105
I-MAVZU. SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA.
A) SOSIOLOGIYA FANINING PREDMETI OB‟EKTI
B) IJTIMOIY FANLAR TIZIMIDAGI O‟RNI.
Sosiologiya (lotincha societas- jamiyat va yunoncha logos- ta‘limot)- so‘zlaridan
kelib chiqqan bo‘lib, jamyat haqidagi fan ma‘nosini bildiradi. Bu terminni fransuz
faylasufi Ogyust Kont XIX asrning 30 yillarida ilmiy iste‘molga kiritgan.
Falsafiy bilimlar doirasiga
quyidagilar kiradi
Sosiologiya- jamiyat haqidagi
qarashlar
Ontoligoya – borliq haqidagi qarashlar
Gnoseologiya – borliqni bilish
muammolari
Estetika – go‘zallik haqidagi qarashlar
Etika- ahloqiylar haqidagi qarashlar
Logika – inson tafakkuri qonunlari
haqidagi qarashlar tizimlari
106
Sosiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va
ularning
yashash sharoitlarini hamda shu tuzumda sodir bo‘layotgan
ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadigan fan.
Sosiologiyaning turli ta‟riflanishi
Sosiologiya – insonlarning sosial jamoalar va sosial
jarayonlarda
tutgan
o‘rni,
ular
o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganadigan fan.
Sosiologiya – jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy,
mafkuraviy, ma‘naviy hayotdagi faoliyati, ijtimoiy
mazmunini o‘rganadigan fan.
Sosiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy
muhitga ko‘nikma hosil qilishga (adaptasiya) ko‘maklashadigan,
shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sosial
tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va
uni amalga oshirishda jismoniy, emosional-psixologik va
ma‘naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fan.