Namangan muhandislik pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi sosiologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/234
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#37654
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234
sosiologiya

 
 
 
 
 
 


 
 
165 
 
 
 
 
 
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
MILLIY G‟OYA TARG‟IBOTI VA MA‟NAVIY-MA‟RIFIY ISHLAR 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH TO‟G‟RISIDA 
Vatanimiz  mustaqilligining  ma‘naviy  asoslarini  mustahkamlash,  milliy 
qadriyatlarimiz,  an‘ana  va  urf-odatlarimizni  asrab-avaylash  xalqimiz,  ayniqsa,  yosh 
avlod  qalbi  va  ongiga  ona  yurtga  muhabbat,  istiqlolga  sadoqat  tuyg‘ularini  chuqur 
singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Bu  borada  tegishli  idora  va  tashkilotlar,  jumladan,  Respublika  Ma‘naviyat  va 
ma‘rifat kengashi hamda uning joylardagi bo‘limlari tomonidan muayyan ishlar amalga 
oshirilayotganini qayd etish lozim. 
Shu  bilan  birga,  xalqaro  maydonda  mafkuraviy,  g‘oyaviy  va  informatsion 
kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma‘naviy-ma‘rifiy 
ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan 
himoya  qilish,  yurtdoshlarimizning  hayotga  ongli  munosabatini  shakllantirish,  yon-
atrofda  yuz  berayotgan  voqealarga  daxldorlik  hissini  oshirish,  mamlakatimiz 
mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga 
qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika 
Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  faoliyati  va  tarkibiy  tuzilishini  qayta  ko‘rib 
chiqishni taqozo etmoqda. 
Mamlakatimizda  milliy  g‘oya  targ‘iboti  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlarning 
samaradorligini,  ularning  hayotiyligi  va  ta‘sirchanligini  yanada  oshirish  maqsadida 
hamda  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  navbatdagi  yig‘ilishida 
bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda: 
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziriga  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat 
kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
Raisi,  viloyatlar,  shahar  va  tumanlar  hokimlariga  esa  hududiy  kengashlarga  rahbarlik 
qilish vazifasi yuklatilsin. 
2.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  hokimliklari  shtatlar  jadvaliga  qo‘shimcha  ravishda  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  Raisi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining 
ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi shtati (jami 14 ta shtat birligi) kiritilsin. 
3.  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  tarkibiy  tuzilishi 
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
4. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy 
targ‘ibot markazi o‘rniga Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining ilmiy-amaliy 
yo‘nalishida  faoliyat  olib  boradigan,  davlat  byudjeti  hisobidan  moliyalashtiriladigan 
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin. 
Quyidagilar  Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazining  asosiy  vazifasi 
etib belgilansin: 


 
 
