Namangan muhandislik pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi sosiologiya


O.  Kont  tomonidan  1839  yilda  «Pozitiv  falsafa  kursi»



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/234
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#37654
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234
sosiologiya

O.  Kont  tomonidan  1839  yilda  «Pozitiv  falsafa  kursi»  asarining  uchinchi  tomi  nashr 
etilganligi  natijasida  birinchi  marotaba  u  jamiyatni  ilmiy  asosda  o‘rganish  sifatida 
Sotsiologiya  atamasini  qo‘lladi  va  bu  Sotsiologiya  ning  shakllanishi  va  rivojlanishiga 
olib keldi. 
Ijtimoiy  munosabatlarning  unumli  tarzda  kechishini  har-xil  mezonlar  yordamida 
o‘rganadigan fan sotsiologik boshqaruv deb nomlanadi. 
Ijtimoiy  boshqaruv  faniga  XX  asrning  boshlarida  F. Teylor,  M. Veber,  A. Fayola 
kabi  olimlar  asos  soldilar.  XX  asr  o‘rtalaridan  boshlab  boshqaruv  muammolarning 
yechilishida sistemali yondoshuv usuli qo‘llanila boshlandi. 
Hozirgi  davrda  tashkilot  va  korxonalarni  (davlatniki  yoki  xususiy  bo‘lishidan  qat‘iy 
nazar)  unumli  boshqarish  davr  talabidan  kelib  chiqib,  samarali  boshqaruv 
mexanizmlarini yaratishni va joriy etishni taqozo qiladi. 
 Ijtimoiy  boshqaruvning  takomillashuv  istiqbollari  O‘zbekistonda  barcha  islohotlarni 
yanada  tezroq  va  samaraliroq  amalga  oshirish,  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirish, 
o‘z-o‘zini  boshqarish  tizimlarini  takomillashtirish  va  oxir  oqibatda  aholining  turmush 
darajasini oshirish imkonini yaratadi. 
Axborotlarning  inson  tomonidan  tez  o‘zlashtirilishi  va  uning  yangi  sharoitlarga 
moyillik  qobiliyatlarini  oshirib  borishi  har  qanday  boshqaruv  tizimining  dolzarb 
vazifalaridan biri bo‘lib, «inson omili»ni doimo va aniq hisobga olishni taqozo qiladi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin