4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni taxrirlash va natijalarni kodlashtirish, Shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan Shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Taxrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabaqalashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, Shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
Tayanch iboralar
Iste’molchilar talabi, Marketing axboroti, Marketing axboroti tizimi, Ichki hisobot tizimi, Tashqi joriy marketing axborotlari yig’ish tizimi, Marketing izlanish tizimi, Marketing ma’lumotlari tahlili tizimi, Axborotni to’plash uslublari, Imitatsiya, Modellar banki, Axborot manbalari.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing axboroti tizimini tuzilishi kanday?
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko’rsatiladi?
3. Marketing axborotini asosini nimalar tashqil etadi?
4. Amaliyotda axborot to’plashni qanday uslublari qo’llaniladi?
5. Axborot to’plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz?
6. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi?
7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan foydalaniladi?
8. Axborot manbalari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |