Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti



Yüklə 63,51 Kb.
səhifə1/8
tarix06.06.2023
ölçüsü63,51 Kb.
#125868
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mamajanova Shaxnoza


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



YURIDIK FAKULTETI



5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
yo’nalishi III bosqich MIG‘-AU-20 talabasi

Mamajanova Shaxnozaning
Ma‘naviyatshunoslik” fanidan


KURS ISHI


MAVZU: “JAHON ILMIDA MA’NAVIYAT MASALALARI”
Ilmiy rahbar: Sultonov Akmaljon
Namangan – 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………..….....................3
I BOB. JAHON ILMIDA MA’NAVIYAT MASALALARI VA UNING NAMOYON BO’LISHI
1.1. Inson, millat va jamiyat hayotida maʼnaviyatga boʻlgan talab va ehtiyojlar...5
1.2. Jahon ilmida maʼnaviyatning tarixiy ildizlari.................................................10
II.BOB. JAHON ILMI VA O’TMISH AJDODLARIMIZ MEROSIDA MA’NAVIYAT MASALALARINI NAZARIY JIHATDAN O’RGANISH
2.1. Markaziy Osiyoda yaratilgan qadimgi yozma adabiyotlarda maʼnaviyat masalalari .......................................................................................….......………17
2.2. Oʻzbekiston va jahon. Globallashuv sharoitida maʼnaviyatga tahdid va bartaraf etish yo’llar............................................................................................................26
XULOSA..............................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........………………...…36

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Inson ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma'naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma'naviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham bеrildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma'naviyatimiz yuksala bordi.
Ma’naviyat faqatgina inson zotiga taalluqli hodisa bo‘lib, jamiyatda insonning qanchalik darajada ma’naviyatli ekanligi haqidagi baho o‘z navbatida uning atrofidagi insonlar tomonidan beriladi. Haqiqatan ham, insonning ma’naviy jihatlariga e’tibor qilinganda, uni yaxlit tizim sifatida tushunish, har tomonlama chuqur o‘rganish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi integratsiyalashuvi shunda ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo mutafikkirlarining asarlari XII asrdan boshlab, Yevropada ilmiy-adabiy til hisoblangan lotin tiliga tarjima qilina boshlandi, so‘ng XVII-XVIII asrda ingliz, ispan, nemis, fransuz tillariga tarjima qilindi.
Forobiyning Arestotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qildi. XVIII asr oxirlarida (1890-1891) F.Diteretsi uning falsafiy traktatlarini, ayniqsa uning siyosiy falsafasini (Al-madinat al-fadila) sinchiklab o‘rgandi. Asli Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan alloma olim Forobiy umrining anchasini Xalabda, Hamadoniylar saroyida o‘tkazgan bo‘lib, “Ud” sozining ixtirochisi sifatida ham tanildi, shu sabab uni nemis faylasuf shoirlari o‘zlarining she iyatida musiqa faylasufi etib talqin etadilar. Fridrix Rukert “Morgenlandisce sagen und Geshcihten” (“Sharqona rivoyatlar va afsonalar”) asarida Forobiyning bir kuy ijro etib, barchani shoju xurram qilgani, ikkinchi kuy bilan ko‘zyosh to‘kishga majbur etgan, uchinchi kuy vositasida esa ularni uxlatib qo‘yganini tasvirlaydi.
Bu holat Forobiyning G‘arb sanati va ijtimoiy madaniyatiga qanchalik katta tasir etganini ko‘rsatdi.

Yüklə 63,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin