Sosiologiyani «kuzatishga asoslangan fan darajasiga» ko‘tarish talabini utopok sosialistlar Sen-Simon, Sharl Fur‟e va Robert Ouenlar ilgari surgan. Ular XVIII asrning 2-yarmida va XIX asrning birinchi yarmida bu fanning ba‘zi masalalari xususida o‘z fikr-mulohozalarini
bildirganlar.
L.Feyerbax (1804-1872). Nemis klassik falsafasining so‘nggi vakili bo‘lib, falsafadagi materialistik yo‘nalishga mansubdir. U Gegelning
mutloq g’oyasiga qarshi chiqadi. Feyerbax fikricha, tafakkur insondan tashqarida, unga bog’lik bo‘lmagan holda mavjud bo‘lishi mumkin.
Feyerbax: tafakkur, ong ikkilamchidir, materiyaning, tabiatning mahsulidir
Nemis klassik falsafasida ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi ilgari surildi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri sifatida tan olingan I. Kant (1724–1804) dialektika g’oyalarini qayta tiklagan mutafakkir. Kant o‘zining tabiiy-ilmiy qarashlari bilan tabiatni metafizik tarzda
tushinishga chek qo‘ydi. Falsafaning borliq, axloq va din kabi muammolari bilan shug’ullanishdan avval insonning bilish imkoniyatlarini
aniqlab olish lozim, deydi. Kant kishini o‘rab turgan tashqi dunyodagi narsalarni 2 ga bo‘ladi: a) o‘z-o‘zida mavjud bo‘lgan narsalar
dunyosi; b) sezgilarimiz aks ettirgan narsalar, hodisalar. Inson bilish jarayonida hodisalar dunyosiga tartib kiritadi, uni ma‘lum vaqt makon
bilan bog’lab o‘rganadi.