Namangan davlat untversiteti


Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog’ini shakllantiruvchi omillar



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə54/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog’ini shakllantiruvchi omillar

Chakana savdo aholiga to’g’ridan-to’g’ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatini o’z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo’shimcha ishlash, narxlarni o’rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi-sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko’rsatishlari bilan turlanadi. Xususiy hissadorlar, ijara va qo’shma mulklarga asoslangan chakana savdo hozir barcha mamlakatlarda, Shu jumladan, bizda ham faoliyat ko’rsatmokda. Chakana savdoning moodiy texnika asosini do’konlar, univermaglar, maxsuslashgan do’konlar, su’ermarketlar, oshxonalar va ko’pchilik mayda shahobchalar tashqil etadi.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
  1. do’konning jihozlari


  2. mijozga xizmat ko’rsatish darajasi


  3. tovar assortimenti


  4. savdoda xizmat ko’rsatish xarakteriga ko’ra farqlanadi.


Bog’liq bo’lmagan do’konlar odatda bir kishi mulkchiligida bo’ladi. Bu qoidaga ko’ra, kichik do’konlar bo’lib, xizmat ko’rsatishni yuqori darajsi bilan farq qilib, savdo masalalarini xo’jayinning o’zi hal qiladi.


Korporativ tarmoq o’z ichiga katta do’konlar sonini oladi. Mulkdor bo’lib bitta firma hisoblanadi. Chakana savdo tashkilotining bu turini afzalligi - yirik ‘artiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo’yicha chegirtma olish; tashqil etishni yuqori darajasi; sotishni rag’batlantirish va bashorat qilish imkoniyati; tovar zahiralari va narxlarni boshqarish.
Iste’mol kooperativi - bu chakana savdo do’konlari bo’lib, iste’molchilarni o’zi boshqaradi (ko’proq oziq-ovqat bozorida).
Savdo kooperativlari - bu bog’liq bo’lmagan do’konlar tarmog’i bo’lib, odatda bitta ta’minotchidan bitta va o’shandan xarid qilinadi. Uning afzalligi - xaridorlar ko’z o’ngida yirik savdo tarmog’i imidjini yaratish (past narxlari bilan jalb etuvchi).
Xizmat ko’rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog’liq. Kundalik talabdagi tovarlar uchun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun chegaralangan xizmat ko’rsatish; yuqori tovarlarga to’liq xizmat ko’rsatiladi, bu o’z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o’sib borayotgan ehiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko’rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashqil etish darajasiga bog’liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga bo’ysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko’pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:
  • Chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;


  • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;


  • yuqori malakali tovarShunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o’rganadi;


  • tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;


  • ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o’rtasida mustahkam aloqa bog’laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.


Ulgurjisiga faoliyat ko’rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.


Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo’lim yoki firmalar tashqil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, xissadorlik, qo’shma va davlat mulkiga asoslangan bo’lishlar mumkin.
Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi, maxsus ombor xo’jaligiga va malakali xodimlarga ega bo’lgan firma mavqeida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonini tashqil etadi. Ulgurji savdoni tashqil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning to’shirig’i bilan ishlab chiqarishdan to’g’ridan-to’g’ri iste’molchi firmaga (tranzit usuli) yetkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashqil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat ko’rsatishlari uchun ob’yektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar Ko’p korxonalarda tor assortimentli bo’ladi. Chakana savdo uchun esa aholiga mo’l-ko’l, universal assortimentli tovarlar taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug’ullanmaydi, ombor xo’jaliklari ham yo’q, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni bo’yinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy o’rinni egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi tomondan, o’z faoliyatlari uchun haq oladilar.
Diler - mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo’lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega.
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o’zida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi bo’lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo’yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obro’-e’tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shahobchalarining moddiy texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma to’ziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari - menejeri vositachini Shaxsan o’rganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko’proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda xo’jalik jihatlaridan mustaqil bo’lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat korxonalarining sho’’ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi). Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari o’rtasidagi farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashqil topadi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko’rsatadigan xizmat turlari g’oyat ko’p. Ular quyidagilardan iborat:

  • sotishni tashqil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to’lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini o’tkazish va bozorni tadqiq qilish;


  • transport - tashish ishlari, yukni sug’urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash;


  • texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko’rsatish;


  • bozor to’g’risidagi axborot to’plash va uni taqdim etish.


Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo monopoliyalari qo’lida to’planishi vositachilik bo’g’inida sifat o’zgarishlariga olib keladi. Ularning o’z moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, o’z sug’urta kompaniyalari, o’z floti, ehtiyot qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmog’i va chet ellarda filiallari mavjud.


Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga savdo vositachilari to’g’ri keladi. AQSH, Angliya, Gollandiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi. Tashqi iqtisodiyot faoliyat sohasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari uchun muayyan afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalligi shundaki, sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug’ullanganda importer mamlakat hududida savdo shahobchalarini tashqil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda o’z moddiy - texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo’ladi.
Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati, tovarni sotish bilan bog’liq juda ko’p tashvishlar (mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport qilinganda mahallik esa bozorga moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida bitiShuvlarni moliyalash vositachi ka’italidan foydalanish. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sug’urta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to’la hokimlik qilib olgan hollarda ham uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga iste’molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi.
Ammo sotishni vositachilar orqali olib borish ham bir qator kamchiliklarga ega, chunki ishlab chiqaruvchi sotish bozorlari bilan bevosita aloqa o’rnata olmaydi, umuman vositachining vijdon va haq so’zligiga bog’liq bo’lib qoladi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mazmuni va vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha turlarini ta’kidlab ko’rsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib-sotish ishlarini o’z nomidan va o’z hisobidan olib boradi. Olib-sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi bo’lib qoladi va uni har qanday bozorda xohlagan narxda o’zi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi-sotdi bo’lgach, vositachi bilan ishlab chiqaruvchi o’rtasidagi munosabatlar to’xtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayan qududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuuterlar, stokistlar shug’ullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan o’z hisobiga amalga oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon to’shirig’i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o’z nomidan bitiShuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner o’rtasidagi o’zaro munosabatlar komissiya Shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Komission ishlarining yana bir ko’rinishi - konsignatsiya xarakteridir. Konsignator - eksporter (konsitrat)dan o’z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada junatilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko’rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o’z nomidan olib boradi.
Agentlik harakat (ish)lari - ‘rintsi’ial deb ataladigan bir tomonning agenti (savdo va tijorat) deb to’shirig’idan iborat.
Sanoat agenti muayyan joylarda o’zaro raqobatda bo’lmagan bir qancha sanoatchilar tovarlarni sotish bilan Shug’ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor (sug’urtachi bilan sug’urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o’rtasida aloqa o’rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo’nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish ko’rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon Shartnomadagi tomonlardan biri bo’la olmaydi, faqat tomonlarni o’zaro uchrashtirish, Shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.

Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin