Abu Nasr G’orobiy (873-950) ―G’ozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob‖ asarida «G’ozillar shahrining birinchi boshlig’i - shu
shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan 12 xislat, g’azilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur», deydi. Bular:
1. hokimning to‘rt muchali sog’-salomat bo‘lib, o‘ziga yuklangan vazifalarni oson bajarishi lozim;
2. nozik farosatli;
3. xotirasi yaxshi;
4. zehni o‘tkir, zukko;
5. fikri tiniq, so‘zlari chiroyli;
6. bilim-ma‘rifatga havasli bo‘lishi;
7. taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo‘lmasligi;
8. haqiqatgo‘y;
9. nomusli, oriyatli, oliyhimmat bo‘lishi;
10. mol-dunyo ketidan quvmaydigan;
11. tabiatan adolatparvar, istibdod va jabr-zulmni yomon ko‘ruvchi;
12. sabotli, jur‘atli, jasur bo‘lish, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi xislatlardir.
|