34
franklar qiroli va papa o’rtasidagi aloqalar mustahkamlangan. O’zaro elchiliklar
tashkil etish bilan birga Vizantiya saroyiga qo’shma elchilik yuborilgan. Papa
hokimiyati amalda franklar qirolligiga qaram bo’lib qolgan.
Papalik tashqi aloqalarda yerkin bo’lmagan va franklar hukmdorlaridan
“maslahat” so’rashga majbur bo’lgan. Bunday qaramlik Buyuk Karl (768 – 814-
yy.) davrida yanada kuchaygan. Pap hokimiyatining
markaziy muassasasi
hisoblangan “kuriya”ni idora etishda, diniy mansabdorlarni tayinlashda papadan
ko’ra Karlning roli katta bo’lgan. Falastindagi “muqaddas joylar”
ham Karlning
vasiyligiga o’tgan. Karlga toj kiydirish marosimida, itoat belgisi sifatida Quddus
patriarxi unga “Iso payg’ambar qabri”
ning kalitlarini, Quddus shahrining
bayroqlari va kalitlariga qo’shib topshirgan.
Franklar davlati parchalangandan keyin papa hokimiyati German
imperatorlariga qaram bo’lib qolgan. XI–XII asrlarga
kelib cherkovning mavqei
kuchaygan. Bunda salib yurishlari ham muhim rol o’ynagan. Papa Grigoriy VII
(1073–1085- yy) va Innokentiy III (1198–1216- yy)lar davrida cherkov
Yevropadagi xalqaro munosabatlarda yetakchilikni o’z qo’liga
olishga muvaffaq
bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: