partiyaviylik asosida milliy va mahalliy xususiyatlarga qarab o’zgartirishga
urinishlar darhol bug’ib tashlandi. Sovet modelidan bo’yin tovlash, yoki siyosiy va
iqtisodiy reformalar qilishga bo’lgan har qanday urinishlar darrov davlatlar
o’rtasidagi kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lardi. Masalan, 1948-
yildagi Yugoslaviya bilan kelishmovchilik shunday kelib chiqqan edi. O’sha
vaqtda deyarlik barcha kompartiyalar VKP (b) yo’lini ma’qullab Yugoslaviya
kompartiyasi faoliyatini dastlab, burjuacha millatchilikka burilishda, so’ngra
fashizm tomon burilishda va keyinchalik to’g’ridan-to’g’ri Yugoslaviya xalqining
milliy manfaatlariga xoinlik qilishda aybladilar.
Bu ayblashlar 1948-yil iyunda bo’lgan Kominformbyuro rezolyutsiyasida,
xususan “Yugoslaviya kompartiyasidagi ahvolga doir” degan hujjatda va 1949-yil
noyabrda qabul qilingan “Yugoslaviya kompartiyasi qotillar va josuslar hokimiyati
tepasida” degan hujjatda o’z aksini topdi.
Jamiyatga begona bo’lgan modelning tiqishtirilishi, xalqlarning va
mamlakatlarning tarixiy, milliy xususiyatlarini hisobga olmasak, uni o’tmish
qadriyatlari va an’analaridan, Yevropa va dunyo mamlakatlari bilan yuritib kelgan
ko’p asrlik aloqalaridan ajratib qo’yish siyosatidan noroziliklar Yugoslaviyadan
tashqari boshqa mamlakatlarda ham sotsializm qurishning dastlabki-yillaridanoq
boshlangan edi. Ma’qul bo’lmagan sovetcha modeldan voz kechish yoki uni isloh
qilish uchun bo’lgan urinishlarni biz 1953-yilda Berlinda, 1956-yilda Pol’sha va
Vengriyada, 1968-yilda Chexoslovakiyada, 1980–1981-yillarda Pol’shada yuz
bergan voqealar bilan izohlaymiz. Afsuski, bunday harakatlar turli xil yo’llar bilan,
jumladan: kuch ishlatish yo’li bilan, SSSRning “harbiy yordami” bilan mamlakat
rahbarlarini almashtirish yo’li bilan va “revizionizmga” qarshi juda qattiq kurash
olib borish yo’li bilan bostirilardi.
226
Markazga bo’ysunishni susaytirmaslik, imperializmga qarshi kurashda
sotsializm blokining birligini saqlab qolish, yagona mafkuraviy frontning birligi
uchun kurash olib borish siyosati xalqlarning va davlatlarning tarixiy va milliy
qiziqishlaridan ustun qo’yildi. Masalan: Varshava Shartnomasi Mudofaa Tashkiloti
a’zolaridan 5 davlatning (SSSR, GDR, Vengriya, Pol’sha, Bolgariya) kollektiv
“internatsional” aktga birlashgan holda 1968-yil bahorda Chexoslovakiya davlati
hududiga o’z qo’shinlarini kiritishlari mavjud tizimda boshlangan inqirozning
oldini olib qolish uchun va kuch ishlatish yo’li bilan jahon sotsializm tizimining
o’zini ham saqlab qolishga bo’lgan urinish edi.
Kommunistik harakatning zarbdor kuchlari va rahbarlari bunday holatning
kelib chiqish sabablarini bilar edilar. Shuning uchun ham G’arbiy Yevropa
davlatlari kompartiyalarining faol a’zolari orasida munozarali diskussiyalar ham
bo’ldi, Yevropaning o’z xususiyatlarini hisobga olib, ish yuritish tarafdorlari
bo’lgan “yevrokommunizm” oqimi ham vujudga keldi. Biroq, 1969-yildagi
Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining Xalqaro kengashidan keyin
bunday holatlar aniq ko’rina boshlagan bo’lsa ham, masalani kollektiv bo’lib
muhokama qilishdan, inqirozli holatlarni bartaraf qilish yo’llarini izlashdan
ko’pincha chetlab o’tildi. Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining
kengashlari va uchrashuvlarida asosan “kommunistik birlik uchun”, “tinchlik va
qurolsizlanish uchun» kurash masalalari muhokama qilindi. “Sotsialistik
hamkorlik” ideologlari asosan, o’zlarining sa’yi-harakatlarini kommunistik
qurilishning “umumiy qonuniyatlari”ni ishlab chiqishga qaratdilar. Xususan, 1957-
yilda bo’lgan kengashda ushbu mazmundagi bir qancha hujjatlar qabul qilindi.
Voqelikka va sotsializm qurish ishiga yangicha yondoshish harakatlari inkor qilib
kelindi. yetilib kelayotgan “kasallik” sabablari o’rganilish o’rniga u yashirib
kelindi. Shu yo’l bilan sotsialistik hamjamiyatdagi portlash jarayonlari bir muncha
orqaga surilgan edi. Bunday siyosat yuritish asosan, XX asr 60-yillari oxiri – 70-
yillari boshlariga kelganida o’zining nomaqbul siyosat ekanligini ko’rsata
boshladi. Ayniqsa, qurollanish poygasini yuqori darajada olib borish orqali NATO
bloki bilan Varshava Shartnomasi harbiy Tashkiloti o’rtasidagi kuchlar
227
muvozanatini saqlab turishga urinish o’ta xavfli siyosat ekanligidan butun jahon
tashvishga tusha boshladi. Bu o’z navbatida sotsializmga ixlosi bor
mamlakatlarning ham undan yuz o’girib ketishlariga sabab bo’ldi. To’g’ri, bunday
holatlar tashqi siyosat yuritish borasida sotsialistik mamlakatlarni ma’lum darajada
ijobiy siljishlar qilishga majbur qildi.
XX asr 70- yillari boshida Germaniya masalasini tinch yo’l bilan hal qilishga
urinish, 1970-yil 12-avgustda SSSR bilan GFR o’rtasida davlat shartnomasining
imzolanishi, 1975-yilda Xel’sinkida Umumevropa Kengashining chaqirilishi,
Yevropa kontinentida xalqaro keskinlikni yumshatishga erishish va boshqalar
sotsialistik “hamdo’stlik” mamlakatlari bilan kapitalistik mamlakatlar o’rtasidagi
qarama-qarshiliklarni bir muncha yumshatganday bo’ldi. Biroq, sotsialistik
«hamdo’stlik» mamlakatlari iqtisodiy hayotidagi ilgarigi boshqarish usuli va
markazdan qochuvchi kuchga qarshi kurash yo’li saqlanib qolaverdi-ki, bu o’z
navbatida sotsialistik “hamdo’stlik” mamlakatlari xalq xo’jaligining jahon
mamlakatlari xalq xo’jaligida bo’layotgan buyuk o’zgarishlardan orqada qolib,
ilmiy-texnika inqilobi talablariga javob berolmay qolishiga olib keldi. Masalan:
GDRni olaylik, u yerga xalq xo’jaligini yuritishning sovetcha modeli aynan
ko’chirilgandan keyin, urushdan oldin va urush-yillarida GFR xalq xo’jaligi bilan
bir xil darajada turgan GDR xalq xo’jaligi sotsializm qurilishi-yillarida butunlay
orqada qolib ketdi. 1989-yilga kelganda GDRdagi mehnat unumdorligi
GFRdagidan 40 foiz past bo’ldi.
So’z bilan qurilayotgan sotsializm va kommunizm bilan amaldagi sotsializm
o’rtasidagi jarlik tobora chuqurlashib bordi. Shuni aytib o’tish kerakki, SSSR da
ham va sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlarining birontasida ham o’tgan-yillar
mobaynida xalq ommasining turmush farovonligini ta’minlagan va ta’minlay
oladigan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar xalq xo’jaligiga yaqin bo’lgan
mustahkam xalq xo’jaligi tizimi yaratilmadi. Sotsialistik xalq xo’jaligidagi
inqirozli holat-yildan-yilga chuqurlashib bordi, ishlab chiqarish va milliy daromad
ko’rsatkichlari pasayib bordi. Inflyatsiya kuchayib, davlatlarning tashqi qarzi oshib
bordi.
228
Qaror topgan sotsialistik jamiyat demokratiyaning eng oliy formasi sifatida
atalsada, ammo qog’ozdagi deklaratsiya demokratiyasi haqiqiy hayotiy demokratik
jamiyatdan juda yiroqda turar edi. Inson huquqlari masalasining eng oddiy
elementlariga ham z’tibor berilmadi. SSSRdagi kabi hamdo’stlik va Yevropadagi
sotsialistik mamlakatlarda ham sotsialistik jamiyat nuqsonlarini, kompartiyalar
siyosatidagi xatolarni tanqid qilish, kamchiliklarni ochib tashlash uchun urinish
sotsializmga dushmanlik sifatida baholandi va tegishli jazo choralari qurildi.
Sotsialistik jamiyatning xato va kamchiliklardan xoli bo’lgan jamiyat
sifatida baholanishi va siyosat yuritilishi, xalq ommasi keng tabaqalarining fikri
bilan hisoblashmaslik, amalda ularni jamiyatni boshqarish ishlaridan chetlashtirib,
faqat topshiriqlar va buyruqlarni bajaruvchi passiv ijrochilarga aylantirib qo’yish,
fikrlash, novatorlik va kashfiyotlar qilish huquqidan mahrum qilib qo’yish va
hokazolar ma’muriy-buyruqbozlik usulida ish yuritayotgan kompartiyalar
rahbarlariga nisbatan norozilikni kuchaytirib bordi.
SSSR hamda Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik
davlatlarning ichki ahvolini keskinlashtirgan, demokratiya mavjud bo’lmagan
vaziyatda siyosiy-mafkuraviy nostabillik uchun shart-sharoit yaratgan boshqa
muhim omillar ham bor edi. Avtoritar rejimlar jamiyatni demokratik asosda qurish
bilan muvofiq kelmas edi. Xalq manfaatlari, uning xohish-istaklari hukmron
doiralar uchun hech narsa emas edi.
Fikrlar xilma-xilligi isyonkorlik deb hisoblanar va ta’qib qilinar edi. Zero,
har qanday boshqacha fikrlashning oldini olish uchun repressiya mashinasi doimo
tayyor turar edi. “Dissidentlar” deb atalmish kishilar, ko’pincha shunday nom
olgan taniqli yozuvchilar, masalan Chexoslovakiyaning o’zgarishlar jarayonidan
keyingi Prezidenti V.Gavel kabilar, shuningdek, madaniyat arboblari, olimlar
qamoq va sudlarga duchor qilinar yoki mamlakatdan surgun qilinardi. GDR
aholisining 1989-yilning ikkinchi yarmida mamlakatdan GFR tomon ommaviy
ravishda o’tib ketishga urinishlari, birinchi navbatda iqtisodiy sabablar bilan emas,
balki siyosiy erkinliklar yo’qligi bilan bog’liq ekanligini o’tkazilgan sotsiologik
so’rovlar ko’rsatdi. Mintaqa mamlakatlarida qonunchilikni buzishlar, poraxo’rlik,
229
xazina o’g’irligi keng yoyildi. E. Xonekker va GBSPning boshqa rahbarlari
yashagan uylarning aql bovar qilmaydigan darajada jihozlanishini GDR
televideniyasi orqali xalqqa ko’rsatganda, bu narsa portlagan bomba singari
taassurot qoldirdi. Yoki boshqa bir misol, T.Jivkovning davlat hisobidan shahar
tashqarisida 40 dan ortiq qarorgoh, dala hovli va ovchilik uylari qurishi, ov qilish
uchun maxsus qo’riqxonalarning tashkil qilinishi, yoki bo’lmasa, N.Chaushesku
cho’miladigan vannaning jumragi oltindan, Chaushesku cho’miladigan vannaning
jumragi kumushdan qilinishi, xullas bularning hammasi sotsialistik mamlakatlar
rahbarlarining barchasiga tekkan kasal bo’lib, umumdavlat manfaatlariga zid va
yot bo’lgan hatti-harakatlar edi. Bular “real sotsializm”ga putur yetkazgan va uning
inqirozga yuz tutishiga o’z hissasini qo’shgan omillardan bo’lib hisoblanardi.
Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarning barchasi hokimiyat qo’lidan
tortib olinib, hukmronlik mavqeyini yo’qotgan kompartiyalarning takdiri ayanchli
kechgan paytda bitta savol tug’ildi: ushbu partiyalarning dohiylari, ideologlari va
nazariyotchilari partiya va hukumat faoliyatidagi halokatga olib boruvchi xatolarni
nahotki ko’rmagan bo’lsa? Albatta, ularni ko’rmadi yoki sezmadi deb ayta
olmaymiz, ular nimalarnidir hayotga qo’llab ko’rgandek bo’lishdi. Xalq xo’jaligini
boshqarishda dunyo tajribasidan foydalanayotgan ham bo’lishdi, yangi-yangi
Dostları ilə paylaş: |