Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni ko‟zlaydi: - istiqbolni baholash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlarini
aniqlash va unga oqilona yetishishning samarali vositalarini belgilash;
- me‘yorlarni aniqlash, istiqboldagi asosiy ijtimoiy talab va uni qondirish
imkoniyatlarini belgilash;
- tahdidlarni taxminlash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga aks ta‘sir etish mumkin
bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va tahlil etish.