
bering? 
5. Vizantiya diplomatiyasida elchining vakolatlari haqida ma’lumot bering? 
6. Feodal tarqoqlik davridagi Yevropa diplomatiyasining o’ziga xosligi 
nimada edi? 
 
O’RTA ASRLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. O’rta asrlar ital’yan diplomatiyasi. 
2. O’rta asrlar fransuz diplomatiyasi. 
3. XV–XVI asrlarda diplomatik tartiblar va diplomatiyaga oid bilimlarining 
rivojlanishi.
 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: 
Genuya. Venetsiya. Florensiya. Bayyulo. Dante. 
Petrarka. Bokachcho. Makiavelli. Yuz-yillik urush. Eduard III. Lyudovik XI–
“Zamonaviy diplomatiyaning otasi”. Levant savdo yo’li. Alberiko Jentelini. 
Baltazar Ayala. Gugo Grotsiy. 
 
O’rta asrlar italyan diplomatiyasi.
XI–XIII asrlarda Yevropa va Sharq 
mamlakatlari o’rtasidagi ko’p qirrali aloqalar kengayib, mustahkamlanib borgan. 


37 
Salib yurishlari bilan birga Genuya, Piza, Venetsiya, Florensiya kabi ital’yan 
respublikalarining savdo faoliyati hamda Vizantiyaning vositachilik roli bunday 
aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 
Ayniqsa, Italiya shahar-davlatlari diplomatiya va xalqaro munosabatlarning 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ko’plab zamonaviy tadqiqotchilar Italiyani 
zamonaviy diplomatiyaning vatani deb hisoblaydilar.
Italiya shahar-davlatlari qolgan Yevropa davlatlariga nisbatan yertaroq rivoj 
topgan bo’lishiga qaramasdan, ushbu mamlakat tarqoq bo’lib qolavergan. 
Venetsiya, Genuya, Milan, Florensiya kabi shaharlar haqiqiy siyosiy markazlarga 
aylangan bo’lsalarda, ularning birortasi ham Italiyani birlashtiradigan darajada 
kuchli emasdi. Mamalakatni birlashtirishdan uning markazida joylashgan Papa 
davlati ham manfaatdor emasdi.
Yaqin Sharq va Yevropa o’rtasidagi savdo-sotiqda asosiy vositachi 
hisoblangan Italiya shaharlari qo’shni davlatlar hamda Sharq mamlakatlarida o’z 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida konsullik xizmatlarini yo’lga qo’yganlar. 
Quddus qirolligi davrida salib yurishlarida homiylik qilgan italyan shaharlari 
savdogarlariga katta imtiyozlar berilgan. Bundan tashqari, salibchilar egallagan 
joylardan Venetsiya, Genuya, Piza kabi shahar-davlatlarga koloniyalar ajratib 
berilgan. Ushbu koloniyalar keng vakolatlarga ega bo’lgan vikontlar tomonidan 
boshqarilgan. XII asr oxirida Quddus qirolligi hududidagi barcha Venetsiya 
koloniyalarini boshqaruvchi “bayyulo” lavozimi joriy etilgan bo’lsa, Genuya 
koloniyalarini ikki nafar konsul boshqargan. Piza koloniyalarini boshqarish uchun 
esa uch nafar konsul tayinlangan. Bu kabi amaldorlar poytahtdagi hashamatli 
saroylarda istiqomat qilganlar. Italiya shahar-davlatlarining manfaatlari Papa 
tomonidan ham himoya qilingan. Salibchilar haydab chiqarilgunga qadar Levant 
savdo yo’li italiyaliklarga behisob foyda keltirgan. Konstantinopol turklar 
tomonidan istilo etilgandan keyin ham Venetsiya Kichik Osiyodagi koloniyalarini 
saqlab qolishga erishgan. Turk sultoni saroyida bayyulo lavozimida Venetsiyaning 
doimiy vakili faoliyat olib borgan.


38 
Italiya shahar davlatlari orasida Florensiya, hattoki xorijiy mamlakatlar 
uchun diplomatlar yetkazib bergan. Butun dunyoga mashhur florensiyalik 
diplomatlar qatorida Dante, Petrarka, Bokachcho, Makiavelli va Gvichchardinini 
ko’rsatib o’tish mumkin. Milan gersogligiga boshchilik qilgan Franchesko Sforsa 
yoki Venetsiya doji Enriko Dandolo ham yorqin diplomatlar bo’lishgan. 
Venetsiya esa alohida diplomatlari bilan emas, balki butun bir diplomatik 
xizmatning tashkil etilishi bilan tavsiflanadiki, bunday holat Venetsiyani butun 
jahon uchun “diplomatiya maktabi”, “diplomatiya ustaxonasi"ga aylantirgan. 
Venetsiyaliklar diplomatiya oid bilimlarni Vizantiyadan o’rganganlar, biroq ularni 
yangi bilimlar bilan boyitib, yanada yuksakroq bosqichga ko’tara olganlar. 
Italiya diplomatik usullari Yevropada shakllanib borayotgan absolyut 
monarxiyalarning diplomatiyasiga juda kuchii ta’sir ko’rsatgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin