Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda ham jahon fani va madaniyati
tarixidagi eng ulug’ va buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Minerologiya»,
«Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini keng yoritgan. «Minerologiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy
ahvoli, yerdagi burchi, olijanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat to‘g’risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma‘noda o‘z
davrining etnososiologi ham edi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yolgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian -
molikiylar va xristian -nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to‘g’risida qimmatli ma‘lumotlar yozib
qoldirgan. «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi, bu yerdagi xalqlarning urf-odatlari, yil, oy va tarixiy sanalar, oilaviy
munosabatlar, marosimlar, nikoh masalalari to‘g’risida ishonchli fikrlar keltirgan.
|