148
Mustaqil ta‟limni tashkil etish shakli va mazmuni
Mustaqil ta‘limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e‘tibor
talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni
mustaqil ravishda, ya‘ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu
yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba
mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va
mavzularini
o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma‘ruzalar qismini o‘zlashtirish;
mustaqil ishlar, keys-stadilar
bilan ishlash;
maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha
fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
fanga oid statistik ma‘lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv
mashg‘ulotlari;
masofaviy (distansion) ta‘lim.
«Sotsilologiya» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, ma‘ruza, ma‘ruza
tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi
tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma‘ruza va seminar mashg‘ulotlari
mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: