9-MAVZU. EMPIRIK SOTSIOLOGIK TADQIQOT VA UNING METODLARI. REJA: 1. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning asosiy bosqichlari.
2. Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tuzilishi.
3. Sotsiologik ma‘lumotlarni yig‘ish usullari.
4. Sotsiologik tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish usul va shakllari.
Empirik sotsiologik tadqiqot – o‘rganilayotgan ob‘ekt haqida aniq ma‘lumot
olish maqsadida tashkil etilgan,mantiqiy ketma-ketlikdagi metodologik, metodik va
tashkiliy muolajalar tizimidir. Har qanday sotsiologik tadqiqot o‘tkazilishidan oldin biz
uning dasturini tuzib olishimiz lozim.
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Empirik so‘zi qadimiy yunoncha bo‘lib, tajriba ma‘nosini anglatadi.
Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda
ijtimoiy hayot, hodisa va jarayonlar to‘g‘risida olingan empirik ma‘lumotlarni tahlil
qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish
tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish,
to‘plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deb, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt
davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan
ma‘lumotlarga aytiladi.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo‘lib qo‘rsatish mumkin. Bu
bosqichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga ega. Bular
quyidagilardan iborat: