Zardo‟shtga (Zardo‟sht). Milod. av 6-asrdan to milodning 3-asrigacha bo‘lgan dualistik dunyoqarash markazida zardo‘shtiylik ta‘limoti
yotadi. Zardo‘shtlik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlari ifodasi
hamdir. Zardo‘shtiylikning nazariy asosi - «Avesto» adabiy yodgorligi hisoblanadi. «Avesto»da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish
yo‘llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. «Avesto»da afsonaviy tasavvurlar bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari ham
o‘z ifodasini topgan. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma‘lumotlar berilgan. «Avesto»dainson, mehnat,
dehqonchilik kabi ezgu ishlar ulug’lanadi.