Ibn Sino (980-1037) - Uyg’onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri. U 400 dan ortiq asar muallifi edi. Uning yozgan asarlari
ilm-fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, ilohiyot, tasavvuf, 43
tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka bag’ishlangan. U Sharqda «Shayxur-rais» - «Olimlar boshlig’i» deb nom olgan.
«Kitob ash-shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najat», «Kitob ul insof» («Adolat kitobi»), ―Kitob al-qonun fit tib» («Tib
qonunlari kitobi») va boshqa asarlari bor. Ibn Sino o‘zining bir nechta falsafiy risolalarida insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy, ma‘naviy, ahloqiy
munosabatlarni atroflicha yoritib bergan. Mutafakkirning ―Solomon va Ibsol‖, ―Yusuf qissasi‖ kabi asarlari bunga misol bo‘la oladi.