Ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati - madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan
an‘anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o‘zgaruvchan, jo‘shqinlikni ifodalovchi
tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarurligini belgilab beradi.. Sub‘ektiv
sotsiologlar andozalarida shaxs, asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas,
shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi
uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.
Kont nuqtai nazariga ko‘ra, Sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik
ma‘lymotlapni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.