204
1972-yil yanvarda AQSh prezidenti R.Nikson boshchiligidagi hukumat
V’yetnamda urushni tugatish va tenglikni tiklash shartnomasini imzoladi. bu
V’yetnam xalqining bosqinchilar ustidan to’liq g’alabasini anglatdi.
Ushbu
shartnoma davlatni birlashishiga yo’l ochdi. 1975-yil aprelda V’yetnam qurolli
kuchlari va Janubiy V’yetnam vatanparvarlari Janubiy V’yetnam poytaxti –
Saygonni qo’lga kiritishdi. Bu voqea V’yetnam xalqining mustaqillik va davlatni
birlashtirish uchun harakatining tugaganligini bildirardi.
Urushdan keyingi vaqtda eng muhim masalalardan biri Yaqin Sharqdagi
savol bo’lib qoldi. Masala markazida urushdan so’ng boshlangan Yaqin Sharqda
mustaqil Falastin davlatini tuzish qiyinchiliklari turardi. Bu masalani Britaniya
imperiyasiga tegishli hududlarda 2 mustaqil davlat – Yevropa va Falastin davlatini
tuzish bilan yechilmoqchi edi. Isroil boshchiligida yevrey davlati 1949-yilda
tashkil topib, bu huquq falastinliklarga berilmagan edi. Yaqin Sharqdagi urushdan
keyingi tarixi Falastin xalqining milliy davlat mustaqilligi
uchun kurashi bilan
o’tdi. Bu masalaning yechilmasligi bir necha arab-isroil urushlariga olib keldi.
Eng muhimi 1967-yildagi urush natijasida Isroil katta hududlarni Falastinda
(Iordan daryosi G’arbiy qirg’og’i va G’oza sektori) va qo’shni davlatlar – Suriya
va Misrni falastinliklar tomonidan kurashgani uchun bosib oldi. Faqatgina 90-
yillarda Falastin xalqining Falastin ozodlik tashkiloti boshchiligida kurashganda
Isroil hukumati falastinliklarga antonomiya berishga rozi bo’ldi. Ammo Yaqin
Sharqdagi muammo chigalligicha qoldi.
Uchinchi dunyo davlatlarining siyosiy faolligi xalqaro munosabatlar tizimida
qudratli asos bo’lib xizmat qildi. 1967-yildagi Isroil va arab davlatlari orasidagi
urush Yaqin Sharqda BMTning rolini susaytirdi. Izma-iz kelgan Dominikan
Respublikasi
Yaqin Sharqdagi, Chexoslovakiyadagi inqirozlar, V’yetnam va
Shimoldagi urushlar, Nigeriyadagi fuqarolik urushi davlatlarning bir-biri bilan
kelishmasligini ko’rsatardi. Bu sharoitda qo’shilish harakatiga qo’shilmaslik katta
ahamiyat kasb etgan. Xalqaro birlashgan davlatlarning tashqi siyosatdagi asosiy
prinsipi qudratli davlatlarning harbiy-siyosiy ittifoqlariga qo’shilmaslik edi. 25
davlatlarning oliy darajadagi 1-konferensiyasi 1961-yil
sentyabr oyining boshida
205
Belgradda Yugoslaviya, Hindiston, Misr, Indoneziya va Gana tashabbusi bilan
chaqirilgan edi. Ikki o’n yillik davomida tartib va geografik harakatlar kengayib
bordi. Natijada 1983-yilda ularning a’zolari 101 taga yetdi. Dunyo davlatlarining
2/3 qismini birlashtirdi. qo’shilmaslik harakati
dunyo siyosatida tinchlikni
mustahkamlash va davlatlar orasida qo’shnichilik munosabatlarini saqlashda
asosiy omil bo’lib xizmat qildi.
Ikki
qutbli
sxemaga
Yaponiyaning
qudratli
iqtisodiy
davlatga
aylanayotganligi, Xitoyning yadro davlatiga, shuning bilan birga OPEK – neft
ishlab chiqaruvchi davlatlarning tashkiloti, ya’ni o’z oldilariga industrial
rivojlangan davlatlar diktaturasidan qutilishni o’z oldiga qo’ygan davlatlarning
rivojlanishi bir necha o’zgartirishlar kiritdi. Shu bilan
birga dunyo valyuta tizimi
vayron bo’la boshladi, natijada 1971-yilda bretton-vud jahon moliya tizimi va oltin
standarti bekor qilindi. Xalqaro hisob valyutasi hisobida dollarning tushib ketishi
AQShning dunyo moliya bozorlaridagi o’rnini yo’qotdi.
Shunday qilib ikki qutbli qarama-qarshilikning yumshashiga asosiy sabab
AQSh va SSSRning tugamas harbiy, iqtisodiy, siyosiy va g’oyaviy qarama-
qarshiligi zaiflanishi bo’ldi. Harbiy qudratning oshib borishi
natijasida iqtisodiy
o’sish kamaydi. Shu bilan birga AQSh va SSSR ittifoqdoshlari iqtisodiy va harbiy
qudratining oshishi muhim rol uynadi. Natijada, 70-yillarda yadro – strategik nufuz
uchun davlatlar qarama-qarshiliklardan voz kechib harbiy xavfsizlik yuzasidan
hamkorlikka kelishildi. Ko’pgina masalalar ikki qutbli dunyo tartibi ramkalarida
ochilsada, dunyo jamiyati manfaatini ko’zlab hamda yechilardi.
Dostları ilə paylaş: