O. Kont tomonidan 1839 yilda «Pozitiv falsafa kursi» asarining uchinchi tomi nashr
etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida
Sotsiologiya atamasini qo‘lladi va bu Sotsiologiya ning shakllanishi va rivojlanishiga
olib keldi.
Ijtimoiy munosabatlarning unumli tarzda kechishini har-xil mezonlar yordamida
o‘rganadigan fan sotsiologik boshqaruv deb nomlanadi.
Ijtimoiy boshqaruv faniga XX asrning boshlarida F. Teylor, M. Veber, A. Fayola kabi olimlar asos soldilar. XX asr o‘rtalaridan boshlab boshqaruv muammolarning
yechilishida sistemali yondoshuv usuli qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi davrda tashkilot va korxonalarni (davlatniki yoki xususiy bo‘lishidan qat‘iy
nazar) unumli boshqarish davr talabidan kelib chiqib, samarali boshqaruv
mexanizmlarini yaratishni va joriy etishni taqozo qiladi.
Ijtimoiy boshqaruvning takomillashuv istiqbollari O‘zbekistonda barcha islohotlarni
yanada tezroq va samaraliroq amalga oshirish, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish,
o‘z-o‘zini boshqarish tizimlarini takomillashtirish va oxir oqibatda aholining turmush
darajasini oshirish imkonini yaratadi.
Axborotlarning inson tomonidan tez o‘zlashtirilishi va uning yangi sharoitlarga
moyillik qobiliyatlarini oshirib borishi har qanday boshqaruv tizimining dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib, «inson omili»ni doimo va aniq hisobga olishni taqozo qiladi.