166 
milliy  g‘oya  va  mafkura  masalasi  bilan  bog‘liq  dolzarb  masalalarni,  bugungi 
murakkab  mafkuraviy  jarayonlarni  ilmiy-amaliy  jihatdan  atroflicha  tahlil  qilish  va 
baholash,  ustuvor  yo‘nalishlarni  aniqlash,  ularning  aholi  turlari  qatlamlariga  ta‘sirini 
o‘rganish,  milliy  manfaatlarimizga,  hayot  tarzimizga  zid  bo‘lgan  zararli  g‘oyalar  va 
mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish; 
xalqimizning  ko‘p  asrlik  ma‘naviyati  va  milliy  qadriyatlari,  diniy  qarashlari  va 
hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma‘naviy jihatdan qaram etishga 
qaratilgan  mafkuraviy  harakatlarga  qarshi  samarali  kurash  olib  borish  bo‘yicha  ilmiy-
amaliy dasturlarni ishlab chiqish; 
fuqarolarimiz  qalbida  milliy  tafakkur  va  sog‘lom  dunyoqarash  asoslarini 
mustahkamlash,  ularning  ongli  yashashga,  o‘z  fikriga  ega  bo‘lishga,  turli  ma‘naviy 
tajovuzlarga  qarshi  sobit  tura  olishga  qodir  bo‘lgan,  irodali,  fidoyi  va  vatanparvar 
insonlar  etib  tarbiyalashga  yo‘naltirilgan  amaliy  tavsiyalar  tayyorlash.  Bu  borada 
ma‘naviy-ma‘rifiy  targ‘ibot  ishlarining  ta‘sirchanligini  ta‘minlaydigan  zamonaviy 
axborot  texnologiyalari  va  mexanizmlarini,  jamiyatimizning  mafkuraviy  immunitetini 
kuchaytirishga  qaratilgan  samarali  usul-uslublarni  ishlab  chiqish,  davlat  va  jamoat 
tashkilotlari  uchun  tegishli  tavsiya  va  takliflar  tayyorlash  masalasiga  alohida  e‘tibor 
qaratish; 
o‘z  faoliyati  doirasida  amalga  oshirilgan  ilmiy  izlanishlar  natijalarini,  tahliliy 
materiallarning  xulosalarini  ommaviy  axborot  vositalari,  jumladan,  Respublika 
Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  nashr  organlari  —  «Tafakkur»  va  «Jahon 
adabiyoti»  jurnallari,  «Ma‘naviyat»  nashriyoti  orqali  muntazam  ravishda  chop  etib, 
keng jamoatchilikka yetkazish.  
5.  Respublika  «Ma‘naviyat  va  ma‘rifat»  markazi  Respublika  Ma‘naviyat  va 
ma‘rifat kengashining amaliy targ‘ibot yo‘nalishida faoliyat olib boriladigan Respublika 
Ma‘naviyat targ‘ibot markaziga aylantirilsin. 
Quyidagilar Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazining asosiy vazifalari etib 
belgilansin: 
Ma‘naviyatning  ma‘no-mohiyati,  milliy  ma‘naviyatimizning  qadimiy  ildizlari 
noyob  va  betakror  namunalari,  bugungi  kundagi  rivojlanish  tamoyillari  haqida  aniq 
maqsadga qaratilgan targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish; 
aholining keng  qatlamlari, avvalambor, yoshlar o‘rtasida  Vatanga  muhabbat va 
sadoqat,  insonparvarlik  fazilatlarini  tarbiyalash  milliy  urf-odat,  an‘ana  va 
qadriyatlarning  hayotimizdagi  o‘rni  va  ahamiyatini  har  tomonlama  olib  borishga 
yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma‘rifiy tadbirlar o‘tkazish; 
bugungi  kunda  amalga  oshirilayotgan  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlari, 
keng  ko‘lamli  islohotlarning  mohiyati,  qabul  qilingan  qonun  hujjatlari  va  davlat 
dasturlarining  ahamiyatini  atroflicha  sharhlash  va  tushuntirish,  yurtimizga  qarshi 
qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli 
maqsadlarini  fosh  qilish,  odamlarni  hushyorlik  va  ogohlikka  da‘vat  etish,  olimlar 
siyosatini  va  mutaxassislar,  ijodkorlar,  ziyolilar  ishtirokida  joylarda  samarali  targ‘ibot 
tizimini yo‘lga qo‘yish; 
ota-ona,  oila,  mahalla,  tarixiy  xotira,  milliy  g‘urur,  komil  inson  tarbiyasi  bilan 
bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta‘sirchan usul va uslublar 
orqali  singdirish,  ajdodlarimizning  bu  boradagi  merosini  bugungi  taraqqiyot  talablari 


 
 
167 
bilan  uzviy  holda  rivojlantirish,  targ‘ibot  ishlarini  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar 
uyg‘unligi asosida tashkil etish; 
yurtdoshlarimizni  muqaddas  islom  dini  va  falsafasi,  aziz-avliyolarimizning 
ibratli  hayoti,  qutlug‘  qadamjolariga  boshqa  diniy  konfesiyalariga  nisbatan  hurmat-
ehtirom  va  bag‘rikenglik  ruhida  tarbiyalash,  jamiyatimizda  sog‘lom  turmush  tarzi, 
millatlararo  totuvlik,  o‘zaro  mehr-oqibat  muhitini  mustahkamlash  bo‘yicha  ma‘naviy-
ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish. 
6.  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashi  15  kun  muddatda  Milliy  g‘oya 
va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazining 
dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
7.  Toshkent  shahar  hokimligi  Respublika  Ma‘naviyat  targ‘ibot  markazi,  Milliy 
g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  hamda  «Tafakkur»  jurnali  tahririyatini 
Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin. 
8.  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  Milliy  g‘oya  va  mafkura 
ilmiy-amaliy markazini xizmat telefonlari, jumladan, hukumat telefoni, internet, boshqa 
aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda ta‘minlansin. 
9. Moliya vazirligi: 
Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  faoliyatini  moliyalashtirish,  uni 
zarur  idoraviy  jihozlar,  kompyuter  texnikasi  va  boshqa  asbob-uskunalar  bilan 
ta‘minlash, markazning ilmiy-tadqiqot natijalari, dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi 
kitob,  risola,  dastur,  qo‘llanma  va  boshqa  matbaa  mahsulotlarini  nashr  etish  bilan 
bog‘liq  xarajatlar  uchun  2007  yildan  boshlab  davlat  byudjetidan  mablag‘  ajratilishini 
ko‘zda tutsin; 
Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  uchun  bitta  yengil  avtomobilga 
limit ajratsin. 
10.  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashi  Adliya  vazirligiga  hamda 
boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda,  bir  oy  muddatda  amaldagi 
qonun  hujjatlariga  qarordan  kelib  chiqadigan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  yuzasidan 
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
11.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin