G. Spenser (1820-1903) ham O. Kont kabi ham keng ma‘lumotga ega bo‘lgan olim, o‘z
davrining buyuk aql egalaridan biri hisoblanadi. U falsafa, sosiologiya, psixologiya va boshqa
fanlar bo‘yicha qator ilmiy asarlar muallifidir. G. Spenserning asosiy asari «Sintetik
falsafa tizimi» bo‘lib, unda tabiiy va sosial voqealarning tarixiy rivojlanishi haqidagi chuqur
qarashlarini bayon etgan. G. Spenser sosiologiyadagi organik maktabning asoschisi hisoblanadi.
U o‘zining organizmga oid nazariyasini va sosial evolyusiya tushunchasini «Ilmiy siyosiy va
falsafiy tajribalar» asarida atroflicha bayon etgan.