III-MAVZU: JAMIYAT YAXLIT TIZIM SIFATIDA A) G‟ARBIY EVROPA SOSIOLOGIYA MAKTABI. B) XX ASR SOSIOLOGIYASI. Ibn Xaldun (Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd 1332-1406) arab tarixchisi va mutafakkiri. U o‘zining asarlarida «Sosiologiya»
(arab.ilm al-ijtimo‘) faniga oid dadil fikrlarni o‘rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning «Kitob
ul-Ibar» (1370) asarining muqaddima qismida tarixiy sosiologik nazariyasi bayon etilgan.
U insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo‘lib
jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an‘analari haqidagi fanni yaratdi. Sharqning yetuk sosiologi bo‘lgan Ibn Xaldun
«Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo‘limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘g’risida» deb
nomlagan. Ibn
Xaldun sosiologik ta‘limotining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
«Insoniyat jamiyati vujudga kelishining mohiyati, sabablari, mavjudligiva mazmunli hayot kechirishning asosiy shart-sharoitlari,
avvalo, ularning (insonlarning) o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘ladi.
Tabiylikdan yuqori bo‘lgan kuchning jamiyathayotiga ta‘siri va bu ta‘sirdan qutilish imkoniyatlari.
Tabiiy, fizik-jug’rofiy muhitning hayotga ta‘siri jismoniy qiyofa va kishilarning ruhiyatida ko‘rinib, bu jarayonda ikki – tabiiy-jug’rofik
va ijtimoiy muhit bir-biri bilan bevosita munosabat va ta‘sirda bo‘ladi.
Insoniyat jamiyati kishilarning ana shu birikmasi, birlashmasining natijasidir».
Bunday insoniyat uyushmalarini boshliqlar boshqaradi va uning tanlanishi Alloh tomonidan emas, balki insonning hayot vositalariga
bo‘lgan intilish va tabiiy ehtiyojlari tufayli sodir bo‘ladi.
Insonning ijtimoiy mavjudligi uning faqat ma‘naviy tabiatidan emas, balki tabiiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.