Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850) - Markaziy Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri. U qomusiy olim sifatida
dunyoga taniladi. Ko‘proq Bag’dodda yashagan. Xalifa Ma‘mun rahnamoligida Sharqning fanlar akademiyasi – Baytul-hikma»
(«Donishmandlar uyi»)da ishladi. U bu erda juda ko‘plab matematik, astronomik kuzatishlar olib bordi. Xorazmiy ―Ilmlar kalitlari‖ asarida
ilmlarni 2 qismga: 1) an‘anaviy arab ilmlari va 2) ajam (arab bo‘lmagan) ilmlarga ajratgan. Xorazmiy algebra fanining asoschisidir.
«Algebra» so‘zi u tomonidan kashf etilgan, tenglamalarni echish metodi esa «aljabr» bilan bog’liqdir.