Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti


Oʻzbekiston va jahon . Globallashuv sharoitida maʼnaviyatga tahdid va bartaraf etish yoʻllar



Yüklə 63,51 Kb.
səhifə5/8
tarix06.06.2023
ölçüsü63,51 Kb.
#125868
1   2   3   4   5   6   7   8
Mamajanova Shaxnoza

2.2 Oʻzbekiston va jahon . Globallashuv sharoitida maʼnaviyatga tahdid va bartaraf etish yoʻllar
“Sayyoramiz ertangi kuni, farovonligi, farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga еtishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamizyoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi”tarqalishining oldini olishdir” 5
Bugungi globallashuv jarayonida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning yеchimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq. Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urushi bo‘lib o‘tgan XX asrga kelib keskinlashdi. Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin. Axborotlashgan jamiyatning shiddat bilan o‘zgarib borishi natijasida «XX asrda globallashuv jarayonining tezlashishi va umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllana boshlashi jahon mafkuralarining xarakterini o‘zgartirib yubordi. Ularning o‘rnini bosadigan qudratli mafkuraning yo‘qligi, geosiyosiy maqsadlarning o‘zgargani esa bu g‘oyalarning salbiy ta’sirini yanada kuchaytirdi. Bunday sharoitda o‘z maqsadini aniq belgilab olgan, ehtiyoj va manfaatlarini yaxshi anglab yеtgan, o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda o‘z milliy g‘oyasini shakllantirgan millatgina kelajagini saqlab qoladi va istiqbolini belgalaydi». Shunday millat sifatida shakllangan o‘zbek xalqi o‘zining asrlar osha yashab kelayotgan milliy g‘oyasi asosida yoshlar dunyoqarashini ilg‘or texologiyalar bilan boyitish, turli ta’sirlar negizida o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va estetik madaniyatni kelajakka o‘z holicha еtkazishga doimo tayyordir.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkazuvchi, turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida jahonda g‘oyat murakkab va tahlikali jarayon kechmoqda. Bular dunyoning siyosiy, mafkuraiy manzarasidagi o‘zgarishlar, taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarilishi va bu taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan, jamiyat barqarorligiga rahnas oladigan g‘oyaviy-mafkuraviy to‘siqlarning paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy (873-950), “Inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lishi, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi”, deydi. Ana shu jarayonda insonda fazilatlarni kamol toptirish haqida ta’kidlab quyidagi fikrlarni ilgari suradi, “Inson fazilatlar bilan kamolotga yеtadi va kamolotga yеtgan odam baxtli hisoblanadi”. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda asosiy maqsadimiz jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish ekan, birinchi navbatda, milliy g‘oyani fuqarolar ongi va qalbiga chuqur singdirishga erishishimiz kerak. Aholida, ayniqsa yosh avlodda sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, ular orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘un ravishda targ‘ib etish ham muhim ahamiyatga ega.Umuman, fuqarolarning bilimi va tafakkurini yanada oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlarini izchil amalga oshirib boraversak, har qanday tahdidlar bizga xavf sololmaydi.
Keyingi paytlarda internet bilan bog‘lik buzg‘unchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko‘payib bormoqda. Oqibatda, zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyilmoqda. G‘alamis kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini «yaqin do‘st» yoki «hidoyatga chorlovchi» sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmoqda. Aslida, ularning din va shariat haqida umuman ilmlari yo‘q, faqatgina to‘da boshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o‘tmaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, ular bu johilligi bilan boshqalarni ham jar yoqasiga tortayotgani va kimningdir nog‘orasiga o‘ynayotganini bilmaydilar. Bundaylar avval dinu diyonat, ibodat, jannat haqida turli jozibali so‘zlarni gapirib, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urib, oxir-oqibatda, razolat qurboniga aylantirmoqda. Islom ta’limoti buzg‘unchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishni qattiq qoralaydi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda dinni o‘zlariga niqob qilib olgan oqimlar, toifalar paydo bo‘ldi. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida jamiyatda buzg‘unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda.
Demak, axborot kurashi avj olgan XXI asrda yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya etishda ma’naviy-marifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish, hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy ma’lumotlarni yosh avlodga yеtkazish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlami, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashni o‘rganish, murakkab va tahlikali hayotning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvurlar shakllanmasligiga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun insonlarda sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, o‘z kuchiga va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada kamol toptirish zarur.
Prezident Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yеtishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko’proq uchrab qolipsh mumkin. Bunday gayri ixtiyoriy ta’sir esa ko’pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.6
Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bogliq Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmay turib unga moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz kayiqni topshirib qo’yish bilan baravar bo’ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sir o’tkazadi. Xar qanday siyosat, jumladan, iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo’lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko’mak berishlarini e’tirof etishga to’g’ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko’proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xusuyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan u jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun yamkoniyat yaratish mumkin.
Globallashuv — turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Lekin uning xususiyatlarini to’laroq qamrab olgani, bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda globallashuv ekarayonishshg uch o’lchovli ekaniga urgu beriladi:
• globallashuv — muttasil davom etadigan tarixiy ja
rayon;
• globallashuv — jahonning gomogenlashuvi va univer
sallashuvi jarayoni;
• globallashuv — milliy chegaralarning "yuvilib ketish"
jarayoni.
B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o’lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko’ramiz.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazipsh mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri Xindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: "Men uyimning darvoza va epshklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni agdarto’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman".
Shuning uchun ham milliy istiqlol toyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, "dovullar"dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
Hozirgi zamon globallashuv jarayoni o’ta murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va 11 ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri yana Ham murakkab bo’lgani sababli unga nisbatan ham jahonda birbiriga nisbatan raqobatda bo’lgan ikki guruh: globalistva aksilglobalistlar guruxlari vujudga keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo’lib, ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDX hududida aksilglobalistlar Rossiya Federasiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar.
XX asr o’rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o’zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Institusionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham ko’rish mumkin.
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o’ziga ham qarshi chiqa boshladilar. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovyev "Aksilglobalizm vektorlari" nomli anjumanda so’zlagan nutqida shunday deydi: "Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarpshlik ko’rsatishdaB boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik!" degan edi.
"Aksilglobalizm vektorlari" anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A.Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: "Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat".
Albatta, bu fikrga turlicha munosabat bildirilishi mumkin. "Globallashuv"ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog’liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni "mafkuralashishdan", uning maqsadlaridan holi bo’lishi kerak.
Taxlil shuni ko’rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siry va ma’naviy globallashuv masalalari sosiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o’zining aksini yetarli darajada topishi kerak.
Albatta, globallashuvning hatto eng asosiy jihatlari va yo’nalishlarini ham to’liq qamrab olish qiyin. Shuning uchun mazkur bo’lim Globallashuv va Nyailliy ma’naviyatda globallashuvning milliy ma’naviyatga o’tkazayotgan va o’tkazishi mumkin bo’lgan ta’siri haqida fikr yuritamiz, xolos. Ma’naviyatni ham bir uyga to’plangan boylikka qiyoslasak tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostinustin qilib tashlashini hyech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi himoya choralari ko’rishimiz tabiiy. Chetdan o’tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko’rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim..



Yüklə 63,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin